Menyu

Havoriylarning faoliyati 4 Bob


1 Butrus bilan Yuhanno xalqqa gapirib turganda, ruhoniylar, ma`bad mirshabboshisi hamda sadduqiy mazhabidan bo`lganlar ularning ustiga bostirib keldilar.

2 Ular Isoni ibrat qilib ko`rsatib, o`liklarning tirilishi haqida xalqqa ta`lim berayotganlari uchun, din peshvolari juda achchiqlangan edilar.

3 Butrus bilan Yuhannoni ushladilar va endi vaqt kech bo`ldi, deb ertagacha ularni qamoqxonada qoldirdilar.

4 So`zni eshitganlarning ko`plari esa imon keltirdilar; bu odamlarning soni besh mingga yaqin edi.

5 Ertasi kuni yahudiylarning boshliqlari, oqsoqollari va ulamolari Quddusda to`plandilar.

6 Oliy ruhoniy Hanan, Kayafa, Yuhanno, Iskandar va oliy ruhoniy avlodidan bo`lgan boshqalarning hammasi shu yerda edilar.

7 Ikkala havoriyni o`rtada turg`izib: ìSizlar qanday vakolat bilan va kimning nomidan buni qildingizlar?î ó deb so`rashdi ulardan.

8 Muqaddas Ruhga to`lgan Butrus ularga dedi: ìEy xalqning rahnamolari, Isroilning oqsoqollari!

9 Agar bugun bir xasta odamga qilingan ezgu ish, uning qanday shifa topgani haqida bizdan javob talab qilayotgan bo`lsangiz,

10 unda hammangizga ó butun Isroil xalqiga ma`lum bo`lsinki, sizlar xochga mixlab qo`ygan va Xudo esa tiriltirgan nosiralik Iso Masih ismi haqi bu odam qarshingizda soppa - sog` turibdi.

11 Bu Iso ó oyatdagidek: ìSiz binokorlar mensimagan, lekin peshtoqning boshi bo`lib qolgan toshdirî. Boshqa hech kimdan najot yo`q.

12 Najot topishimiz uchun, osmoni falak ostida odamzodga berilgan boshqa hech bir ism yo`qî.

13 Ruhoniylar Butrus va Yuhannoning bu jasoratini ko`rib va ular o`qimagan, oddiygina odamlar ekanlarini bilib, juda hayron qoldilar. Ularning Iso bilan birga bo`lganliklarini payqab oldilar.

14 Shifo topgan odamning ham ular bilan birga turganini ko`rib, ularga qarshi hech narsa ayta olmadilar.

15 Ularga kengashdan tashqariga chiqib ketishni buyurib, so`ngra o`zaro muhokama qilishga tushdilar.

16 ìBu odamlarni nima qilishimiz kerak? Ularning qo`li bilan ochiqdan - ochiq bir mo``jiza qilinganini butun Quddus ahli bilib oldi-ku! Bizlar buni rad qilolmaymiz.

17 Lekin xalq orasida bu gap yana ko`proq yoyilmasligi uchun ularga do`q uramiz, yana tag`in bu ism to`g`risida boshqa hech kimga so`zlamasinlarî, ó deyishdi.

18 So`ngra ularni chaqirib, Iso nOmini tilga olib mutlaqo ta`lim bermanglar, deb buyurdilar.

19 Lekin Butrus va Yuhanno ularga javob berib: ìO`zlaringiz qaror qilinglar, Xudodan ko`ra ko`proq sizlarga quloq solishimiz Xudo oldida to`g`ri bo`ladimi?

20 Biz ko`rgan - eshitganlarimizni aytmay turolmaymizî, ó deyishdi.

21 Kengash a`zolari jazo berish uchun hech qanday asos topolmagach, ularga yana bir do`q urib, qo`yib yubordilar.

22 Mo``jiza natijjasida shifo topgan odam qirq yoshdan oshganini butun xalq bilib, yuz bergan voqea uchun Xudoga hamdu sano aytishar edi.

23 Butrus bilan Yuhanno ozodlikka chiqarilgandan keyin, o`rtoqlarining qoshiga borib, oliy ruhoniylar bilan oqsoqollarning barcha aytganlarini so`zlab berdilar.

24 Ular buni eshitgach, bir ovozdan Xudoga nido qilib dedilar: ìEy bizning Egamiz, yeru osmon, dengiz va ularning ichidagi hamma narsalarni yaragan Xudo!

25 Sen Muqaddas Ruh orqali O`z quling ó otamiz Dovud og`zi ila degansan: ìMillatlar nega isyon ko`taryaptilar? Xalqlar nega behuda qasd qilmoqdalar?

26 Dunyo podshohlari va hukmdorlari bosh ko`tarib, Xudovand va Uning Masihiga qarshi til biriktirdilarî.

27 Haqiqatan ham, Hirod bilan Po`ntiy Pilat bu shaharda Isroil xalqi va boshqa xalqlar bilan til biriktirib, Sen Masih deb tayinlagan azizu muqaddas O`g`loning Isoga qarshi qo`l ko`tarishdi.

28 Sen O`z qudrating va xohishing bilan avvaldan belgilangan ishlarning hammasini bajarishdi.

29 Endi, yo Rabbiy, ularning do`q - po`pisalariga qara, Sening so`zingni to`la jasorat bilan aytish quvvatini shu qullaringga ehson ayla.

30 Aziz O`g`loning Iso ismi bilan odamlarga shifo berish va turli alomatlar, mo``jizalar uchun qo`lingni uzatgin!î

31 Ibodat qilib bo`lgach, ular yig`ilib turgan joy silkinib ketdi. Hammalari Muqaddas Ruhga to`lib, Xudoning so`zini jasorat bilan gapira boshladilar.

32 Inonganlarning jamoati bir jon, bir tan edi. Hech biri mulkidan biron narsani meniki demas edi, hamma narsani umumiy deb bilishar edi.

33 Havoriylar esa Rabbimiz Iso Masih qayta tirildi, deb juda ta`sirchan tarzda guvohlik berishar edi. Xudoning buyuk inoyati barchada namoyon bo`layotgan edi.

34 Oralarida muhtoj kishi yo`q edi. Chunki yerlari yoki uy - joylari bor bo`lganlarning hammasi mulklarini sotar, evaziga olgan pullarini keltirib,

35 havoriylarning ixtiyoriga topshirardilar.Shu yo`sinda pul har biriga ehtiyojiga ko`ra taqsimlanar edi.

36 Shular kabi Yusuf ismli, levitlar avlodiga mansub kiprlik bir kishi bor edi. Havoriylar unga Barnabo, ya`ni ìdalda beruvchiî degan nom berishgan edi.

37 U o`z yerini sotib, pulini havoriylarning ixtiyoriga topshirdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28