Yuhanno xushxabari 4 Bob
1 Iso Yahyodan ko`ra ko`proq odamlarni daryoda tavba qildirib, shogird orttiryapti, degan xabar farziylarning qulog`iga yetib bord.
2 (Vaholanki, Isoningn O`zi emas, shogirdlari xalqni daryoda tavba qildirar edilar.)
3 Iso buni bilib qolgach, Yahudiyani tashlab, yana Jalilaga ketdi.
4 Iso yo`l-yo`lakay Samariyadan o`tishi kerak edi.
5 Shunday qilib, U Samariyaning Sihar degan shahriga keldi. Bu shahar Yoqubning o`g`li Yusufga bergan yeriga yaqin edi.
6 Yoqubning qudug`i ham o`sha yerda edi. Iso yo`l yurib charchagan edi, quduqning yoniga o`tirdi. Taxminan tush payti edi.
7 Shu payt samariyalik bir ayol suv olgani kelib qoldi. Iso unga: Menga ichgani suv ber, - dedi.
8 Isoning shogirdlari esa ovqat sotib olish uchun shaharga ketgan edilar.
9 Samariyalik ayol: Sen yahudiy bo`lsang, men samariyalik ayol bo`lsam, qanday qilib suv so`rashga jur`at qilding, - dedi.
10 Iso ayolga javob berdi: Agar sen Xudoning in`Omini va “Menga suv bergin”, deb aytayotganning kimligini bilganingda edi, sen o`zing Undan suv so`rar eding va U senga hayotbaxsh suv berar edi.
11 Hazrat! – dedi ayol, - Senda suv oladigan hech nars yo`q-ku, quduq esa chuqur. Axir Sening hayotbaxsh suving qayerda?
12 Bobokalonimiz Yoqub bu quduqni bizga bergan, o`zi ham, bolalari va chorvalari ham undan suv ichgan. Nahotki Sen undan ham katta bo`lsang?
13 Iso ayolga shunday javob qaytardi: Bu suvdan kim ichsa, yana chanqab qoladi.
14 Lekin Men beradigan suvdan kim ichsa, abadiy chanqamaydi. Men beradigan suvdan ichganning vujudida buloq paydo bo`lib, abadiy hayot sari jo`shib oqaveradi.
15 Hazrat, bu suvdan menga ham ber, men ham endi chanqamayin va suv olgani bu yerga kelavermayin, - dedi ayol.
16 Borib eringni bu yerga chaqirib kel, - dedi Iso.
17 Mening erim yo`q, - dedi ayol. Erim yo`q deb sen to`g`risini aytding, - dedi Iso.
18 Sening besh nafar ering bo`lgan, hozirgisi ham ering emas. Buni sen to`g`ri aytding.
19 Hazrat, ko`rib turibmanki, Sen payg`ambarsan, - dedi ayol.
20 Ota-bobolarimiz bu tog`da topindilar. Ammo sizlar, topinadigan yer Quddusda, deysizlar.
21 Iso unga aytdi: Menga ishongin, shunday vaqt keladiki, o`shanda Otaga na bu tog`da, na Quddusda topinasizlar.
22 Sizlar nimaga topinishni bilmaysizlar, bizlar esa nimaga topinishni bilamiz. Chunki najot yahudiylardandir.
23 Biroq vaqt-soati bilan haqiqiy topinuvchilar Otaga Ruh va haqiqat bilan topinadilar, ana o`sha vaqt-soat keldi! Ota shu yo`sinda O`ziga topinuvchilarni izlaydi.
24 Xudo – Ruhdir, Unga topinuvchilar esa Ruh va haqiqat bilan topinmoqlari lozim.
25 Ayol Isoga: Qutqaruvchi Masih kelajagini bilaman. U kelganda, hamma narsani bizga ma`lum qiladi, - dedi.
26 Iso ayolga: Sen bilan gaplashayotgan Men O`shaman, - dedi.
27 Shu paytda Isoning shogirdlari kelib qolishdi. Uning bir ayol bilan gaplashayotganini ko`rib hayron bo`lishdi. Lekin birortasi ham: “Undan nima talab qilyapsan?” yoki “U bilan nima to`g`risida gaplashyapsan?” – deb so`ramadi.
