Havoriylarning faoliyati 9 Bob
1 Shoul hali ham Iso Masihning shogirdlariga qarshi qatlu qirg`in tahdidlari bilan nafas olib yurar edi. U oliy ruhoniyning huzuriga borib,
2 Damashq shahridagi yahudiy ibodatxonalari uchun maktublar so`radi. Bu ma`limotning izidan borayotgan kimsani topsa, u erkak yoki xotin bo`lishidan qat`i nazar, kishanlab Quddusga keltirmoq niyatida edi.
3 Yo`li Damashqqa yaqinlashganda, to`satdan osmondan tushgan nur uning atrofini yarqiratib yubordi.
4 U yerga yiqilgan zahoti: Shoul, Shoul! Nega Meni quvg`in qilyapsan? ó degan ovozni eshitdi.
5 Shoul: Yo Rabbiy, Sen kimsan? ó dedi. ó Men sen quvg`in qilayotgan Isoman. Nishga qarshi tepishing qiyin, ó dedi U.
6 Shoul vahimlanib, titroq bilan: Yo Rabbiy , nima qilishimni buyurasan? ó dedi. Iso unga: ó Qani, o`ringdan turib shaharga kir, unda nima qilishing kerakligi senga aytiladi, ó dedi.
7 Shoulning hamrohlari ovozni eshitib, lekin hech kimni ko`rmasdan, qotib qolgandilar.
8 Shoul yerdan turib ko`zlarini ochganda, hech narsa ko`rinmas edi. Uni qo`lidan tutib, Damashq shahriga keltirdilar.
9 Uch kungacha ko`zlari ko`rmay qoldi, na yedi va na ichdi.
10 Damashq shahrida Hananiya degan Isoning shogirdi bor edi. Rabbimiz Iso vahiyda unga ko`rinib: ó Ey Hananiya! ó dedi. ó Labbay, Rabbim! ó dedi u.
11 Rab unga dedi: O`rningdan tur va To`g`ri degan ko`chaga borib, Yahudoning uyidagi Tars shaharlik Shoul ismli odamni so`ragin. Shu mahalda u ibodat qilyapti.
12 Vahiyda Hananiya ismli bir odam uning yoniga kelganini va ko`zlari ochilishi uchun qo`llarini uning boshiga qo`yganini qo`rdi.
13 Hananiya javob berdi: Yo Rabbiy, bu odam Quddusda Sening azizlaringga qancha yomonlik qilgani haqida ko`p odamlardan eshimdim.
14 Bu yerda ham Sening ismingni aytganlarning hammasini tutqunga solish uchun oliy ruhoniylardan ijozat olibdi-ku, ó dedi.
15 Rabbimiz Iso unga shunday dedi: Sen boraver, mana bu odam Mening ismimni turli xalqlar, podshohlar va Isroil o`g`illari oldida ulug`lash uchun tanlangan qurolimdir.
16 Mening ismim uchun u qanchalar azob chekishi kerak ekanini O`zim unga ko`rsataman.
17 Hananiya borib o`sha uyga kirdi. Shoulnin boshiga qo`llarini qo`yib: Birodarim Shoul! Kelayotgan yo`lingda senga ko`ringan Rabbimiz Iso, ko`zlaring yana ko`rishi va Muqaddas Ruhga to`lishing uchun meni yubordi, ó dedi.
18 O`sha zahoti Shoulning ko`zlaridan parda tushganday bo`lib, ko`ra boshladi. O`rnidan turiboq, suvga cho`mib imon keltirdi. So`ng ovqat yeb, quvvatga kirdi.
19 Shoul bir necha kun Damashqdagi Iso shogirdlari bilan birga bo`ldi.
20 U darhol Iso Xudoning O`g`li ekani haqida yahudiy ibodatxonalarida targ`ibot qila boshladi.
21 Eshitganlar esa hayratda qolib: ìQuddusda bu ismni aytganlarni qirib tashlagan, kishanlab oliy ruhoniylarga olib borish uchun bu yerga kelgan uning o`zi emasmi?î ó deb aytishardi.
22 Shoul esa tobora nufuzini oshirib borardi. Isoning Masihligiga doir ishonarli dalillarni olg`a surib, Damashqda turgan yahudiylarni dovdiratib qo`yardi.
