Menyu

Matto xushxabari 11 Bob


1 Iso o`n ikki shogirdiga ushbularni buyurib bo`lgach, yaqin shaharlarda ta`lim berish va voizlik qilish uchun u yerdan jo`nadi.

2 Zindonda yotgan Yahyo esa Masihning qilayotlan ishlarini eshitgach, o`z shagirdlaridan ikkitasini Uning oldiga yuborib:

3 “Keladigan Qutqaruvchi Senmisan, yoki biz boshqasini kutaylikmi?” - deb Undan so`ratdi.

4 Iso javob berib ularga dedi: “Boringlar, eshitib ko`rayotganlaringizni Yahyoga bildiringlar:

5 Ko`rlar ko`ryapti, cho`loqlar yuryapti, moxovlar tuzalyapti, karlar eshityapti, o`liklar tirilyapti va bechoralarga Xushxabar e`lon qilinyapti.

6 Meni deb vasvasaga tushmagan baxtlidir!”

7 Yahyoning shogirdlari jo`nayotgan paytida, Iso xaloyiqqa Yahyo haqida gapira bashladi: “Nima ko`rgani sahroga bordingizlar? Shamolda hilpirab turgan qamishnimi?

8 Axir, nima ko`rgani chiqdingizlar? Nafis kiyim kiygan odamnimi? Nafis kiyinganlar podshoh saroylarida bo`ladi-ku!

9 Axir, nima ko`rgani chiqdingizlar? Payg`ambarnimi? Ha, sizga aytamanki, payg`ambardan ham ulug` bo`lganni ko`rdingizlar.

10 Bu kishi Tavrotda yozilganning xuddi o`zi: “Men Sendan avval elchimni yuborarman, U Sening oldingda yo`l hozirlab yurar”.

11 Sizlarga chinini aytayin: ayol zotidan tug`ilganlar orasila Yahyo payg`ambardan buyugi chiqqan emas. Shunga qaramay, Osmon Shohligida hatto eng kichik hisoblangan ham undan kattadir.

12 Yahyo payg`ambar maydonga kelgan kunlardan to hozirgacha Osmon Shohligiga tajovuz qilib kelmoqdalar; tajovuzkorlar dastasi uni bosib olishga zo`r bermoqda.

13 Ma`lumki, Yahyogacha o`tgan barcha payg`ambarlar va shuningdek, Tavrot bitiklari bo`lg`usi hodisalar haqida oldindan darak berib kelgan.

14 Endi qabul qilishni istasangizlar, qaytib kelishi muqarrar bo`lgan Ilyos payg`ambar xuddi Yahyoning o`zidir.

15 Kimning eshitar qulog`i bo`lsa, eshitsin!

16 Endi bu naslni kimga o`xshatay? Bu nasl - maydonda o`tirib, bir-biriga:

17 “Senlarga nay chaldik, o`ynamadinglar, Senlarga yig`i chiqardik, dodlamadinglar”, - deb qichqirishadigan bolalarga o`xshaydi.

18 Chunki Yahyo kelib, yemadi-ichmadi va uni “jin uribdi” deyaptilar.

19 Inson O`g`li kelib, yedi ham, ichdi ham va bu gal: “Ana kabobxo`ru sharobxo`r odamni ko`ringlar, U soliqchilar va gunohkorlarning do`sti ekan!” - deyishmoqda. Va lekin ilohiy hikmat unga rioya qiluvchilar orqali tasdiqlanadi”.

20 Shu vaqt Iso mo``jizalarining aksari namoyon bo`lgan shaharlarga, tavba-tazarru qilmaganlikari uchun ta`na qila boshladi:

21 “Sening holingga voy, ey Horazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Chunki sizlarda sodir bo`lgan mo``jizalar Tir va Sido`n shaharlarida ro`y berganda edi, ular allaqachon julga o`ranib, kulga surkanib, tavba-tazarru qilgan bo`lardilar.

22 Biroq sizlarga aytib qo`yay: qiyomat kunida sizdan ko`ra Tir va Sido`nning holi yengilroq bo`ladi.

23 Yo sen, ey ko`kkacha yuksaluvchi Kafarnahum! Sen tamug`gacha tushib ketursan. Chunki senda sodir bo`lgan mo``jizalar Sado`m erida sodir bo`lganida edi, u er shu kungacha saqlanib qolgan bo`lar edi.

24 Biroq sizlarga aytib qo`yay: qiyomat kunida sendan ko`ra Sado`m yerining ahvoli yengilroq bo`ladi”.

25 O`sha vaqtda Iso so`zni davom ettirib dedi: “Ey Ota, yeru ko`k Hukmroni! Sen bu ishlarni donoyu oqillardan yashirib, go`daklarga ma`lum etganing uchun Senga hamdu sanolar aytaman.

26 Ha Ota, Sening ezgu xohishing shunday edi.

27 Otam Menga hamma narsani topshirgan. Otadan boshqa hech kim O`g`ilni bilmas. O`g`ildan boshqa hamda O`g`il bilim berishni istagandan boshqa hech kim Otani bilmas,

28 Ey og`ir yuk ostida qiynalib, horib-tolgan hammalaringiz! Mening huzurimga keling, Men sizga orom beraman.

29 Mening bo`yinturug`imga o`zingizni qo`shing va Mendan o`rganinglar. Chunki Men beozor va soddadilman. Shunday qilib, jonlaringiz taskin topar. Chunki Men solgan bo`yinturuq yumshoq, Men bergan yuk yengildir”.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28