Luqo xushxabari 8 Bob
1 Oradan ko`p o`tmay, Iso shaharu qishloqlar bo`ylab Xudo saltanati to`g`risidagi Xushxabarni tarqatar edi. O`n ikki U bilan birga yurishar edi.
2 Shuningdek, yomon ruhlardan va turli kasalliklardan xalos bo`lgan bir necha ayollar, shu jumladan ichidan yettita jin chiqib ketgan magdadalik Maryam,
3 Hirodning saroy boshqaruvchisi Xuzaning xotini Yo`anna, Susanna va boshqa ko`p ayollar ham Iso bilan yurib, o`z mol-mulklarini sarf qilib, Uning tirikchiligiga xizmat qilishar edi.
4 Yana ko`p xalq to`planib, barcha shaharlar aholisi ham Uning oldiga oqib kelayotgan bir paytda, Iso masal bilan gap boshladi.
5 “Urug` sepuvchi o`z urug`ini sepish uchun chiqibdi. Sepayotganda ba`zi urug`lar yo`l yoqasiga tushib, poymol bo`libdi. Osmondagi qushlar kelib, urug`larni cho`qib ketibdi.
6 Ba`zi urug`lar toshloq yerga tushibdi. Urug`lar ko`karib chiqibdiyu, lekin tuproq namsiz bo`lgani uchun qurib qolibdi.
7 Yana boshqa urug`lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o`sib, urug`larni bo`g`ib qo`yibdi.
8 Yana ba`zi urug`lar yaxshi yerga tushibdi. Ular ko`karib chiqib, yuz marta ko`p hosil beribdi”e iso bularni aytib bo`lib: “Kimning eshitar qulog`i bo`lsa, eshitsin!” – deb xitob qildi.
9 Shogirdlar Isodan: Boyagi masalning ma`nosi nima? – deb so`rashdi.
10 U shunday javob berdi: Xudo Shohligining sirlarini bilish qobiliyati sizlarga nasib bo`lgan. Boshqalarga bo`lsa, hamma narsani masallar bilan tushuntiraman, toki oyatdagidek: “Ular qarab turib ko`rmasinlar, eshitib turib anglamasinlar”.
11 “Bu masalning ma`nosi shu: Urug` – Xudoning kalomidir.
12 Yo`l yoqasiga tushgan donlar shunday odamlarni bildiradiki, ular kalomni eshitadilar, lekin keyin imon va najot topmasliklari uchun iblis ularning yuragidan kalomni olib ketadi.
13 Toshloq yerga tushgan donlar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda uni sevinch bilan qabul qilaveradilar. Lekin ular ildizga ega emas. O`qtin-o`qtin ishonsalar-da, sinov vaqtida imondan qaytadilar.
14 tikanlar orasiga tushgan urug`lar shunday insonlarni bildiradiki, ular kalomni eshitadilar, biroq hayotning tashvishlari, boylik va zavq-shavq savdolari ostida bo`g`ilib, pishiq hosil bermaydilar.
15 Yaxshi yerga tushgan urug` esa shunday kishilarni bildiradi: ular kalomni eshitib, yaxshi, sof yurakda saqlaydilar va chidam bilan hosil beradilar”. [Iso bularni aytib: “Kimning eshitar qulog`i bo`lsa, eshitsin!” – deb xitob qildi.]
16 “Hech kim shamni yoqib, uni idish bilan yopmaydi yoki chorpoya tagiga qo`ymaydi. Aksincha, kirganlar yorug`likni ko`rsin, deb uni shamdonga qo`yadi.
17 Shuningdek, oshkora bo`lmaydigan hech qanday sir yo`q, ma`lum va ayon bo`lmaydigan hech narsa yo`q.
18 Shu sababdan qanday tinglayotganingizga diqqat etinglar. Chunki kimda bor bo`lsa, unga yana beriladi. Kimda yo`q bo`lsa, o`zida bor bo`lishini fikr qilgan narsasi ham undan tortib olinadi”.
19 Isoning onasi bilan ukalari Uning oldiga keldilar, ammo xaloyiq ko`pligidan Unga yaqinlasha olmadilar.
20 Isoga: Onang va ukalaring Seni ko`rmoqchi bo`lib tashqarida turibdilar, - degan xabarni yetkazishdi.
21 Iso ularga shunday javob berdi: Mening onam va ukalaim – Xudo kalOmini tinglovchi va bajo keltiruvchilardir.
22 Kunlarning birida Iso O`z shogirdlari bilan qayiqqa tushib ularga: Ko`lning narigi tomoniga suzib o`taylik, - dedi. Ular jo`nab ketishdi.
23 Suzib ketayotganlarida Iso uxlab qoldi. Ko`lda qattiq bo`ron turdi. Qayiq suvga to`lib, ular havfli ahvolda qoldi.
24 Shogirdlar Isoning yoniga borib: Ustoz, Ustoz, halokatdamiz! – deb Uni uyg`otishdi. Iso turib shamolga va to`lqinlanayotgan suvlarga do`q urdi. Shu zahoti bo`ron tinib, sukunat tushdi.
25 Iso shogirdlariga: Ishonchingiz qani? – dedi. Ular esa juda qo`rqib dong qotib qolishdi. Kim ekan U? Mana shamollar va suvlarga ham buyuradi, ular esa Unga bo`ysunadi! – deyishdi bir-biriga.
26 Jalilaning qarshi tomonidagi Gadara yurtiga suzib keldilar.
27 Iso qirg`oqqa chiqishi bilan shahardan bir odam uchradi. Bu odam ancha vaqtdan beri jinga giriftor bo`lib, kiyim ham kiymasdi. U uyda ham urmay, qabriston g`orlarida yashar edi.
