Havoriylarning faoliyati 5 Bob
1 Yana Hananiya degan bir kishi bilan xotini Saffira bor edilar. Bu kishi bir yerni sotib,
2 xotinining roziligi bilan o`sha puldan bir qismini olib yashirdi, bir qismini esa keltirib havoriylarning ixtiyoriga topshirdi.
3 Butrus unga dedi: ó Ey Hananiya, nega endi sen shaytonga yuragingni boy berib, Muqaddas Ruhga yolg`on gapirding, yerning pulidan bir qismini olib yashirding?
4 Sotishdan oldin u seniki emasmidi? Sotilgandan keyin ham puli sening hukmingda emasmidi? Nima uchun dilingda bunday niyat qilding? Sen odamlarga emas, balki Xudoga yolg`on gapirding.
5 Hananiya bu so`zlarni eshitishi bilanoq yerga yiqilib jon berdi. Buni eshitganlarning hammasini qattiq dahshat qopladi.
6 Yigitlar o`likni kafanlashka kirishdilar va tashqariga chiqarib ko`mdilar.
7 Bundan qariyb uch soat keyin, bo`lib o`tgan voqeadan xabarsiz Hananiyaning xotini ham kirib keldi.
8 Butrus burilib, undan so`radi: Ãenga aytgin, yerni shunchaga sotdingizlarmi? ó Ha, shunchaga, ó dedi ayol.
9 Butrus: Nega sizlar Tangri Ruhini sinab ko`rishga kelishdingizlar? Mana, eringni ko`mganlar eshikdan kirishayapti. Endi seni ham tashqariga olib chiqishadi, ó dedi.
10 Shu ondayoq ayol Butrusning oyoqlariga yiqilib, jon berdi. Yigitlar ichkariga kirib, uni o`lib yotgan holda ko`rdilar. O`ligini tashqariga olib chiqib, erining yoniga ko`mdilar.
11 Bu voqealarni eshitgan butun imonlilar jomoati va boshqa hammani qattiq dahshat qopladi.
12 Xalq orasida havoriylarning qo`llari bilan ko`p ajoyib va mo``jizali ishlar sodir bo`lar edi. Hamma imonlilar yakdillik bilan Sulaymon ravoqida yig`ilib turdilar.
13 Xalq sharaflayotgan bo`lsa-da, ammo tashqaridan hech kim ular bilan qo`shilishga jur`at eta olmas edi.
14 Shunga qaramay, Isoni Rabbim deb tan olib, jamoatga qo`shilgan erkak va ayollarning soni tobora ortib borar edi.
15 Butrus o`tib ketayotganda, hech bo`lmasa uning soyasi ba`zilar ustiga tushsin deb, xastalarni ko`chalarga chiqazib, zambil va karavotlarga yotqizib qo`yishar edi.
16 Tevarakdagi shaharlar aholisi ham Quddusga ko`plashib kelib, o`zlarining kasal va yomon ruhlardan qiynalgan odamlarini keltirar edilar. Qiynalganlarning hammasi esa shifo topar edilar.
17 Shuning ketidan oliy ruhoniy va uning sadduqiy mazhabidagi barcha maslakdoshlarining g`ashligi keldi.
18 Havoriylarni qo`lga olib, davlat qamoqxonasiga tashladilar.
19 Lekin Xudovandning farishtasi kechasi zindonning eshiklarini ochib, ularni tashqariga chiqarib qo`ydi.
20 ìBoringlar, ma`badga chiqib, bu abadiy hayot so`zlarining barini xalqqa aytaveringlar!î ó dedi farishta.
21 Havoriylar bu so`zga quloq solib, erta tong ma`badga kirib ta`lim bera boshladilar. Shu paytda oliy ruhoniy va u bilan birga bo`lganlar kelib, Isroil o`g`illarining oqsoqollar majmui bo`lgan Oliy Kengashni yig`ilishga chaqirdilar, havoriylarni keltirish uchun zindanga odam yubordilar.
22 Lekin xizmatkorlar borib, zindanda ularni topmay, qaytib kelib:
23 Biz qamoqxonani butun ehtiyotkorlik bilan qulflangan va qorovullarni eshiklar oldida turgan holda ko`rdik, Lekin ochib qaraganimizda, ichkarida hech kimni topmadik, ó degan xabarni berdilar.
