Menyu

Rimliklarga maktub 9 Bob


1 Men, Masih haqi, haqiqatni aytyapman, yolg`on gapirmayapman: Muqaddas Ruhdan yorishgan vijdonim ham bundan dalodat bermoqda:

2 mening yuragimda buyuk g`amim, tinmaydigan dardim bor.

3 O`z qarindoshu qondoshlarim bo`lgan isroilliklar tufayli men hatto Masihdan mardudu mal`un bo`lmoqchi edim.

4 Xudo ularni o`g`illikka olgan, O`zining ulug`vorligini ularga namoyon qilgan, ular bilan ahd-paymon qilgan, ularga Tavrotni, diniy xizmat ko`rsatmalarini yo`llagan hamda tabarruk va`dalarni began.

5 Ulug` ota-bobolarimiz ularning otalari bo`lgan, Masih ham jisman ulardan kelib chiqqan. U borliq narsa ustidan hukmdor, abadiy hamdu sanolarga sazovor bo`lgan Xudodir. Omin!

6 Xudoning kalomi o`z kuchini yo`qotdi, demoqchi emasman. Ammo Isroildan bo`lganlarning hammasi Xudo xalqi emasdirlar.

7 Ibrohim zurriyotidan bo`lganlarning hammasi Ibrohim bolalari emasdirlar, balki Xudo Ibrohimga aytganidek: “Sening zurriyoting Ishoq orqali ko`payadi”.

8 Demak, Xudoning farzandlari tabiatan tug`ilgan bolalar emas, faqat ilohiy va`da bo`yicha tug`ilganlar haqiqiy zurriyot hisoblanadilar.

9 Xudoning Ibrohimga bergan va`dasi ana shunday edi: “Kelgusi yil shu vaqtda Men kelaman va Soroning bir o`g`li bo`ladi”.

10 Bunga o`xshab, Rivqo bibi ham egiz o`g`illarga hamilador bo`lgan edi. Ular bitta otadan, ya`ni ulug` otamiz Ishoqdan edilar.

11 Bu bolalar hanuz tug`ilmagan va yaxshi yoki yomon biron ish qilmagan vaqtda,

12 Xudo Rivqoga: “Kattasi kichigiga qul bo`ladi”, — degan edi. Demak, Xudo birovni tanlaganda, uni O`zi bilganidek, savob ishlaridan qat`i nazar yorlaqaydi va da`vat etadi.

13 Xudo Tavrotda aytganidek: “Men Yoqubni sevdim, Lekin Esovdan nafratlandim”.

14 Bunga nima deymiz? Xudo nohaqmi? — Aslo!

15 Mana, Xudo Musoga nima degan: “ Marhamat etganimga marhamat etaman, rahm aylaganimga rahm aylayman”.

16 Shunday qilib, tanlanish insonning orzu yoki tashabbusiga emas, balki Xudoning marhamatiga bog`liqdir.

17 Tavrotda “ Qudratimni sen orqali namoyon qilay, deb Ismim butun yer yuzida ma`lum bo`lgay, deb men Seni yuksaltirdim.

18 Demak, Xudo istaganiga marhamat etadi va istaganining diydasini qotiradi.

19 Endi mendan so`raysan: “ Xo`sh, nima uchun Xudo birovni ayblaydi? Zotan Uning irodasiga qarshi chiqa oladigan yo`q-ku!”

20 Ey inson, sen kimsanki, Xudoga so`z qaytarasan? Haykal haykaltaroshga: “Meni nima uchun bunday yasading?” — deydimi?

21 Kulol xuddi o`sha gil qorishmasidan bir idishni e`tiborli, bashqa idishni e`tiborsiz ish uchun yasashga haqi yo`qmi?

22 Agar Xudo g`azabu qudratini zohir etmoqchi bo`lib, O`z g`azabiga yo`liqtirib halok qiladigan odamlarga ko`p sabr bilan chidagan bo`lsa, nima bo`pti?

23 Agar Xudo azaldan marhamatirga sazovor bilgan va ulug`lash uchun belgilagan odamlarga O`zining cheksiz ulug`vorligini zohir etmoq maqsadida bunday qilgan bo`lsa, nima bo`pti?

24 Nafqat yahudiylar orasidan, balki boshqa barcha xalqlar orasidan ham Xudo da`vat etgan bu kishilar — mana bizlarmiz.

25 Ho`sheya payg`ambarning kitobida aytilganidek: “Mening xalqim bo`lmaganni — Mening xalqim, Sevgilim bo`lmaganni — sevgilim deyman.

26 Siz Mening xalqim emassiz, — deyilgan yerda, ular barhayot Xudoning o`g`illari deyiladi”.

27 Isha`yo payg`ambar esa Isroil haqida shunday nido etyapti: “Isroil o`g`illarining son-sanog`i Dengiz qumi qadar bo`lsa ham, Ortib qolgan qismiyoq najot topur.

28 Rabbimiz O`z ishini yer yuzida tez va butkul bajarib chiqur”.

29 Isha`yo payg`ambar yana karomat qilib aytganki: “Agar Xudovand — Sarvari koinot bizga zurriyot qoldirmaganida edi, biz Sado`m shahriga o`hshab, G`amo`ra singari bo`lib qolar edik”.

30 Endi bunga nima deymiz? Bir yoqdan solihlik payidan bo`lmagan majusiylarni Xudo O`zi oqladi, ular Masihga ishonib, solih deb qabulga o`tdilar.

31 Ikkinchi yoqdan Isroil xalqi o`zimizni oqlaylik, deb Ilohiy Qonunga qattiq rioya qilishga unnab, Qonunni o`rinlatmay, aybdor bo`lib qoldi.

32 Nima uchun? Chunki ular imonga tayangan solihlikni izlamay, balki Qonun amrlarini bajarish bilan savob qozonmoqchi bo`ldilar va to`siq toshiga qoqinib, munkib ketdilar.

33 Xuddi Tavrotda yozilganidek: “Mana, Men Sionda bir to`siq toshini, odamlar qoqinib ketgusi toshni qo`yurman. Unga e`tiqod etgan kishi uyatga qolmas”.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16