28 Shundan keyin ayol ko`zasini o`sha yerda qoldirib, shaharga bordi va odamlarga dedi:
29 Boringlar, men qilgan hamma ishlarni aytib bergan Odamni ko`ringlar! U Masih emasmikin?
30 Odamlar esa shahardan chiqib, Isoning oldiga bordilar.
31 Shu orada shogirdlari: Ustoz, ovqat yeb olgin, - deb Isodan iltimos qilishdi.
32 Ammo Iso ularga dedi: Mening yeydigan boshqa ovqatim bor, sizlar uni bilmaysizlar.
33 Shogirdlari o`zaro gp qotib: Ajabo, biron kishi Unga ovqat keltirdimikin? – deb hayron bo`lishdi.
34 Iso ularga dedi: Mening ovqatim - Meni Yuborganning irodasini ado etish, Uning yumushini bajo keltirishdan iboratdir.
35 Sizlar: O`rim-yig`imga hali ko`p oy vaqt bor, deb aytasizlar-ku. Endi sizlarga aytay: ko`zlaringizni ekinzorga tikib qaranglar. Hosil allaqachon yetilibdi, o`rim-yig`imga tayyor bo`libdi.
36 O`roqchi hozirdan mehnat haqini oladi va abadiy hayot uchun hosilini yig`ib oladi; shunday bo`lgani uchun ekuvchi bilan o`roqchi birgalikda quvonadilar.
37 “Birisi ekadi, boshqasi o`radi”, degan maqol shu vaziyatga to`g`ri keladi.
38 Men sizlarni o`zingiz zahmat chekmagan hosilni o`rgani yubordim. Boshqalar zahmat chekkan edi, sizlar esa ularning zahmatidan foydalanasizlar.
39 Shundan keyin, o`sha shaharda yashovchi talay samariyaliklar Isoga imon keltirishdi. Ular haligi ayolning “Men qilgan ishlarning hammasini aytib berdi”, degan guvohligiga ishonishga edi.
40 Shunday qilib, samariyaliklar Isoning oldiga kelib, ularnikida qolishin iltimos qilishdi. U esa ikki kun o`sha yerda qoldi.
41 Natijada isoning so`zini eshitib, yanada ko`proq odamlar imon keltirdi.
42 Ular ayolga: Endi sening so`zlaring tufayligina ishonayotganimiz yo`q. Uni o`zimiz ham eshitdik, U haqiqatan olamning Qutqaruvchisi – Masih ekaniga qanoat hosil qildik, - deyishdi.
43 Ikki kun o`tgandan keyin iso uerdan Jalilaga jo`nab ketdi.
44 Uning O`zi: “PAyg`ambar o`z yurtida e`tiborsiz qoladi”, deb ta`kidlagan edi.
45 Jalilaga kelganda esa, aholi Uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Chunki ular Quddusdagi bayramga borganlarida, u yerda Isoning butun qilgan ishlarini ko`rgan edilar.
46 Shunday qilib, Iso yana Jalilaning Kana shaharchasiga keldi, bu yerda U suvni sharobga aylantirgan edi. O`sha paytda Kafarnahum shahrida bir saroy amaldorining o`g`li kasal bo`lib yotgan edi.
47 Bu odam Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelganligini eshitib, Uning oldiga bordi. O`lim to`shagida yotgan o`g`lini borib ko`rib tuzatishni Isodan o`tinib so`radi.
48 Sizlar ajoyibotu mo``jizalar ko`rmaguncha ishonmaysizlar-da! – dedi unga Iso.
49 Hazrat, - dedi saroy amaldori Unga, - bolaginam o`lmasidan oldin yetib borgin!
50 Sen bora qol, o`g`ling sog`-salomat, - dedi Iso. U odam Isoning aytganiga ishonib, ketdi.
51 Ertaga uning yo`liga chiqib turgan xizmatkorlari uni qarshilab: Bolangiz sog`-salomat, - deyishdi.
52 Qaysi soatda ahvoli yengillashdi? – deya so`radi. Kecha tushda soat brda isitmasi tushib qoldi, - deyishdi xizmatkorlar.
53 Bolaning otasi Iso unga: “O`g`ling sog`-salomat”, degani shu vaqtga to`g`ri kelganini angladi. O`zi va butun xonadoni Isoga imon keltirdi.
54 Bu esa Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelib qilgang ikkinchi ibratli mo`jizasi edi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21