Menyu

Havoriylarning faoliyati 24 Bob


1 Oradan besh kun o`tgandae keyin, oliy ruhoniy Hananiya va ba`zi oqsoqollar Tertull ismli bir huquqshunos bilan Kesariya shahriga kelishib, Pavlusni qoralaydigan arzlarini hokimga bayon etishdi.

2 Pavlus chaqirilgach, Tertull ayblashni boshladi:

3 ìEy muhtaram Feliks, xalqimizning obodonchiligiga g`amho`rlik qilar ekansiz, o`z soyangizda osoyishtalikka erishganimizni har doim va har har yerda behad minnatdorchilik ila tan olamiz.

4 Sizni ko`p ovora qilmaslik uchun, o`zingizga hos bo`lgan mehibonlik ila bizning muhtasar so`zimizni eshitishingizni iltimos qilaman.

5 Biz bu odamni jamiyatning marazi deb bilamiz. Mana u nasroniylar bid`atining namoyandasi bo`lib, dunyoning barcha yahudiylarini oyoqlantirmoqda.

6 U ma`badimizni ham harom etishga qo`l ko`targan vaqtdayoq, biz uni tutib, o`z qonunimizga ko`ra sud qilmoqchi bo`ldik.

7 Lekin mingboshi Lesiy kelib, uni zo`rlik bilan qo`limizdan tortib olib, sizning qoshingizga yubordi.

8 Uni ayblovchi bizning ham sizning huzuringizga kelishimizni buyurdi. Bu kishini so`roq qilsangiz, biz uni nimalarda ayblashimizni uning o`zidan bilib olishingiz mumkinî.

9 Hozir bo`lgan barcha yahudiylar ham aytilganlarning to`g`riligini bildirib, Pavlusga qo`yilgan aybni tasdiqlardilar.

10 Hokim Pavlusga gapirishi uchun ishora yetgach, u so`z boshladi: ìSiz ko`p yillardan beri bu xalqqa haqqoniy qozi bo`lganingizni bilganim uchun, men o`z ishimni bemalol himoya qilaman.

11 O`zingiz bilib olishingiz mumkin: mening sig`inish uchun Quddusga kelganimga o`n ikki kundan oshgani yo`q.

12 Na ma`badda, na ibodatxonalarda va na Quddus shahrida biron kishi bilan bahs qilganim yoki xalq orasiga g`ulg`ula solganimni ular ko`rishmadi.

13 Hozir ham meni ayblashlarida biron bir asos borligini isbot qilisholmaydi.

14 Huzuringizda shuni e`tirof etamanki, ular bid`at deb atagan Yo`lning izbasari o`laroq, ota - bobolarim sig`ingan Xudoyi Taoloning haqiqiy bandasiman. Tavrot va Payg`ambarlar kitobida yozilganlarning hammasiga inonaman.

15 Ayblovchilarimning o`zlari ham tan olganidek, men solih bilan fosiqlarni tiriltiradigan Xudoga qattiq e`tiqod qilaman.

16 Shuning uchun ham Xudo bilan insonlar oldida doim vijdonimni sof saqlashga tirishaman.

17 Oradan ko`p yillar o`tgandan keyin, xalqim sharafiga xayr-sadaqa va qurbonliklar bag`ishlash uchun Quddusga qaytib bordim.

18 Bu vaqtda meni ma`badda tahorat qilayotgan holatda topdilar: holbuki u yerda oloman ham, shovqin ham yo`q edi.

19 Faqat asiyalik ba`zi bir yahudiylar bor edi. Aslida o`sha odamlar bu yerga kelib, biron shikoyatlari bo`lsa, huzuringizda meni ayblashlari kerak edi.

20 Yoki bu yerdagilarning o`zlari aytishsin, yahudiylarning Oliy Kengashi oldida turganimda menda qanday haqsizlik topishgan ekan?

21 Men ularning orasida turib, baland ovozda: ìO`liklarning tirilishiga ishonganim uchun bugun oldingizda hukm qilinyapmanî, ó deb aytdim. Ehtimol, shu so`zim uchun aybdor sanalsam kerak?î

22 Shunda Feliks: ìMingboshi Lisiy kelganidan keyin ishlaringni sinchiklab tekshiramanî, ó deb muhokamani keyinga qoldirdi. Feliks o`zi Isoning yo`li borasida ancha xabardor edi.

23 Pavlusni yuzboshiga topshirib: ìQamab qo`yilsin, lekin engillik berilsin, unga xizmat qilmoqchi bo`lgan do`stlariga hech qarshilik qilinmasinî, deb buyurdi.

24 Bir necha kundan keyin Feliks yahudiy xotini Drusilla bilan keldi. Pavlusni chaqirtirib, Iso Masihga ishonish to`g`risida uni tingladi.

25 Pavlus haqiqat, nafsni tiyish va qiyomat-qoyim haqida gapirganda, Feliksning yuragi cho`chib ketdi. ìEndi borgin, vaqt topganimda seni yana chaqiramanî, ó dedi.

26 Ayni zamonda, Pavlus ozod bo`lishi uchun menga pora beradi degan umidda uni tez-tez suhbatga chaqiraddigan bo`ldi.

27 Ikki yildan so`ng Feliksning o`rniga Partsiy Fest keldi. Feliks yahudiylarning ko`nglini olmoqchi bo`lib, Pavlusni qamoqda qoldirdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28