Menyu

Havoriylarning faoliyati 12 Bob


1 O`sha kunlarda podshoh Hirod imonlilar jamoatidan ba`zilariga ozor berish uchun qo`l ko`tardi.

2 Yuhannoning akasi Yoqubni qilich bilan chopib o`ldirdi.

3 Bu yahudiylarga yoqqanini ko`rib, uning ortidan Butrusni ham qo`lga oldi. Ana shu voqealar yahudiylar xamirturushsiz non yopadigan Fisih bayramida sodir bo`ldi.

4 Hirod Butrusni zindonga qamab, Fisih bayramidan keyin xalq oldiga chiqarish niyati bor edi. Uni qo`riqlash uchun har biri to`rt askardan iborat to`rt dastaga topshirdi.

5 Butrus shunday zindonda tutilarkan, imonlilar jamoati uning uchun ixlos bilan Xudoga ibodat qilar edi.

6 Hirod uni chiqarmoqchi bo`lgan kundan avvalgi kechasi Butrus ikki askar o`rtasida, ikkita zanjir bilan kishanlangan holda uxlayotgan edi. Eshikning yonidagi qorovullar esa zindonni qo`riqlashar edi.

7 Nogahon Xudovandning farishtasi Butrusning yonida paydo bo`lib, hujrada nur porladi. Farishta Butrusning biqiniga turtib: Tezroq o`rningdan tur! ó deb uni uyg`otdi. Shu ondayoq qo`llaridagi zanjirlar tushib ketdi.

8 Farishta Butrusga: To`ningni kiy, orqamdan yur! ó dedi.

9 Butrus chiqib, uning orqasdan ketdi. Faqat farishta qilayotgan ishning o`ng yoki tush ekanini uqmay, vahiy ko`rayotganini o`ylar edi.

10 Birinchi va ikkinchi qorovulxonalardan o`tib, shaharga chiqadigan temir darvozaga kelishdi. Darvoza o`zidan-o`zi ularga ochildi. Tashqariga chiqib, bir ko`chani bosib o`tishdi. Nogahonda Butrusning yonidagi farishta g`oyib bo`ldi.

11 Butrus o`ziga kelgach: ìEndi men chindan ko`rdim, Rabbim farishtasini yuborib, meni Hirod qo`lidan va yahudiy xalqining butun qasd-adovatidan qutqazdiî, ó dedi.

12 U bo`lib o`tgan voqealarning farqiga yetgan zahoti Mark laqabli Yuhannoning onasi Maryamning uyiga yetib keldi. U yerda bir talay odam to`planib, ibodat qilayotgan edi.

13 Butrus darvozani taqillatgach, Roda ismli bir xizmatkor qiz quloq solgani chiqdi.

14 Butrusning ovozini tanib, sevinganidan darvozani ochmay ichkarika yugurib, uning tashrifini bildirdi.

15 ó Aqling joyidami? ó deyishdi ular qizga. Lekin qiz o`z aytganini tasdiqlayvergach, ular: Uning farishtasidir, ó deyishdi.

16 Shu orada Butrus taqillatishda davom etdi. Ochganlarida uni ko`rib hayron qolishdi.

17 Butrus ularning jim turishi uchun qo`li bilan imo qilib, Rabbimiz uni qanday zindondan chidarganini gapirib berdi. So`ng: Bularni Yoqub va boshqa birodarlarga bildiringlar! ó deb, u yerdan chiqdi-da, boshqa joyga ketdi.

18 Kunduz bo`lgach, Butrus bilan nima yuz bergani haqida o`ylab, askarlar qattiq hayajonga tushishdi.

19 Hirod esa uni izlab topolmaganidan keyin qorovullarni so`roq qilib, o`lim jazosiga mahkum etdi. Shundan so`ng Hirod Yahudiyani tark etib, Kesariya shahriga bordi va u yerda bir muddat qoldi.

20 U Tir va Sido`n aholisiga bor zahrini sochar edi. Ular esa o`zaro kelishib, uning huzuriga tashrif buyurishdi. Podshohning saroy noziri Blastani o`z tomonlariga ko`ndirib, sulh so`rashdi. Chunki ularning viloyati uchun zarur bo`lgan oziq-ovqat podshohning viloyatidan olinar edi.

21 Belgilangan kunda Hirod shohona kiyimlarini kiyib, minbarga o`tirdi-da, xaloyiqqa va`z aytdi.

22 Xaloyiq esa: ìBu odamning ovozi emas, bu Xudoning ovozi!î ó deb xitob qilardi.

23 O`sha ondayoq Xudovandning farishtasi Hirodni urdi. U sharafni Xudoga bermagani uchun tanasini qurtlar kemirib, jon berdi.

24 Xudoning kalomi esa tobora yoyilar, samara berardi.

25 Barnabo bilan Shoul topshiriqni bajolagach, Mark laqabli Yuhannoni o`zlari bilan birga olib, Quddusdan qaytib kelishdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28