Menyu

Yuhanno xushxabari 5 Bob


1 Bu hodisalardan keyinya hudiylarnig bayrami bo`ldi va Iso Quddusga bordi.

2 Quddusning Qo`y darvoza nomli kiraverishida yahudiycha Bayt-Hasda degan besh shiyponli bir hovuz bor edi.

3 Bu shiyponlarda ko`r, cho`loq, mayib-majruh juda ko`p bemorlar yotar, [suvning qimirlashini intizor bo`lib kutardilar.

4 Chunki Xudovanding bir farishtasi goh-goh hovuzga tushib, suvni harakatga keltirar edi. Suv qimirlashi bilan hovuzga birinchi bo`lib kim tushsa, har qanday kasallikdan xalos bo`lar edi.]

5 Bu yerda o`ttiz sakkiz yildan beri kasal bo`lib yotgan bir kishi bor edi.

6 Iso uning yotganini ko`rdi, uzoq vaqtdan beri xasta ekanligini payqadi-da, sog`ayishni istaysanmi? – deb so`radi undan.

7 Bemor Isoga javob berdi: Ha, Hazrat! Lekin suv qimirlaganda, meni hovuzga tushiradigan odamim yo`q. Men borgunimcha, boshqasi mendan oldin tushib oladi.

8 O`rningdan tur, to`shagingni olib yur! – dedi Iso bemorga.

9 U esa shu ondayoq sog`ayib qoldi. To`shagini olib, yurib ketdi. U kun dam olish kuni edi.

10 Shuning uchun yahudiy mansabdorlari sog`ayib ketgan odamga: Bugun dam olish kuni-ku, senga to`shagingni ko`tarish mumkin emas! – deyishdi.

11 Meni sog`aytirgan odam menga: “To`shagingni olib yur”, deb aytdi-da, - dedi u odam.

12 “To`shagingni olib yur”, deb aytgan Odam kim? – deb so`radilar.

13 Shifo topgan odam esa Uning kimligini bilmas edi, u yerda xalq ko`pligidan Iso O`zini chetga olgan edi.

14 Keyinroq Iso u odamni ma`badda uchratib qoldi. Mana, sen sog`ayding. Endi boshqa gunoh qilma, tag`in boshingga yanada yomon kun kelmasin, - dedi unga.

15 Bu odam borib, uni sog`aytirgan Iso ekanligini yahudiy mansabdorlariga xabar qildi.

16 Ular esa, dam olish kunida bunday ishlar qilib yuribdi, deb [Isoning joniga qasd qilib,] Uni quvg`in qila boshladilar.

17 Ammo Iso ularga shunday dedi: Mening Otam shu kungacha O`z ishini qilib kelyapti, Men ham O`z ishimni qilyapman, - dedi.

18 Ana shu so`zi uchun yahudiylar Isoni o`ldirishga yana ko`proq harakat qilishdi. Chunki U dam olish kunini buzibgina qolmay, balki Xudoni Otam deb, O`zini Xudoga tenglashtirgan edi.

19 Bularga qarshi Iso dedi: “Sizlarga rostini aytay: O`g`il Otaning qilgan ishlarini ko`rmatuncha, O`zi hech narsa qila olmaydi. Ota nimalarni qilsa, O`g`il ham xuddi shularni qiladi.

20 Chunki Ota O`g`lini sevadi, O`zi qilgan hamma narsani O`g`liga ko`rsatadi. Sizlarni taajjubga qoldirgudek, bundan kattaroq ishlarni ham ko`rsatadi.

21 Ota qanday qilib o`liklarni tiriltirib ularga hayot baxsh etsa, O`g`il ham kimni istasa, o`shanga hayot baxsh etadi.

22 Shuningdek, Ota hech kimni hukm qilmaydi, balki hukm qilish huquqini butunlay O`g`liga bergan,

23 toki hamma Otani qanday hurmat qilsa, O`g`lini ham shunday hurmat qilsinlar. Kim O`g`ilni hurmat qilmasa, Uni yuborgan otani ham hurmat qilmagan bo`ladi.