28 Isoni ko`rgach, u qichqirib yubordi-da, o`zini Uning oldiga tashlab, baland ovoz bilan: Ey Iso, Xudoyi Taoloning O`g`li, men bilan nima ishing bor? O`tinaman, meni qiynama! – dedi.
29 Chunki Iso yomon ruhga bu odamdan chiqib ketishini buyurgan edi. Uni saqlash uchun zanjir-kishan bilan bog`lagan bo`lsalar-da, lekin u bandilarni uzib tashlar va uni tutib cho`l-sahrolarga sudrab borar edi.
30 Iso undan so`radi: Isming nima? Ismim Tumonat, - dedi u. Chunki uning vujudini bir talay jin chirmagan edi.
31 Jinlar o`zlarini tubsiz qa`rga yubormaslikni Isodan yolvorib so`radilar.
32 Shu tog`ning yon bag`rida katta bir to`ng`iz podasi o`tlab yurgan edi. Jinlar to`ng`izlarga kirishga ruxsat berishi uchun Isodan yolvorib so`radilar. Iso ularga ruxsat berdi.
33 Shunda jinlar odamdan chiqib, to`ng`izlarga kirib oldilar. To`ng`iz podasi tik qiyalikdan pastga yopirildi va ko`lda g`arq bo`ldi.
34 To`ng`iz boquvchilar sodir bo`lgan voqeani ko`rgach, yugurib borib shaharda va ovullarda bularni gapirib berdilar.
35 U joylar aholisi esa bo`lib o`tgan hodisani ko`rish uchun dalaga chiqib, Isoning yoniga keldi. Jin chiqqan odamni kiyingan va aqli raso holatda Isoning oyog`i tomonda o`tirganini ko`rib, vahimaga tushishdi.
36 Hodisani ko`rganlar esa u odamning jindan qanday qutulganini hammaga so`zlab berishdi.
37 Shunda Gadara atrofidan kelgan barcha aholi qattiq dahshatga tushdi, ularning yeridan chiqib ketishni Isodan iltimos qilishdi. Iso esa qayiqqa tushib qaytib ketdi.
38 Jinlardan xalos bo`lgan odam Iso bilan birga yurmoqlikni Undan so`radi. Lekin Iso unga:
39 O`z uyingga qaytib borib, Xudo sen bilan nimalar qilganini gapirib ber, - deb uni jo`natdi. U kishi borib, Iso u bilan nimalar qilganini butun shaharda e`lon qiladigan bo`ldi.
40 Iso bariga qirg`oqqa qaytib kelgach, xalq Uni quvonib qarshiladi, chunki hamma Uni kutib turgan edi.
41 Shu payt ibodatxonaning jamoaboshisi bo`lgan Yair ismli bir kishi kelib qoldi. Isoning oyoqlariga o`zini tashlab, uning uyiga borishini o`tinib so`radi.
42 Chunki uning o`n ikki yoshlardagi birgina qizi o`lim to`shagida yotar edi. Iso borarkan, xaloyiqning soquvida qoldi.
43 Shu o`rtada o`n ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi. U bor-yo`g`ini tabiblarga sarf etgani bilan hech biridan shifo topmagan edi.
44 Ayol Isoga orqa tomondan yaqinlashib, etagiga elas qo`l tekizgan onda qon oqishi darhol to`xtadi.
45 Kim u Menga qo`lini tegizgan? – dedi Iso. Hamma tongach, Butrus bilan yonidaglar dedi: Ustoz, xaloyiq Seni o`rab, siqib turibdi, Sen esa-chi, Menga kim qo`l tegizdi, deysan?
46 Lekin Iso: Kimdir Menga aniq tegdi-da, Men O`zimdan bir kuch chiqqanini sezdim, - dedi.
47 Ayol boshqa yashirina omaganini payqagach, qaltiragancha Isoga yaqinlashib, Uning oyoqlariga o`zini ashladi-yu, Unga qanday maqsad bilan tekkanligini va o`sha zahoti qanday darddan xalos bo`lganini butun xalqqa eshittirib so`zlab berdi.
48 Iso unga: Dadil bo`l, qizim! Ishonching seni qutqardi, eson-omon borgil, - dedi.
49 Iso gapini hali tugatmasdanoq, jamoaboshining uyidan kimdir kelib, jamoaboshiga: Qizingiz o`ldi, Ustozni ovora qilmay qo`yaqoling, - dedi.
50 Buni eshitgan Iso u odamga: Qo`rqma, faqat ishongin, qizing qutqariladi, - dedi.
51 Iso o`sha uyga kelib, Butrus, Yuhanno, Yoqub va qizning ota-onasidan boshqa hech kimning O`zi bilan ichkariga kirishiga ruxsat bermadi.
52 Hamma qizcha uchun yig`lab nola qilayotgan edi. Biroq Iso: Yig`lamanglar, u o`lgan emas, faqat uxlab yotibdi, - dedi.
53 Ular qizchaning o`lganligini bila turib, Uning ustdan kulishdi.
54 Iso esa [hammani tashqariga chiqarib,] qizchaning qo`lidan ushlab qoldi-da: Ey qizaloq, o`rningdan tur! – deb xitob qildi.
55 Qizchaning ruhi taniga qaytdi. U shu ondayoq o`rnidan turib ketdi. Iso unga ovqat berishni buyurdi.
56 Qizning ota-onasi hayron qoldilar. Iso esa ularga bo`lgan voqea haqida hech kimga aytmaslikni buyurdi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24