24 Ma`bad mirshabboshisi va barcha oliy ruhoniylar bu so`zlarni eshiiib, hayron bo`lishdi. ìBu nima bo`lishi mumkin?î deb o`ylanib qoldilar.
25 O`sha paytda bir odam xabar olib kelib: Mana, sizlar zindanga tashlagan odamlar ma`badda xalqqa ta`lim berib yurishibdi, ó dedi.
26 Mirshabboshi xizmatchilari bilan birga borib, ularni olib keltirdi. Xalq bizlarni toshbo`ron qilar, deb qo`rqqanlari uchun ularga zo`rlik ishlatmadilar.
27 Havoriylarni olib kelib, Oliy Kengash huzurida turg`izib qo`yishdi. Oliy ruhoniy ularni so`roq qildi:
28 Bu ism asosida ta`lim bermanglar, deb sizlarga qattiq taqiq qilmaganmidik? Mana, ta`limotingiz bilan Quddusni to`ldirib yubordingizlar va bu Odamning qonini bizning bo`ynimizga tushirmoqchisizlar, ó dedi.
29 Butrus va bashqa havoriylar bunga javoban: Odamlardan ko`ra Xudoga ko`proq itoat qilish kerak.
30 Sizlar yog`ochga osib o`ldirgan Isoni ota-bobolarimizning Xudosi tiriltirib qo`ydi.
31 Isroil xalqi gunoh qilishdan qaytib kechirim topsin, deb Xudo Isoni yuksaltirib, O`zining o`ng tomoniga o`tqazib, Sarvar va Xaloskor qilib qo`ydi.
32 Bizlar bu ishlarning guvohlarimiz. Shuningdek, Xudoga itoat qilganlarga nasib bo`ladigan Muqaddas Ruh ham guvohlik qilmoqda, ó dedilar.
33 Kengash a`zolari buni eshitgach, qattiq g`azablanib havoriylarni o`ldirishga qasd qildilar.
34 Lekin farziy mazhabidagi bir Tavrot tafsirchisi, butun xalqning hurmatini qozongan Gamaliel ismli bir kishi Kengashda o`rnidan turib, havoriylarni qisqa vaqtga tashqariga chiqazib turishni buyurdi.
35 So`ng Kengash a`zolariga xitob qildi: ìEy Isroil yerlari, bu odamlardan ehtiyot bo`linglar! Sizlar nima qilmoqchisizlar? Mana, bundan oldin o`zini bir buyuk kishidek ko`rsatgan Fevda paydo bo`ldi-ku, unga esa qariyb to`rt yuz kishi qo`shildi. U o`ldirildi, unga qo`shilganlarning hammasi esa tarqab, yo`qolib ketishdi.
36 Undan keyin, aholini ro`yxatga olish o`tkazilgan vaqtda jalilalik Yahudo paydo bo`lib, ancha xalqni orqasidan ergashtirib bordi. Lekin u ham halok bo`ldi va unga ergashganlarning barchasi tarqab ketishdi.
37 Endi sizlar bu odamlardan qo`l tortinglar, deyman, ularni qo`yib yuboringlar! Chunki agar bu qilingan tashabbus, bu harakat inson ishi bo`lsa, vayron bo`ladi.
38 Lekin agar Xudodan bo`lsa, sizlar uni buzolmaysizlar. Yana siz ham Xudoga qarshi urush qilganlardan bo`lib qolmanglar!î
39 Kengash a`zolari Gamalielning maslahatiga ko`nishdi. Havoriylaarni chaqirib, ularni kaltaklashga buyurishdi. So`ng Iso nomidan so`zlashlarini taqiqlab, ularni qo`yib yuborishdi.
40 Havoriylar esa, Rabbimiz Iso nomi uchun haqoratga sazovor bo`ldik, deb quvonib, Kegashdan chiqib ketishdi.
41 Ular har kuni ma`badda va xonadonlarda ta`lim berish, Iso Masih haqidagi Xushxabarni yoyishdan tinmas edilar.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28