Havoriylarning faoliyati 20 Bob
1 To`polon tugaganidan keyin Pavlus Iso shogirdlarini chaqirib, nasihat qildi va ular bilan xayrlashib, Makedoniyaga jo`nab ketdi.
2 U kezib o`tgan yurtlardagi imonlilarga ko`p o`git-nasihat berib, Yunonistonga keldi.
3 Uch oy u yerda turdi. Suriyaga suzib ketay, degan paytda yahudiylar unga qarshi suiqasd uyushtimoqchi bo`lishdi. Shuning uchun yana Makedoniya orqali qaytishga qaror qildi.
4 Veriyadan Pir o`g`li Sosipatr, Salonikadan Aristarx va Sekund, Derviyadan Gay va Timo`tiy, asiyaliklardan esa Tixik va Trofim uni Asiyagacha kuzatib bordilar.
5 Ular avval jo`nab, bizlarni Troasda kutib turardilar.
6 Bizlar esa Xamirturushsiz Non bayramidan keyin Filippi shahridan suzib, besh kun deganda ularning oldiga ó Troas shahriga yetib keldik. U yerda yetti kun turdik.
7 Yakshanba kuni non sindirish uchun bir yerda to`plangan edik. Pavlus ertasi kuni jo`namoqchi bo`lib, imonlilarga nasihat berib, so`zni yarim kechagacha davom ettirdi.
8 Bizlar yig`ilgan boloxonada juda ko`p shamchiroq yongan edi.
9 Yevtix ismli bir yigit deraza raxida o`rirardi. Pavlusning nutqi uzoq cho`zilib, yigitni qattiq uyqu bosdi. U uyqusida qimirlab, uchinchi qavatdan pastga tushib ketdi. Yerdan uning o`ligini ko`tarishdi.
10 Pavlus pastga tushib, yigitning ustiga o`zini tashladi va uni quchoqlab: ìXavotir bo`lmanglar, uning joni o`zidadir!î ó dedi.
11 So`ng yana yuqoriga chiqib, non sindirib ovqatlandi. Tong otguncha ancha suhbat qilib, yo`lga chiqdi.
12 Shu orada o`smirni tirik olib kelishdi va behad xursand bo`lishdi.
13 Bizlar oldin kemaga tushib, Pavlusni u yerdan olib ketish uchun Assa shahriga suzib bordik: chunki o`zi piyoda bormoqchi bo`lib, bizlarga shunday topshiriq bergan edi.
14 Bizlar Assada uchrashgach, uning bilan Mitilina shahriga bordik.
15 U yerdan suzib ketib, ertasi kun Xios oroli qarshisiga keldik. Uchinchi kun esa Samos oroliga o`tib Trogiliya shahrida to`xtagandan keyin, yana bir kun o`tib, Milit shahriga yetib bordik.
16 Pavlus Asiyada kechikib qolmaslik maqsadiqa Efes shahriga kirmay o`tib ketishga qaror qilgan edi. Agar iloji bo`lsa, Hosil bayramini Quddusda qutlayin, deb shoshilayotgan edi.
17 Militdan Pavlus Efesga odam yuborib, mahalliy imonlilar jamoatining oqsoqollarini o`z qoshiga chaqirtirdi.
18 Ular uning huzuriga kelganda, dedi: ìMen Asiya viloyatiga oyoq bosgan ilk kundan beri, yoningizda yashagan shuncha vaqt davomida qanday harakat qilganimni o`zlaringiz bilasizlar.
19 Yahudiylarning yovuz niyatlari tufayli boshimdan o`tgan og`ir sinovlar ichida kamtarlik va ko`zimning yoshi bilan Rabbimga xizmat qilib yurdim.
20 Foydali bo`lgan hech bir narsadan sizlarni mahrum qilmayin, deb ko`chama-ko`cha, uyma-uy yurib ta`lim berish fursatini bekor o`tkazmadim.
21 Tavba qilib, Xudoga iltijo etinglar va Rabbimiz Iso Masihga imon keltiringlar, deb yahudiylar bilan yunonlarga jiddiy nasihat qilib turdim.
22 Mana endi Muqaddas Ruhning bandi bo`lib, Quddusga borayapman. U yerda men bilan nima yuz berishini bilmayman.
23 Faqat shuni bilmanki, shaharma-shahar yurgan sari zanjiru kishanlar, qayg`u-alamlar meni kutadi. Buni Muqaddas Ruh menga ayon qilmoqda.
24 Lekin bunga qaramay, o`z jonimni ham ayamayman ó qani endi faoliyatimni tamomlab, Xudoning nioyatidan dalolat beruvchi Xushxabarga guvohlik bermoq uchun Rabbim Isodan olgan topshiriqni quvonch ila bajo keltira olsam.
25 Endi yana shuni bilamanki, garchi orangizda Xudo Shohligini e`lon qilib yurgan bo`lsam-da, hech biringiz mening yuzimni ortiq ko`ra olmaysizlar
26 Shuning uchun bu kunning o`zida sizga ta`kidlab aytamanki, men birovning halokatiga javobgar emasman.
27 Chunki Xudoning murod-maqsadini sizlarga tamoman bayon etish uchun biron fursatni boy bermadim.
28 O`zingizni va Muqaddas Ruh sizlarni nazoratchi qilib tayinlagan barcha jamoatni ko`z-quloq bo`lib ehtiyotlanglar. Sizlar cho`ponlik qilayotgan ushbu suruvni Rabbimiz Iso O`z qoni evaziga sotib olgan.
29 Men ketganimdan keyin, suruvni ayamaydigan yirtqich bo`rilar orangizga suqilib kirishlarini bilaman.
30 Hatto o`z oralaringizdan chiqqan odamlar ham teskari so`zlari bilan Iso shogirdlarini yo`ldan ozdirib, orqalaridan ergashtiradilar.
31 Shuning uchun hushyor bo`lib turinglar. Men sizga qay tariqa uch yil kechayu kunduz, ko`zlarimning yoshi bilan har biringizga hormay - tolmay pandu nasihat berib yurganimni xotirlanglar.
32 Endi birodarlarim, sizlarni Xudoning panohiga va Uning inoyatli kalomiga topshiraman. Bu kalom sizlarni mustahkamlashga va Xudoning butun azizlari bilan sizlarga ham nasib etgan meros ulushiga sazovor qilishga qodirdir.
33 Men hech kimning simu zariga yohud kiyimiga ko`z tikkanim yo`q.
34 O`zimning, shuningdek, yo`ldoshlarimning ehtiyojlarini qondirishda shu qo`llarim xizmat etganini o`zlaringiz yaxshi bilasizlar.
35 Shunday mehnat qilib, ojizlarga yordam berishda men sizlarga namuna bo`lib qoldim. Shu bilan birga, ìOlishdan ko`ra berishning baxtiyorligi kattaî, ó degan Rabbimiz Isoning so`zlarini ham eslab turinglarî.
36 Bu so`zlarni aytib bo`lib, Pavlus tiz cho`kdi-da, hamma bilan birga ibodat qildi.
37 So`ng hammalari zor yig`lab, Pavlusning bo`yniga tashlanib, uni o`pishardi.
38 Pavlusning: ìOrtiq yuzimni ko`rolmaysizlarî, ó degan so`zi esa ularni ayniqsa g`amgin qilgan edi. Nihoyat, uni kemagacha kuzatib borishdi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28