Havoriylarning faoliyati 13 Bob
1 Antioxiya shahridag imonlilar jamoatida ba`zi bir payg`ambarlar va muallimlar, chunonchi Barnabo, ìQorachaî laqabli Simun, kirineyalik Lutsiy, viloyat hokimi Hirod bilan birga tarbiyalangan Manohim va Shoul bor edilar.
2 Bular diniy xizmatini o`tab, ro`za tutib turgan mahalda, Muqaddas Ruh gapirib: ìBarnabo bilan Shoulni Men saylagan ish uchun Menga ajratib beringlar!î ó dedi.
3 Shu tariqa, ular yana ro`za tutib va ibodat qilib bo`lgach, Barnabo bilan Shoulning boshiga qo`llarini qo`ygancha duo o`qib, ularni jo`natishdi.
4 Barnabo bilan Shoul Muqaddas Ruh buyurganiga ko`ra yo`lga tushib, Selevkiya shahriga keldilar. U yerdan esa Kipr oroliga suzib ketdilar.
5 Salamis shahriga kelib, yahudiylarning ibodatxonalarida Xudoning kalOmini targ`ib qildilar. Yuhanno ham ularning xizmatida edi.
6 Ular butun orolni kezib chilib, Pafos shahriga yetib keldilar. U yerda sehrgar va soxta payg`ambar bo`lgan Baryeshu ismli bir yahudiyga duch keldilar.
7 Baryeshu viloyat hokimi Sergiy Pavlusning xodimi edi. Aqlli odam bo`lgan hokim Barnabo bilan Shoulni chaqirtib, Xudoning kalOmini tinglamoqchi bo`ldi.
8 Biroq Baryeshu ( boshqa oti bilan Alimo, ya`ni ìsehrgarî) ularga qarshilik ko`rsatib, hokimni imondan toydirishga tirishardi.
9 Shunda Muqaddas Ruhga to`lgan Shoul, ya`ni Pavlus, unga ko`zlarini tikib dedi:
10 Ey iblis o`g`li! Yuraging har xil hiyla va ayyorlikka to`lgandir, har qanday haqiqat dushmanisan! Xudovandning to`g`ri yo`llarini chalkashtirishini bas qil!
11 Va endi Xudovand senga qarshi qo`l ko`tardi. Sen ko`r bo`lasan va bir qancha vaqt quyoshni ko`rmaysan. Shu zahotiyoq bu odamning ko`zlari qorong`i-zimistonlikka ko`mildi. Endi u atrofni paypaslaganicha o`ziga yetaklovchi izlar edi.
12 Hokim bu voqeani ko`rdi-da, Rabbimiz Iso to`g`risidagi ta`limotga qoyil qolib, imon keltirdi.
13 Pavlus va unga hamroh bo`lganlar Pafos shahridan suzib ketib, Pamfiliyaning Pergiya shahriga kelishdi. Yuhanno esa ulardan ajralib, Quddusga qaytib bordi.
14 Ular Pergiyadan yana yo`lga chiqib, Pisidiya yurtidagi Antioxiya shahriga borishdi. Shanba kunida yahudiylarning ibodatxonasiga kirib o`tirishdi.
15 Tavrot va Payg`ambarlar kitoblarilan qiroat tugagach, ibodatxonaning jamoaboshilari ularga kishi yuborib: ìErlar, birodarlar, agar xalqqa beradigan nasihat so`zlaringiz bo`lsa, marhamat qilib aytinglarî, ó deyishdi.
16 Pavlus oyoqqa turdi va qo`li bilan ishora qilib: ìEy Isroil erlari va barcha Xudodan ko`rqqanlar, tinglangiz! ó dedi.
17 ó Bu xalqning, Isroilning Xudosi ota - bobolarimizni tanladi. Ular Misr yerida, g`urbatda yashaganida, Xudo ularning martabasini baland qildi. So`ngra O`zining muzaffar qo`li bilan ularni u yerdan olib chiqdi.
18 Qariyb qirq yil sahroda ularning kirdikorlariga chidadi.
19 Kan`on mamlakatida yetti elatni halokatga yo`liqtirib, ularning zaminini Isroil xalqiga nasib qildi.
20 Bu hol qariyb to`rt yuz ellik yil davom etdi. Shundan so`ng, Shomuil payg`ambar zamonigacha Xudo ularga qozilarni berdi.
21 Buning izidan xalq podshoh talab qildi va Xudo Benyamin nasl-nasabidan Kish o`g`li Shoul degan mardni ularga qirq yil podshoh qilib berdi.
22 Uni taxtdan tushirgandan keyin esa, ularga Dovudni podshoh qilib berdi. Xudo Dovud haqida shunday shahodat berdi: ìMen ko`nglimdagiday bir odamni ó Ishay o`g`li Dovudin topdim: butun istaklarimni u bajo keltiradiî.
23 Xudo bergan va`dasiga muvofiq, Dovud zurriyotidan Isroilga Najotkorni ó Isoni yubordi.
24 Isoning kelishidan burun Yahyo payg`ambar butun Isroil xalqini tavba - tazarru qilishga va suvda imon keltirishga undab yurdi.
