Menyu

Matto xushxabari 15 Bob


1 O`shanda Quddusdan ba`zi ulamolar va farziylar Isoning oldiga kelib, savol berdilar:

2 Sening shogirdlaring nega ota-bobolar urf-odatini buzib yuribdi? Hatto ovqatlanayotganda ham ular qo`llarini yuvishmaydi!

3 Iso ularga javob berib dedi: Nega sizlar ham o`z urf-odatingizni deb Xudoning amrini buzib yuribsizlar?

4 Xudo Tavrotda shunday amr bergan:“Ota-onangni hurmat qil”, va “Ota-onasini haqorat qilgan albatta o`ldirilsin”.

5 Ammo sizlar: “Agar kim ota yoki onasiga: “Mening senga yordamim Xudoga bag`ishlangan”, - desa,

6 u ota yoki onasini hurmat qilmasa ham bo`ladi”, - deysizlar. Shunday qilib, siz o`zingizning urf-odatingizni deb Xudoning amrini bekor qildingizlar.

7 Ey munofiqlar! Siz haqda karomat qilib aytgan Isha`yo payg`ambarning ushbu so`zlari to`g`ri chiqdi:

8 “Bu xalq Menga yaqinlashar faqat og`izda va Meni hurmatlar faqat tilida. Lekin dili esa Mendan uzoqdur.

9 Ular Meni behuda sano etur, insonlar amru ta`limin o`rgatib”.

10 Keyin Iso xalqni yoniga chaqirib, ularga dedi: Menga quloq solib, miyaga joylang!

11 Og`izga kiradigan narsa emas, balki og`izdan chiqadigan narsa insonni harom qiladi.

12 Shunda shogirdlari kelib Isoga: Bilyapsanmi, farziylar bu so`zni eshitgach vasvasaga tushdilar, - deyishdi

13 Iso javob berib dedi: Samoviy Otam o`tqazmagan har bir o`simlik tag-tomiri bilan sug`urib tashlanadi.

14 Ularni qo`yinglar, ular ko`rlarning ko`r yo`lbooshchilaridir. Agar ko`r ko`rni yetaklab yursa, unda ikkovi ham chohga tushib ketar.

15 Bunga javoban Butrus: Bizga boyagi masalni tushuntirib ber! - dedi.

16 Iso dedi: Sizlar ham hanuzgacha anglamadingizmi?

17 Og`izga kiradigan har bir narsa qoringa o`tib, kerak joydan chiqib ketishini hali ham tushunmadingizmi?

18 Biroq og`izdan chiqadigan narsalar esa yurakdan chiqadi. Ana shular insonni harom qiladi.

19 Yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino ishlari, o`g`rilik, soxta guvohlik va haqoratlar bari yurakdan chiqadi.

20 Yuvilmagan qo`llar bilan ovqat yeyish insonni harom qilmaydi, ana shular insonni harom qiladi.

21 Iso u yerdan chiqib, Tir va Sido`n yurtiga ketdi.

22 O`sha tevarakdan kan`onlik bir ayol Isoni qarshilab: Ey Hazrat, Dovudning O`g`li, menga rahm qil! Qizimni jin juda qattiq qiynayapti, - deb faryod chekdi.

23 Lekin Iso unga bir og`iz so`z ham javob bermadi. Shogirdlari kelib: Uni qo`yib yubor, u orqamizdan dodlab yuribdi, - deb Isodan iltijo qildilar.

24 Iso esa javob berib: Men faqat Isroil xalqining adashgan qo`ylari huzurigagina yuborilganman, - dedi.

25 Shunda ayol yaqinroq kelib: Ey Hazrat, menga yordam ber! - deb Isoga sajda qildi.

26 Iso: bolalardan nonni olib itlarga tashlash yaxshi emas, - degan javobni qaytardi.

27 Ayol: xuddi shunday, Hazrat, lekin itlar ham xo`jayinlarining dasturxonidan tushgan ushoqlarni yeydilar-ku! - dedi.

28 Iso buni eshitib, ayolga: Ey ayol, sening ishonching buyuk, sen tilagandek bo`lsin, - dedi. Ayolning qizi esa o`sha zahoti sog`ayib ketdi.

29 Iso u yerdan o`tib, Jalila ko`li atroflariga keldi. Toqqa chiqib, bir oz o`tirdi.

30 Huzuriga tumonat odam yig`ildi. Ular o`zlari bilan birga cho`loq, ko`r, va boshqa ko`pgina mayib-majruhlarni olib kelib, Isoning oyoqlari oldiga qo`ydilar. Iso esa ularni sog`aytirdi.

31 Soqovlarning gapirayotganini, mayiblarning sog`lom bo`lib ketayotganini, cho`loqlarning yurib, ko`rlarning ko`zlari ochilayotganini xalq ko`rib, hayron bo`ldi va Isroilning Xudosiga hamd-sano aytdi.

32 Iso shogirdlarini yoniga chaqirib ularga: Xaloyiqqa achinaman, chunki uch kundir Menidng oldimda turibdi va yeydigan hech narsasi yo`q. Men ularga ovqat bermay jo`natib yuborishni istamayman, chunki yo`lda darmonsizlanib qoladilar, - dedi.

33 Shogirdlari Unga: Bu yovonda shuncha kishini to`ydiradigan yemakni qayerdan topamiz? - deyishdi.

34 Qancha nonlaringiz bor? - so`radi Iso. Yettita non va ozgina balig`imiz bor, - dedilar.

35 Shundan keyin Iso xaloyiqqa yerga o`tirishni buyurdi.

36 Yettita non va baliqlarni olib, shukrona duosini aytib sindirdi va shogirdlariga berdi, shogirdlari esa butun xaloyiqqa tarqatdi.

37 Hammalarining qorni to`ydi. Ortib qolgan non burdalari naq yetti savat bo`ldi.

38 Xo`randalar esa xotinlar va bolalardan tashqari to`rt ming kishi edi.

39 Iso xaloyiqqa ruxsat berdi va qayiqqa tushib, Magdala atroflariga keldi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28