Menyu

Havoriylarning faoliyati 10 Bob


1 Kesariya shahrida Karniliy ismli bir odam bor edi. U ìItalyanî degan polkda yuzboshi,

2 butun xonadoni bilan Xudodan qo`rqadigan dindor bir odam edi. Xalqqa ko`pdan - ko`p sadaqa berib, doimo Xudoga ibodat qilardi.

3 Bir kuni tushdan so`nggi soat uchlar chamasida Xudoning bir farishtasi uning oldiga kelganini u vahiyda ochiq ko`rdi. Farishta unga dedi: Korniliy!

4 ó Labbay, Hazrat? ó dedi Korniliy, unga vahima bilan tikilib. Farishta dedi: Qilgan ibodatu sadaqalaring Xudo huzurida ijobat bo`ldi.

5 Endi Yaffaga odamlar yuborib, Butrus laqabli Simun degan kishini oldingga chaqirtir.

6 U uyi dengiz bo`yida bo`lgan Simun ismli ko`nchinikida mehmon bo`lib turibdi. (Uning senga aytadigan so`zlaridan o`zing bilan butun xonadaning najot topasizlar.)

7 Unga gapirgan farishta ketgandan so`ng, Korniliy xizmatkorlaridan ikkisini va uning xususiy vazifadori bo`lgan dindor bir askarni chaqirdi.

8 Ularga hamma narsani tushuntirib, Yaffaga jo`natdi.

9 Ertasi kuni tush chamasida, bu odamlar yo`l yurib shaharga yaqinlasharkanlar, Butrus ibodat qilish uchun tomga chiqdi.

10 U och qolganini his etib, ovqat yegisi keldi. Ovqatni tayyorlar ekanlar, u ruhlanib o`zini yo`qotdi.

11 Osmon ochilib, katta ro`molga o`xshash idish to`rt burchagidan osilgan holda pastga tushib kelayotganini ko`rdi.

12 Ro`molning ichida yerga xos har xil to`rt oyoqli va sudraluvchi hayvonlar hamda ko`kda uchuvchi qushlar bor edi.

13 Bir ovoz unga xitob qilib: Butrus, tur va so`yib yegin! ódedi.

14 Butrus: Aslo, yo Rabbim! Men mutlaqo iflos yoki harom narsa yegan emasman, ó dedi.

15 Yana ovoz ikkinchi marta unga eshitilib: Xudo halol deganini sen harom dema! ódeb aytdi

16 Bu manzara uch marta takrorlandi. So`ng idish yana osmonga ko`tarildi.

17 Butrus gangib qolgan edi. Men ko`rgan vahiyning nima ma`nosi bor ekan, deb o`ylab turganida, Korniliy tomonidan yuborilgan odamlar Simunning uyini surishtirib darvoza bo`sag`asida to`xtab qolishdi.

18 Ular ovozlarini balandlatib: Butrus laqabli Simun shu yerdami? ó deb so`rashdi.

19 Butrus esa hanuz vahiyni o`ylab, mulohazaga cho`mib o`tirardi. Muqaddas Ruh unga: ìMana, uch kishi seni izlayapti.

20 O`rningdan turgin-da, pastga tush va hech shubha qilmasdan ular bilan birga borgil, chunki ularni Men yubordimî, ó dedi.

21 Butrus pastga tushib, Korniliy tomonidan yuborilgan odamlarga: Sizlar izlayotgan odam men bo`laman. Nima yumush bilan bu yerga keldingizlar? ó dedi.

22 Ular Butrusga: Korniliy ismli, butun yahudiy xalqi orasida yaxshi nom chiqargan, solih, Xudodan qo`rqadigan bir yuzboshi bor. Muqaddas farishma unga, seni o`z uyiga chaqirtirib, aytganlaringga quloq berishini buyuribdi, ó deyishdi.

23 Shunda Butrus ularni ichkariga chorlab, mehmon qildi. Ertasi kuni Butrus joyidan qo`zg`alib, kelganlar bilan yo`lga chiqdi. Yaffadagi imonlilardan ba`zi odamlar ham unga hamroh bo`ldi.

24 Ikkinchi kuni Kesariyaga kelishdi. Korniliy esa o`z qarindoshlari va yaqin do`stlarini bir joyga to`plab, ularni kutib turardi.