25 Yahyo o`z faolliyatini yakunlayotganda: ìSizlar meni kim deb hisobaysizlar? Men Masih emasman. Lekin mendan keyin Kelayotgan bor, ana men Uning choriq iplarini yechishga ham munosib emasmanî, ó degan edi.
26 Ey erlar, birodarlar, ey Ibrohim naslidan bo`lganlar va orangizdagi barcha Xudodan qo`rqqanlar! Bu Najotkor haqidagi xabar endi sizlargacha yetib keldi.
27 Quddusda yashovchilar bilan ularning rahnamolari Isoni tan olmadilar. Uni o`limga mahkum qilib, har shanba kuni tilovat qilinadigan payg`ambar so`zlarini o`zlari bajo keltirdilar.
28 Unda o`limga loyiq heb bir ayb topolmagan holda, Pilatdan Uni o`ldirishni so`radilar.
29 U haqida yozilgan butun oyatlarni shunday bajo keltirishgandan keyin, Uni yog`ochdan tushirib qabrga qo`ydilar.
30 Lekin Xudo Isoni tiriltirdi.
31 Iso O`zi bilan birga Jaliladan Quddusga borganlarga ancha kunlar davomida ko`rinish berib turdi. Endi ular xalq oldida Uning guvohlari bo`lib qolganlar.
32 Bizning sizlarga yetkazayotgan Xushxabar ham shu: Xudo otalarimizga bergan va`dasini
33 ularning bolalari bo`lmish bizlar uchun Isoni tiriltirish orqali amalga oshirdi. Zabur kitobining ikkinchi sanosida yozilganidek: ìSen Mening O`g`limsan, Seni bugun tavallud ettirdimî.
34 Isoni tiriltirish va aslo chirishiga yo`l qo`ymaslik haqida esa Xudo Zaburda yana shunday degan: ìMen Dovudga va`da qilgan duolarimni Sizlarga muqarrar etib bergaymanî.
35 Shuningdek, boshqa bir oyatda ham: ìO`z Azizingning chirishni ko`rishiga yo`l qo`ymaysanî, ó degan.
36 Dovud Xudoning amri bilan o`z nasliga xizmat qilganidan keyin vafot etdi va ota - bobolari singari ko`milib, uning tanasi chirib ketdi.
37 Biroq Xudo tiriltirgan Isoning tanasi chirishni ko`rmadi.
38 Endi ey birodarlar, mana shu sizlarga ma`lum bo`lsinki, ushbu Iso iomidan gunohlaringiz kechirilishi e`lon qilinmoqda.
39 Sizlar Musoning Qonuniga amal qilib, oqlanishingiz mumkin emas edi. Endi esa Iso Masihga ishongan kishining har qanday gunohidan Xudo o`tadi.
40 Faqat ehiyot bo`linglar, yana payg`ambarlar kitobida aytilgan bu so`zlar sizlarning boshingizga tushmasin:
41 ìEy xor qiluvchilar, qaranglar, Hayratda qolib halok bo`linglar! Siz yashayotgan kunlarda Men bir ish qilamanki, Uni sizlarga biron kishi aytib berganda edi, Unga hech inonmas edingizlarî.
42 Bundan so`ng Pavlus bilan Barnabo yahudiylarning ibodatxonasidan chiqib ketishdi. Xaloyiq ulardan bu haqda kelgusi shanba kuni yana so`zlashni iltimos qildi.
43 Jamoat tarqalgandan keyin, yahudiylardan va Xudodan qo`rqib yahudiy diniga kirganlardan ko`pginasi Pavlus va Barnaboning orqasidan ergashdilar. Ular bu kishilar bilan suhbat qurib, Xudoning inoyatiga tayanib, imonda mahkam bo`lishga ishontirishardi.
44 Kelgusi shanbada shaharliklarning qariyb hammasi Xudoning kalOmini eshitish uchun yig`ilishdi.
45 Lekin shuncha xaloyiqni ko`rgan yahudiylar hasadga to`lib, Pavlusning aytayotgan so`zlarini inkor qilgancha, haqoratga o`ta boshladilar.
46 Shunda Pavlus bilan Barnabo jasorat bilan javob berib dedilar: ìXudoning kalOmini birinchi navbatda siz, yahudiylarga targ`ib qilmoq kerak edi. Ammo sizlar Uni rad qilib,o`zlaringizni abadiy hayotga noloyiq ko`rdingizlar. Shundan buyon biz boshqa xalq vakillariga murojaat qilamiz.
47 Chunki Xudovand Tavrotda bizga vasiyat qilib degan: ìSeni turli xalqlarga nur berishga qo`ydim, Zamin chetlariga qadar najot keltirgin deyaî.
48 G`ayriyahudiylar buni eshitgandan so`ng sevinib, Rabbimizning kalOmini ko`kka ko`tarishdi, abadiy hayotga tayin bo`lganlarning hammasi esa imon keltirishdi.
49 Shu tariqa Rabbimizning kalomi butun mamlakat bo`ylab yoyilib borar edi.
50 Biroq yahudiylar xudojo`y va e`tiborli ayollar va shuningdek, shaharning nufuzli odamlarini Pavlus va Barnaboga qarshi qo`zg`atib, ularni o`z yurtlaridan quvib chiqazdilar.
51 Shunda Pavlus va Barnabo oyoq changlarini ularga siltab qoqib, Ikoniya shahriga ketishdi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28