23 Oradan necha kunlar o`tib, nihoyat yahudiylar so`z biriktirib, Shoulni o`ldirishga qaror qilishdi.
24 Uni o`ldirish uchun kechayu kunduz shahar darvozalari oldida poylab turishar edi. Lekin ularning qasdi Shoulga ayon bo`ldi.
25 Kechasi shogirdlar uni savatga solib, devordan tushirib yuborishdi.
26 Shoul Quddus shahriga yetib borgach, u yerdagi Iso shogirdlariga qo`shilib, inoqlashishga urindi. Lekin uning Iso shogirdi bo`lganiga hech kim ishonmay, undan qo`rqishardi.
27 O`shanda Barnabo Shoulni havoriylarning huzuriga boshlab keldi va uning yo`lda Isoni qanday ko`rib, Iso unga nima deb so`zlaganini, Damashqda Iso nomi bilan qanday dovyuraklik bilan va`z aytganini ularga aytib berdi.
28 Bundan keyin Shoul endi ular bilan birga yuradigan bo`lib, Quddusda Rabbimiz Isoning nomi bilan qo`rqmasdan targ`ibot qilardi.
29 Yunon tilida so`zlashuvchi yahudiylar bilan ham suhbatlashib bahslashardi. Ular esa Shoulni o`ldirish payiga tushdilar.
30 Imonli birolarlari buni eshitgach, Shoulni Kesariyagacha kuzatib, Tarsga jo`natishdi.
31 Shunday qilib, Yahudiya, Jalila va Samariya yurtlari bo`ylab imonlilar jamoati tinchlikka erishdi, Jamoat Xudodan qo`rqib tobara rivoj topar, Muqaddas Ruhdan jasurlanib, son jihatdan ko`payib borardi.
32 Bu orada Butrus hamma jaylarni aylanib chiqib, Lo`d shahrida turgan imonlilarning oldiga ham bordi.
33 U yerda sakkiz yildan beri to`shagidan turmagan Yeney ismli bir shol odamni ko`rdi.
34 Butrus unga: Yeney, Iso Masih senga shifo beryapti. O`rningdan tur, ko`rpa-to`shagingni yig`ib qo`y! ó dedi. Yeney o`sha zahoti o`rnidan turib ketdi.
35 Lo`d shahri va Sharon dalasida yashaganlarning hammasi u kishining holini ko`rdi-da, Isoni Rabbimiz deb tan olib, imon keltirdilar.
36 Yaffada Isoning shogirdi bo`lgan Tavita ismli bir ayol bor edi. Bu otning tarjimasi ìohuî demakdir. Bu ayol ixlosmandlik bilan xayrli ishlarga berilib, ko`p sadaqa qilar edi.
37 Xuddi o`sha kunlarda u kasallanib o`ldi. Uni yuvib, boloxonaga qo`yishdi.
38 Lo`d shahri Yaffaga yaqin bo`lgani uchun, Butrusning u erla ekanini eshitib qolgan shogirdlar uning huzuriga ikki kishini yuborib: ìTezda bizning oldimizga kelgin!î ó deb iltimos qilishdi.
39 Butrus o`rnidan qo`zg`alib, ular bilan birga ketdi. Uyga yetib kelgach, uni boloxonaga olib kirishdi. Butun bevalar uning yoniga to`planib, dod-faryod qilar, Ohuning tirikligida tikkan ko`ylak va jomalarini ko`rsatishardi.
40 Butrus esa hammani tashqariga chiqazgandan keyin, tiz cho`kib ibodat qildi va jasadga qarab: Tavita, o`rningdan tur! ó dedi. Shunda ayol ko`zlarini ochdi-da, Butrusni ko`rib, rostlanib o`tirdi.
41 Butrus qo`lini uzatib, uni turg`izib qo`ydi. So`ng imonlilar bilan beva ayollarni chaqirib, tirik holdagi ayolni ularga topshirdi.
42 Bu hodisa butun Yaffaga ma`lum bo`ldi va ko`p odamlar imon keltirib, Isoni Rabbim deb tan oldilar.
43 Butrus ancha vaqt Yaffada Simun ismli bir ko`nchining uyida turdi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28