25 Butrus ichkariga kirganda, Korniliy uni qarshilab, oyoqlariga yiqilib sajda qildi.

26 Biroq Butrus: Tur, men ham bir insonman, ó dedi-yu uni oyoqqa turg`izdi.

27 Butrus Korniliy bilan suhbatlashib uyga kirargan, to`planib turgan katta jamoani ko`rdi.

28 Ularga aytdi: Boshqa qabila kishisi bilan aloqa qilish, inoqlashish yahudiy bir odam uchun joiz emasligini bilasizlar. Lekin Xudo hech bir odamni iflos yoki harom deb hisoblamaslik lozimligini menga ko`rsatdi.

29 Shuning uchun men chaqirilganimda, so`z qaytarmay keldim. Endi aytinglar-chi, nima uchun meni chaqirdingizlar?

30 Korniliy so`z boshladi: Bundan to`rt kun avval, sal - kam ayni shu mahalda men uyimda ro`za tutardim. Soat uchda ibodat qilayotganimda, birdaniga porloq kiyimli bir odam ro`paramda paydo bo`ldi.

31 ìKorniliy! ó dedi u. ó Xudo ibodatingni eshitdi va sadaqalaringni maqbul topdi.

32 Endi Yaffaga odam yubor, dengiz bo`yidagi ko`nchi Simunning uyida mehmon bo`lib turgan Butrus laqabli Simunni chaqirtir. Uning senga aytadigan so`zlari borî, ó dedi.

33 Men ham o`sha zahoti sening oldingga odamlarni yubordim va xayriyat, kelganing yaxshi bo`ldi - da. Endi Xudo buyurgan so`zlarining hammasini tinglash uchun biz barchamiz bu yerda Xudoning huzurida hozirmiz.

34 Butrus so`z boshladi: ìHaqiqatan, Xudoning yuz-xotir qilmasligini,

35 balki Undan qo`rqqan va to`g`rilik ila ish tutgan hammani millatiga qaramay qabul qilishini men endi chinakamiga tushundim.

36 Xudo O`z kalOmini Isroil o`g`illariga yuborib, Iso Masih nomidan tinchlik mujdasini e`lon qildi. Iso Masih esa hammaning Rabbidir.

37 Yahyo payg`ambar va`z qilib, xalqni suvda tavba qildirib yurganidan keyin, Jaliladan boshlab butun Yahudiya yurti bo`ylab sodir bo`lgan voqealarni sizlar bilasizlar.

38 Nosira shahridan chiqqan Isoni Xudo yubordi. Xudoning O`zi Iso bilan birga bo`lgani uchun, U Muqaddas Ruh va qudratga to`lgan holda ezgulik qilar, iblisning zolim hukmi ostida qiynalib yurganlarning hammasini sog`aytirar edi.

39 Mana biz yahudiylarning mamlakatida va Quddus shahrida Isoning qilgan barcha ishlariga guvohmiz. Uning O`zini esa yog`ochga osib o`ldirdilar.

40 Ammo Xudo uchinchi kuni Uni tiriltirib, ko`zlarga namoyon qildi.

41 Iso tirilganidan keyin butun xalqqa emas, balki Xudo oldindan tanlagan, U bilan yeb-ichgan shohidlarga ó bizlargagina zohir bo`ldi.

42 Xudo Isoni tirigu o`liklarni hukm qiluvchi etib tayinlagan. Bu haqda guvohlik berib, xalqqa va`z aytishimizni Xudoning O`zi buyurgan.

43 Isoga inongan har bir kishining gunohlari Uning nomi bilan kechiriladi, deb qadimiy payg`ambarlarning hammasi ham shahodat berganlarî.

44 Butrus hali gapirib turganda, kalomni eshitayotganlarning barchasi ustiga Muqaddas Ruh tushdi.

45 Butrus bilan birga kelganlar Isoga ishongan yahudiylar edi. Muqaddas Ruh g`ayriyahudiylarga ham nasib bo`lganini ular ko`rib, hayratda qoldilar.

46 Chunki u kishilarning yangi tillarda so`zlashib, Xudoni ulug`layotganlarini eshitib turishardi. Shunda Butrus so`z oldi:

47 ìXuddi bizlar kabi Muqaddas Ruhni qabul qilgan bu odamlarning suvga cho`mib imon keltirishiga kim mone bo`la olar ekan?î ó dedi-yu,

48 ularni Iso Masih nomi bilan cho`mdirishni buyurdi. Shundan keyin ular Butrusdan bir necha kun qolishini iltimos qilishdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28