Havoriylarning faoliyati 23 Bob
1 Pavlus Oliy Kengash a`zolariga tikilib qarab: Ey birodarlar! Men bu kunga qadar Xudo oldida pok vijdon bilan yashab kelaman, ó dedi.
2 Buni aytishi bilanoq, oliy ruhoniy Hananiya Pavlusning yonida turganlarga uning og`ziga urishlarini buyurdi.
3 Pavlus unga: Ey oqlangan devor, Xudo seni uradi! Sen qonun asosida hukm chiqarish uchun o`tiribsan, ammo qonunga zid o`laroq meni urishga amr berayapsan! ó dedi.
4 Oldinda turganlar: Xudoning oliy ruhoniysini haqorat qilyapsanmiî ó dedilar.
5 Pavlus dedi: Birodarlar! Uning oliy ruhoniy ekanini bilmas edim: chunki Tavrotda: ìXalqing orasida boshliq bo`lganni yomonlamaî, ó deb yozilgan.
6 Ularning bir qismi sadduqiy va boshqa qismi farziy mazhablaridan bo`lganini Pavlus bilgach, Kengashga baland ovoz bilan xitob qilib: Birodarlar! Men farziyman, ham farziyning o`g`liman. Men o`liklarning tirilishiga qattiq e`tiqod qilganim uchun meni tergayaptilar, ó dedi.
7 U buni aytgan mahalda farziylar bilan sadduqiylar orasida janjal chiqib, majlis ikkiga bo`linib ketdi.
8 Chunki sadduqiylar qiyomatni ham, farishtani ham, ruhni ham yo`q deydilar. Farziylar esa bularning hammasini tan oladilar.
9 Shunday qilib, katta shovqin bo`ldi. Farziylar mazhabining ulamolaridan ba`zilari so`zga chiqib, qat`iy e`tiroz bildirishdi: Bizlar bu odamda hech bir yomonlik topmayapmiz. Agar biron ruh yoki farishta unga aytgan bo`lsa nima bo`pti, biz Xudoga qarshilik ko`rsatmaylik! ó deyishdi.
10 Janjal tobora zo`rayib borgach, Pavlusni tilka-pora qilmasinlar, deb qo`rqqan mingboshi pastga tushib, oralaridan uni chiqazib qal`aga olib kirishni askarlarga buyurdi.
11 Keyingi kechada Rabbimiz Iso Pavlusga zohir bo`lib: ìDadil bo`l! Quddusda Menga qanday guvohlik bergan bo`lsang, Rimda ham shunday guvohlik berishing kerakî, ó dedi.
12 Kun yorishgach, ba`zi yahudiylar qasdlanib, Pavlusni o`ldirmaguncha yeb-ichmaslikka qasam ichdilar.
13 Bunday ahdlashganlarning soni qirq kishidan ziyod edi.
14 Ular oliy ruhoniylar bilan oqsoqollarning huzuriga kelib: ìPavlusni o`ldirmagunimizcha hech narsa yemaslikka og`ir qasam ichdik, ó dedilar.
15 ó Endi sizlar Oliy Kengash a`zolari bilan birga mingboshining huzuriga boringlar va go`yo Pavlus masalasini yana aniqroq tekshirmoqchimiz, deb uni ertaga oldingizga chiqarishini iltimos qilinlar. Bizlar esa u yetib kelmasidan avvalroq uni o`ldirishga hozirlik ko`rib turamizî.
16 Pavlus singlisining o`g`li, ya`ni jiyani ana shu qasd haqida eshitib qolib, qal`aga kirdi-da, unga buni ma`lum qildi.
17 Pavlus yuzboshilardan birini chaqirib: Bu yigitni mingboshining huzuriga olib borgin, unga aytadigan bir gapi bor, ó dedi.
18 U yigitni oldi va mingboshining qoshiga keltirib: Mahbus Pavlus meni yoniga chaqirib, bu yigitni sizning oldingizga boshlab kelishimni iltimos qildi, sizga aytadigan bir gapi bor ekan, ó dedi.
19 Mingboshi yigitning qo`lidan ushlab, uni bir chetga tortdi - da: Menga aytadigan nima gaping bor? ó deb so`radi.
20 Yigit javob berdi: Yahudiylar go`yo Pavlusning ishini yana aniqroq tekshirish uchun uni ertaga Kengash oldiga chidarishni sizdan iltimos qilishga kelishibdilar.
21 Lekin siz ularga quloq solmang. Chunki ularning qirqdan ortig`i Pavlusni poylab turishibdi: uni o`ldirmaguncha yeb-ichmaslik haqida qasam ichishibdi. Mana hozir sizning farmoyishingizni kutib, tayyor bo`lib turishibdi, ó dedi.
22 Mingboshi: Menga bu gaplarni bildirganingni hech kimga aytma! ó deb yigitni qo`yib yubordi.
23 Mingboshi yuzboshilardan ikkitasini chaqirib: Kun botganidan uch soat keyin Kesariya shahriga borish uchun ikki yuz piyoda askar, yetmish otliq va ikki yuz o`qchi askar hozirlanglar.
24 Pavlusni mindirib, viloyat hokimi Feliksning qoshiga sog`-salomat yetkazib borish uchun ot-ulov ham beringlar, ó deb buyurdi.
25 Mingboshi quyidagi mazmunda bir maktub ham yozdi:
26 ìKlavdiy Lisiydan muhtaram hakim Feliksga ó salom!
27 Ushbu odamni yahudiylar tutib o`ldirmoqchi edilar. Uning Rim fuqarosi ekanini bilib, men askarlar bilan birga yetib kelib, uning boshini qutqardim.
28 Keyin nimada aybdor etayoganlarini bilmoqchi bo`lib, uni yahudiylarning kengashiga olib bordim.
29 Natijada o`zlarining shariatiga doir masalalar bo`yicha uni gunohkor qilayotganlarini bildim-u, dekin unda o`limga yoki kishanga layiq hech qanday ayb topmadim.
30 Yahudiylarning bu odamga qarshi uyushtirayogan suiqasdidan xabardor bo`lgach, men darhol uni sizning huzuringizga yubordim. Uning ayblovchilariga ham unga qarshi bo`lgan da`volaini sizning qoshingizda gapirishlarini buyurdim. Salomat bo`lingî.
31 Shunday qilib, askarlar olgan farmoniga ko`ra Pavlusni kechasi Antipatrisga boshlab borishdi.
32 Ertasiga u bilan birga borish uchun otliqlarni qoldirib, o`zlari esa qal`aga qaytib ketishdi.
33 Otliqlar Kesariyaga yetgach, maktubni viloyat hokimiga berishdi va Pavlusni ham unga topshirishdi.
34 Hokim maktubni o`qigach, Pavlusdan qaysi viloyatdan ekanini so`radi. Kilikiyadan bo`lganini bilgach, unga:
35 ìAyblovchilaring kelganidan keyin sening ishingni so`roqlaymanî, ó dedi-yu, Hirod saroyida qamoqda saqlansin deb amr berdi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28