Menyu

Havoriylarning faoliyati 1 Bob


1 Ey Teofil, Isoning bajarishga va o`rgatishga kirishgan hamma narsalarini, chunonchi, Uning dastlabki kunlaridan boshlab,

2 to O`zining tanlagan havÓriylariga Muqaddas Ruh amri ila buyruqlar berib, osmÓnga ko`tarilgan kunigacha ro`y bergan hamma voqealarni ilk kitobimda qalamga oldim.

3 Iso azob chekib o`lganidan keyin, qirq kun mabaynida havoriylariga zohir bo`lib, Xudoning Shohligi haqida ularga so`zlar va ko`p ishonarli isbotlar bilan O`zini barhayot qilib ko`rsatar edi.

4 Ularni to`plab, buyurib dedi: Quddus shahridan ketib qolmanglar, balki Otamning bergan va`dasi omalga oshguncha u yerda kutib turinglar. Sizlar bu va`dani Mendan eshitgansizlar.

5 Yahyo payg`ambar odamlarni suvga cho`mdirib, tavba qildirgan, sizlar esa ko`p o`tmay Muqaddas Ruhga cho`mdirilasizlar.

6 Havoriylar shunday yig`ilgan paytda, Isodan so`radilar: Yo Rabbiy, Sening Isroilda Shohlikni tiklashing shu vaqtga to`g`ri kelmaydimi?

7 Iso ularga dedi: Otam O`z erki bilan belgilab qo`ygan vaqtu fursatlarni bilish sizlarning ishingiz emas.

8 Lekin Muqaaddas Ruh ustingizga tushib kelganda, sizlar quvvat olasizlar, Quddusda, Yahudiya bilan Samarizning hamma joyida va hatto dunyoning eng olis yerlarida ham Mening shohidlarim bo`lasizlar.

9 Bularni aytgach, Iso ularning ko`z oldida osmonga ko`tarildi. Uni bulut qoplab, ko`zdan g`oyib bo`ldi.

10 Iso ko`rarilayotib, havoriylar osmanga tikilib turgan paytda, oq kiyim kiygan ikki zot ularning yonida paydo bo`ldi:

11 Ey jalilaliklar! Nega sizlar osmonga qarab turibsizlar? Sizlarning orangizdan osmonga olingan bu Iso, ko`kka ko`tarilganini qanday ko`rgan bo`lsangiz, xuddi shunday qaytib keladi, ó deyishdi.

12 Shundan so`ng havoriylar Zaytun tog`idan Quddusga qaytib keldilar. Bu tog` Quddusdan bir chaqirimlik yaqindir.

13 Ular shaharga kirib, qo`ngan xonadonlarining boloxonasiga chiqdilar. Butrus, Yoqub, Yuhanno va Idris, Filip va To`ma, Bartolmey va Matto, Alfey o`g`li Yoqub, vatanparvar Simun va Yoqub o`g`li Yahudo o`sha yerda edilar.

14 Ularning hammasi, shu jumladan Isoning onasi Maryam, boshqa xotin-qizlar hamda Isoning ukalari yakdillik va sidqidillik bilan toat-ibodatga berilgan edilar.

15 O`sha kunlarda yuz yigirmaga yaqin imonli birodarlar yig`ini oldida Butrus oyoqqa turdi-da, so`zga chiqib:

16 ìErlar, birodarlar! ó dedi. ó Isoni tutib berganlarning sarvari bo`lmish Yahudo haqida Muqaddas Ruhning Dovud payg`ambarga bergan oyati bajo kelishi kerak edi.

17 Bu kishi safimizga qo`shilib, o`sha xizmatidan qismatiga yarashasini olgan edi.

18 U harom yo`l bilan qo`lga kiritgan puliga bir yerni sotib olib, gup etib qulab tushdi-yu qorni yorildi, butun ichak-chovoqlari chiqib ketdi.

19 Bu hodisa butun Quddus ahliga ma`lum bo`ldi va u yer mahalliy tilda Haqaldama, ya`ni ìQon Yeriî deb atalib qoldi.

20 Zabur kitobida yozilganiday: ìUning maskani huvillab qolsin, Unda istiqomat qiluvchi qolmasinî. Va shuningdek: ìUning o`rnini boshqasi olsinî.

21 Shunday qilib, endi safimizga qo`shiladigan kishi, xuddi bizlarga o`xshab Rabbimiz Isoning tirilganiga shohid bo`lgan birov bo`lmog`i kerak.

22 Rabbimiz Iso oramizda yashagan butun zamonda, ya`ni Yahyo payg`ambarning odamlarni daryoda tavba qildirish davrilan boshlab, to Iso oramizdan yuksaklikka olingan kunga qadar bizlar bilan birga yurgan odamlardan biri bo`lishi lozimî, ó dedi.

23 Shunga ko`ra ikki kishini: Yustus laqabli va Barsabo deb ham ataluvchi Yusuf hamda Mattiyani olg`a chiqazdilar.

24 Keyin ibolat qilib dedilar:

25 ìEy butun insonlarning qalbini biladigan Rabbimiz! Yahudoning o`z joyiga borib, tark etgan havoriylik xizmatini bo`yniga olishi uchun bu ikki kishidan qay birini tanlading, uni ko`rsatgin!î

26 Shundan so`ng ular uchun qur`a tashladilar. Qur`a Mattiyaning chekiga tushdi va u o`n bir havoriyga qo`shildi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28