Menyu

Havoriylarning faoliyati 3 Bob


1 Bir kuni Butrus bilan Yuhanno ibodat mahali ó soat uchda birga ma`badga chiqayotgan edilar.

2 U yerda onadan tug`ma shol bo`lgan birov ham bor edi. Bu odamni ma`badga kirayotganlardan sadaqa tilash uchun har kun ma`badning Go`zal degan darvozasi yoniga keltirib qo`yar edilar.

3 U ma`badga kirib kelayotgan Butrus bilan Yuhannoni ko`riboq, ulardan ham sadaqa so`radi.

4 Butrus bilan Yuhanno esa ko`zlarini unga tikib: Bizlarga qara! ó dedilar.

5 U odam ulardan biron narsa olishni umid qilib, ularga diqqat bilan qarar edi.

6 Butrus unga: Menda kumush va oltin yo`q, ammo o`zimda borini senga beraman: nosiralik Iso Masih nomidan senga aytaman, o`rningdan turib yur! ó dedi-yu,

7 o`ng qo`lidan tutib, uni oyoqqa turg`izdi. Birdaniga uning tizzalari bilan to`piqlari mustahkamlanib qoldi.

8 U dik etib oyoqqa turdi-da, yura boshladi. Xudoga hamd aytib, irg`ib-sakrab yurganicha, ular bilan ma`badga kirdi.

9 Butun xalq esa u odamning Xudoni qanday olqishlab borayotganini ko`rdi.

10 Ma`badning Go`zal degan darvozasida sadaqa so`rab o`riradigan odam buning o`zi ekanini ular payqagach, u bilan yuz bergan mo``jiza qarshisida g`oyat ajablanib hayron qoldilar.

11 Sog`aygan shol Butrus bilan Yuhannoning oldidan ketmay turgani uchun, butun xalq hayron bo`lib, ularning huzuriga yugurib keldi. U yer Sulaymon ravoqi edi.

12 Butrus buni ko`rib, xalqqa xitoban: ìEy Isroil erlari! ó dedi. ó Nima uchun bunga hayron bo`lyapsizlar? Go`yo bizlar o`z qudratimiz yoki taqvodorligimiz bilan o`sha kishini oyoqqa turg`izganimizdek, bizlarga nega qarab turibsizlar?

13 Mana, ota-bobolarimizning Xudosi, Ibrohim, Ishoq va Yoqubning Xudosi O`zining O`g`loni Isoni yuksaltirib, shon-sharafga sazovor qilgan. Sizlar esa Uning xoinlari bo`ldingizlar. Pilat Uni qo`yib yuborishga qaror qilganda, Pilatning oldida Uni rad qildingizlar.

14 Qotil odamning sizlarga baxsh etilishini so`rab, muqaddas va solih Bo`lganni rad qildingizlar.

15 Ha, Hayot Sohibini o`ldirdingizlar. Biroq Xudo Uni tiriltirdi va biz bunga guvohmiz.

16 Bu sizlar ko`rgan va bilgan odam esa Isoning ismi haqi, Uning ismiga ishonish sababli oldingizda soppa-sog` turibdi. Hammangizning ko`z o`ngingizda bu odamga shifo bergan narsa ó Iso nomidan qilingan e`tiqoddir.

17 Endi birodarlar, boshliqlaringiz kabi sizlar ham bu ishni bilmasdan qilganingizni bilaman.

18 Xudo-ku barcha payg`ambarlar og`zi ila Masihning azob chekishini oldindan xabar qilgan edi va O`z so`zini ana shu yo`sinda bajo keltirdi.

19 Shunday qilib, gunohlaringizning o`chirilishi uchun tavba qilinglar va Xudoga iltijo etinglar,

20 toki Xudo sizlarga farog`at kunlarini baxsh etsin va azaldan tayinlagan Iso Masihni oldingizga yuborsin.

21 Garchi, Xudo qadimdan beri muqaddas payg`ambarlar og`zi bilan bilbirgan borliqni tuzatish vaqti bo`lmagunga qadar,U osmonda qolishi kerakdir.

22 Muso payg`ambar ota-bobolarimizga gapirib degan: ìRabbingiz bo`lgan Xudovand sizlarga birodarlaringiz orasidan men kabi bir Payg`ambar zohir qilgay, butun ishlarda sizlarga nimaiki gapirsa, Unga quloq solingizlar.

23 O`sha Payg`ambarga quloq solmagan har bir jon o`z xalqi orasidan qirib tashlangayî.

24 Shuningdek, Shomuil payg`ambardan boshlab, undan keyin gapirgan butun payg`ambarlar ham bu kunlarga qarata bashorat qilganlar.

25 Sizlar esa payg`ambarlar vorislari, Xudo ota-bobolaringiz bilan qilgan ahdning vorislarisizlar. Xudo: ìYer yuzidagi barcha xalqlar sening naslingdan baraka topadilarî, ó deb Ibrohim bilan ahd tuzgan edi.

26 Shunday qilib, Xudo har biringizni yovuz ishlaringizdan qaytarib, barakali qilay, deb O`zining O`g`loni Isoni tiriltirdi va birinchi galda sizlarga yubordiî.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28