Havoriylarning faoliyati 21 Bob
1 Ulardan ayrilib, kemada suzib to`g`ri Kos oroliga keldik. Ertasi kuni Rodos oroliga tushib, u yerdan esa Patara shahriga suzib bordik.
2 U joyda Finikiyaga ketadigan bir kemani topib, suzib ketdik.
3 Kipr ko`ringanda, orolning janubiy yonidan o`tib, Suriyaga qarab yo`l oldik. Tir shahrida kemadan yuk tushiradigan bo`lishgani uchun, u yerda quruqlikka chiqdik.
4 Iso shogirdlarini ahtarib topib, ularning yonida yetti kun qoldik. Ular Muqaddas Ruh ilhomi bilan Pavlusga: Quddusga borma, deyishardi.
5 Bir necha kun o`tgandan keyin yo`lga chiqdik. Barcha imonlilar xotin va bola-chaqalari bilan birga bizni shaharning tashqarisigacha kuzatib borishdi. Sohilda tiz cho`kib, ibodat qildik.
6 Biz bir-birimiz bilan hayrlashib bo`lib, kemaga tushdik, ular esa uylariga qaytib ketishdi.
7 Tir shahridan suzib ketdik va Ptolemay shahriga yetib borib, dengizdagi sayohatimizni tugatdik. U yerdagi imonli birodarlarimizni qutlab, ular bilan bir kun birga bo`ldik.
8 Ertasi kuni Pavlusga ergashayotgan bizlar yo`lga tushib, Kesariyaga keldik. Yetti vazifadorning biri bo`lgan Injil voizi Filipning uyiga kirib, unikida qoldik.
9 Uning bashorat qiladigan to`ri nafar bokira qizi bor edi.
10 U yerda bir qancha kun turganiimizdan keyin, Yahudiyadan Agav ismli bir payg`ambar tushib keldi.
11 U oldimizga kirishi bilanoq Pavlusning kamarini oldi-da, o`zining qo`l-oyoqlarini bog`lab dedi: ìMuqaddas Ruh bunday demoqda: Quddusdagi yahudiylar bu kamarning egasini shunaqasiga bog`lab, majusiylarning qo`liga topshiradilarî.
12 Bu gaplarni eshitgach, biz va u yerdagilar ham Quddusga bormasligi uchun Pavlusga yolvordik.
13 Lekin Pavlus javob berib: ìNima qilayapsizlar? Nega yig`lab, dilimga ozor berayapsizlar? Men Quddusga borib asir bo`lishgina emas, Rabbim Iso uchun hatto o`lishga ham tayyormanî.
14 Pavlusni ko`ndira olmaganimizni ko`rib: ìRabbimiz aytganday bo`lsin!î ó deb jim qoldik.
15 Ana shu kunlardan keyin anjomlarimizni yig`ishtirib, Quddusga bordik.
16 Kesariyadan ba`zi bir Iso shogirdlari bizga yo`ldosh bo`lishdi. Ular bizlarni yashab turish uchun Isoning eski shogirdlaridan bo`lgan kiprlik Minasonning uyiga boshlab kelishdi.
17 Quddusga kelganimizda, imonli birodarlarimiz bizni ochiq chehra bilan qabul qilishdi.
18 Ertasi kuni Pavlus bilan birga Yoqubni ko`rgani bordik. Butun oqsoqollar jamoati ham hozir bo`ldi.
19 Ulardan hol-ahvol so`ragandan keyin, Pavlus o`z hizmati tufayli Xudoning majusiylar orasida qilgan ishlarini birma-bir tushuntira boshladi.
20 Bularni eshitishgach, Xudoga hamdu sano aytib, Pavlusga: ìEy birodarimiz, ó deyishdi. ó Yahudiylar orasida imon keltirgan necha ming odam borligini ko`ryapsan. Ularning hammasi Musoning Qonuni uchun fidoyidirlar.
21 Faqat ular eshitgan gap-so`zlariga ko`ra, sen majusiylar orasida yashayotgan yahudiylarga: o`g`illaringni sunnat qilmang, urf-odatga amal qilmanglar, Musoning Qonunidan chiqinglar, deb ta`lim berib yurayotgan emishsan.
