Menyu

Havoriylarning faoliyati 26 Bob


1 Agrippa Pavlusga: ìO`zingni oqlash uchun gapirishingga ruxsat beriladiî, ó dedi. Shunda Pavlus qo`lini siltagancha, o`zini himoya qilib gapira boshladi:

2 ìPoddshoh Agrippa! Yahudiylarning menga qo`yayotgan hamma ayblaridan bugun sizning huzuringizda o`zimni himoya qilayotganim uchun baxtiyor hisoblayman.

3 Ayniqsa siz yahudiylarning barcha odatlarini va mubohasali masalalarini yaxshi bilganingizni ko`zda tutib, sabr-toqat bilan meni tinglashingizni iltimos qilaman.

4 Mening yoshligimdan o`z mamlakatimda kechirgan hayotim hamda keyinroq Quddus shahrida kechgan umrimni barcha yahudiylar bilishadi.

5 Meni azaldan tanishadi va agar xohlasalar, dinimizning eng jiddiy mazhabi bo`lmish farziychilik ma`limoti bo`yicha yashab kelganimga guvohlik bera olishadi.

6 Endi esa, Xudoning otalarimizga bergan va`lasiga umid qilganim tufayli, men sudda hozirman.

7 O`n ikki qabilamiz kecha-kunduz qunt va g`ayrat bilan Xudo yo`lida xizmat qilib, u va`daning ijro bo`lishini ko`rish umididadirlar. Men ana xuddi shu umidga erishganim uchun, ey podshohim Agrippa, yahudiylar meni ayblamoqdalar.

8 Xudo o`liklarni tiriltirishini sizlar nima uchun ishonib bo`lmaydigan bir ish deb hisoblaysizlar?

9 To`g`risi, o`zim ham nosiralik Iso nomiga qarshi ko`p xilofona amallarni qilish kerak, deb o`ylar edim.

10 Men buni Quddusda qildim ham. Oliy ruhoniylardan ijozat olib, ko`p azizu muqaddas kishilarni zindonlarga tashlab, ularni o`ldirayotganlarida men buni yoqlardim.

11 Barcha yahudiy ibodatxonalarida ularni ko`p martalab jazoga tortib, Isoni haqoratlashga majshur qilardim. Ularga nisbatan haddan tashqari darg`azab bo`lib, hatto begona shaharlarda ham quvg`in qilardim.

12 Bunga doir yana bir bor oliy ruhoniylarning vakolati va topshirig`i bilan Damashqqa borayotgan edim.

13 Va mana, ey podshohim, kunduz kuni yo`lda ketayotganimda, quyosh nuridan ham yarqiroq bir nur osmondan porlaganini ko`rib qoldim. Nur meni va yo`ldoshlarimni yorqin yog`duga cho`mdirdi.

14 Biz hammamiz yerga yiqilgandan keyin, menga yahudiy tilida so`zlayotgan bir ovozni eshitdim: Shoul, Shoul, nega Meni quvg`in qilyapsan? Nishga qarshi tipishing qiyin, ó dedi.

15 Men: Yo Rabbiy, Sen kim bo`lasan? ó deb so`rasam, U: Men sen quvg`in qilayotgan Isoman,ó dedi.

16 ó Qani, qaddingni rostlab oyoqqa bos! Chunki sen Mening xizmatimda bo`laman. Meni qanday ko`rganing hamda Men qay tariqa senga zohir bo`lganim haqida guvohlik qilishing uchun seni tayinladim.

17 Seni o`z millating va boshqa xalqlar qo`lidan xalos qilaman. Majusiylarning ko`zlarini ochib, ularni zulmatdan nurga va shaytonning hokimiyatidan Xudoga qaytarish uchun seni yuboraman,

18 toki ular Menga imon keltirib, gunohlari kechirilsin va Xudo azizlariga nasib etadigan abadiy merosga noil bo`lsinlar, ó dedi.

19 Binobarin, ey podshoh Agrippa, men ko`kdan yuborilgan ushbu vahiyga monelik qilmadim.

20 Avval Damashq aholisiga, keyin Quddus va butun Yahudiya yurtidagi, shuningdek, boshqa yerlardagi majusiylarni tavba qildirib, Xudoga iltijo qilish va tavbaga yarasha ishlarni bajarishga undab yurdim.

21 Shu ish uchun yahudiylar meni ma`badda tutib o`ldirishga qasd qildilar.

22 Lekin men Xudodan olgan yordamim bilan shu kunga qadar kattayu kichikka guvohlik berib kelaman. Muso va barcha payg`ambarlarning karomat qilib aytganlaridan boshqa hecha nimani gapirmayapman,

23 chunonchi: Masih O`z millatiga ham, boshqa millatlarga ham ilohiy nur haqda xabar qilish uchun azob chekib o`lishi hamda o`liklar ichidan birinchi bo`lib tirilishi muqarrar ediî.

24 Pavlus o`zini shunday himoya qilargan, Fest baland ovoz bilan so`zini bo`ldi-da: Nodonlik qilyapsan, Pavlus! Katta olimlik seni aqldan ozishga oboryapti! ó dedi.

25 Pavlus esa dedi: Men nodonlik qilmayapman, muhtaram Fest. Aksincha, haqiqat va farosat yuzasidan fikr yurgizyapman.

26 Podshoh bu xususlarda bilimdon bo`lgani uchun u bilan bemalol so`zlashmoqdaman. Bu voqealardan hech biri uning nazaridan qochmagan bo`lsa kerak, deb o`ylayman. Chunki bular bir chekkada qilingan ish emas.

27 Podshoh Agrippa, payg`ambarlarga ishonasizmi? Bilaman, ishonasiz!

28 Agrippa Pavlusga: Yana birpasda meni ko`ndirib, Masihchi qilmoqchisan-a? ó dedi.

29 ó Xoh qisqa, xoh uzoq muddatda bo`lsin, ó dedi Pavlus,ó faqat o`zingizgina emas, balki bugun meni tinglayotganlarning hammasi ham, bu zanjirlardan holi, men kabi bo`lishlarini Xudodan so`rar edim!

30 Pavlus shularni aytganidan keyin podshoh, viloyat hokimi, Vernika va ular bilan birga o`tirganlar o`rinlaridan turishdi.

31 Chetga chiqib, bir-birlari bilan maslahatlashib olishdi. ó Bu odam o`limga yoki hibsga loyiq hech bir ish qilmayapti-ku, ó deb aytishar edi.

32 Oxirida Agrippa Festga: Agar bu odam Qaysar hukmini talab qilmaganda, uni ozod etish mumkin edi, ó dedi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28