Mark xushxabari 16 Bob
1 Shanba kungi dam vaqti tugagach, magdalalik Maryam, Yoqubning onasi Maryam va Salomiya borib Isoga surtish uchun atirlar sotib oldilar.
2 Yakshanba kuni juda barvaqt turib, tong otarda qabrga bordilar.
3 Ular bir-biriga: Qabr og`zidagi toshni biz uchun kim ag`darib beradi? ó deyishdi.
4 Boshlarini ko`tarib qarashsaki, tosh allaqachon ag`darilgan ekan: u juda ham katta edi.
5 Qabr ichiga kirib, o`ng tomonda o`tirgan oq kiyimli bir yigitni ko`rdilaru, cho`chidilar.
6 Yigit ularga: Qo`rqmanglar! ó dedi. ó Sizlar xochga mixlangan nosiralik Isoni izlamoqdasizlar. U tirildi, U bu yerda yo`q. Mana Uning qo`yilgan joyi!
7 Endi sizlar borib Uning shogirdlariga, ayniqsa Butrusga: ìU sizlarni Jalilada kutyapti; sizlarga aytganidek, Uni o`sha yerda ko`rasizlarî, ó deb aytinglar.
8 Ayollar qabrdan chiqib, yugurib qochib ketdilar. Ularni qaltiroq va dahshat bosgan edi. Qo`rqqanlaridan hech kimga biron narsa aytmadilar.
9 Yakshanba kuni erta saharda tirilgan Iso birinchi bo`lib yetti jindan qutqargan magdalalik Maryamga ko`rindi.
10 Maryam borib, ilgari Iso bilan birga bo`lgan, endi esa motam tutib yig`layotgan kishilarga xabar yetkazdi.
11 Biroq ular Isoning tirik ekanligini va Maryam Uni ko`rganligini eshitsalar ham, ishonmadilar.
12 Shundan keyin Iso yo`lda bir qishloq tomon ketayotgan ikkita shogirdiga bashqacharoq qiyofada ko`rindi.
13 Ular esa qaytib kelib, boshqalarga xabar yetkazishdi, lekin ularga ham ishonmadilar.
14 Nihoyat Iso O`zining yeb-ichib o`tirgan o`n bir shogirdiga zohir bo`ldi. Uni tirilgan holda ko`rgan odamlarga ishonmay, imonsiz qolganlari, diydasini qotirgani uchun ularga ta`na qildi.
15 Iso shogirdlariga dedi: ìButun jahon bo`ylab yuringlar va hamma tirik jonga Injil Xushxabarini targ`ib qilinglar.
16 Kim ishonib, suvda imon keltirsa, najot topadi. Ishonmagan esa mahkum bo`ladi.
17 Quyidagi alomatlar imonlilarga hamroh bo`ladi: Mening nomim bilan jinlarni quvib chiqaradilar. Yangi tillarda so`zlaydilar.
18 Qo`llariga ilon olib ko`tarsalar yoki halokatli biron narsa ichsalar ham, ularga zarar yetmaydi. Bemorlarga qo`llarini qo`yganda, ular sog`ayib ketadilarî.
19 Rabbimiz Iso shogirdlariga ushbularni tayinlab bo`lgach, osmonga ko`tarildi va Xudoning o`ng tomoniga o`tirdi.
20 Shogirdlar esa ketib, hamma yoqda voizlik qilib yurdilar. Rabbimiz ularga ko`maklashar va paydo qilgan mo``jizalar orqali O`z kalOmini tasdiqlar edi. Omin.