22 Shunday qilib, nima qildik? Sening kelganingni eshitib, xaloyiq albatta to`polon qiladi.
23 Shuning uchun, senga nima desak, bunday qil: bizda nazr atagan to`rt kishi bor.
24 Ularni yoningga olib, birga tahorat qil, sochlarini oldirishlari uchun qurbonlik xarajatini o`z zimmangga ol. Unda sening to`g`ringda eshitganlari nohaq ekanini, aksincha, Musoning Qonuniga rioya qilib yurganingni hamma bilib oladi.
25 Majusiylardan imon keltirganlarga kelsak, biz kerak bo`lmagan qanun-qoidalarga rioya qilmaslik haqida ularga xat yozib yo`llaganmiz. Qabul qilgan qarorimiz bo`yicha, ularga faqatgina butlarga so`yilgan qurbonlik go`shti, qon, bo`g`ilgan hayvonning go`shti va zinodan o`zlarini saqlashni tayinlaganmizî.
26 Ertasi kuni Pavlus o`sha odamlarni yoniga olib, ular bilan birga tahorat qildi. So`ng ma`badga kirib, poklanish kunlari qachon tugashini, har biri uchun qachon qurbonlik keltirilishini ma`lum qildi.
27 Yetti kunlik muddat tugayotganda, asiyalik yahudiylar Pavlusni ma`badda ko`rib qolishdi. Ular butun xalqni alg`ov-dalg`ov qilib, Pavlusni ushlab olishdi-da:
28 ìEy Isroil erlari, yordam beringlar! ó deb baqira ketishdi. ó Mana hamma yoqda, hamma insonlar orasida xalqimizga, Tavrot va muqaddas joyga qarshi ta`lim berib yurgan odam shuning o`zi! Buning ustiga yunonlarni ham ma`badga olib kirib, muqaddas joyni harom qildi-ku!î
29 Buni aytishlariga sabab, bundan ilgari efeslik Trofimni shaharda Pavlus bilan birga ko`rishgan bo`lib, uni ma`badga olib kirgan, deb o`ylashardi.
30 Butun shahar harakatga kelib, xalq jo`shib ketdi. Pavlusni tutib, ma`baddan tashqariga sudrab borishdi. O`sha zahotiyoq eshiklar bekitildi.
31 Ular Pavlusni o`ldirishmoqchi edi. Shu payt butun Quddus qo`zg`olon ko`taribdi, degan xabar Rim qo`shini mingboshisining qulog`iga yetib bordi.
32 U darhol askarlarni va yuzboshilarni olib, ularning ustiga hujum boshladi. Olomon mingboshi bilan askarlarni ko`rgach, Pavlusni urishdan to`xtadi.
33 Mingboshi darrov yaqinlashdida, Pavlusni tutib, ikkita zanjir bilan kishanlab qo`yishni buyurdi. ó Bu kim va nima qilibdi? ó deb so`radi.
34 Olomon orasida biri bu deb qichqirsa, boshqasi u deb baqirardi. Olag`ovur bo`lganidan mingboshi haqiqatni bilolmay, Pavlusni qal`aga olib borishni buyurdi
35 Pavlus zinapoyaga yetganida, olomonning zo`r siquvi tufayli askarlar uni ko`tarib borishdi.
36 Chunki xaloyiqning ko`pchiligi uning orqasidan ergashib borib: ìUnga o`lim!î ó deb baqirardi.
37 Qal`aga kirayotganda, Pavlus mingboshiga: Senga bir narsa aytishim mumkinmi? ó dedi. Mingboshi: Sen yunon tilini bilasanmi?
38 Bir necha kun ilgari g`alayon ko`tarib, to`rt ming hunrezni sahroga olib chiqqan misrlik sen emasmi? ó dedi.
39 Pavlus bunga javoban: Men Kilikiyaning unchalik ahamiyatsiz bo`lmagan Tars shahrida tug`ilgan bir yahudiyman. Sendan iltimos qilaman, xalqqa gapirish uchun menga ijozat bergin, ó dedi.
40 Mingboshi ijozat berganidan keyin, Pavlus zinapoyada turib, qo`li bilan xalqqa ishora qildi. Chuqur sukunat cho`kkanda, yahudiy tilida so`zlay boshladi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28