24 Sizlarga rostini aytay: Mening so`zlarimni tinglagan va Meni yuborganga ishongan abadiy hayotga ega bo`ladi. U o`limdan hayotga o`tgani uchun hukm qilimnmaydi.

25 Sizlarga rostini aytay: o`liklar Xudo O`g`lining ovozini eshitadigan vaqt keladi va kelib qoldi ham. Uning ovozini eshitganlar esa tirilib ketadilar.

26 Chunki Otaning O`zi hayot manbai bo`lgani kabi, O`g`ligap ham hayot manbai bo`lishni ato qilgan.

27 Ota hukm qilish vakolatini ham O`g`liga bergan, chunki U Inson O`g`lidir.

28 Bunga taajjublanmangiz, qabrda yotgan marhumlarning hammasi Xudo O`g`lining ovozini eshitadigan vaqt keladi.

29 Shunda o`liklar qabrdan chiqadilar; yaxshilik qilganlar yashash uchun, yomonlik qilganlar esa hukm qilinish uchun tiriladilar”.

30 “Men O`z-O`zimdan hech narsa qilolmayman. Qanday eshitsam, shunday hukm qilaman va Mening hukmim haqqoniydir. Chunki Men O`z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini bajo keltirishni istayman.

31 Agar Men O`zim haqimda o`zim guvohlik bersam, Mening guvohligim haqiqiy bo`lmaydi.

32 Men haqimda boshqa guvohlik beruvchi bor va bilamanki, Uning bergan guvohligi haqiqatdir.

33 Sizlar Yahyoning oldiga odam yubordingizlar, u haqiqat to`g`risida guvohlik berdi.

34 Garchi Men insonning guvohligini qabul ilmasam-da, lekin bularni sizlar najot topishingiz uchun aytyapman.

35 Yahyo yonib, nur sochib turgan chiroq edi. Sizlar esa uning nurida birpas quvonmoqchi bo`ldingizlar.

36 Biroq Men Yahyodan ko`ra kattaroq guvohlikka egaman. Chunki Otamning tamomlashim uchun bergan ishlari, shu bajarayotgan ishlarimning o`zi Meni Otam yuborganligiga guvohlik bermoqda.

37 Meni yuborgan Otamning O`zi ham Men haqimda guvohlik berib turibdi. Sizlar esa hech qachon Uning ovozini ham eshitmagansiz, qiyofasini ham ko`rmagansizlar.

38 Uning kalomi ham ko`ngillaringizdan joy olmaydi, chunki U yuborgan Zotga ishonmayapsizlar.

39 Sizlar Muqaddas Bitiklarni tekshirasizlar, chunki ular orqali abadiy hayotga erishamiz, deb o`ylaysizlar. Ana o`sha Bitiklar Men to`g`rimda guvohlik beradi.

40 Ammo sizlar abadiy hayotga erishish uchun Men tarafga kelishni istamaysizlar-ku.

41 Men insonlardan tahsin-tasanno qabul qilmayman.

42 Lekin sizlarni bilaman, qalblaringizda Xudoga muhabbat yo`q.

43 Men Otamning nomidan kelgan bo`lsam-da, ammo sizlar Meni qabul qilmayapsizlar. O`z nomi bilan keladigan allakimni qabul qilaverasizlar.

44 Sizlar-ku bir-biringizdan tahsin-tasanno olishni yaxshi ko`rasizlar, lekin yagona Xudoning tahsiniga sazovor bo`lishga harakat qilmaysizlar. Qanday qilib ham ishona olardingiz?

45 Men sizlarni Otam oldida ayblayman, deb o`ylamanglar. Sizlarni ayblovchi o`zingiz umid bog`lagan Muso bo`ladi.

46 Agar Musoga ishonganingizda edi, Menga ham ishonar edingizlar; u Men haqimda yozgan edi.

47 Musoning yozuvlariga ishonmapsizlarmi, Mening so`zlarimga qanday ishonasizlar?“.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21