Menyu

Havoriylarning faoliyati 27 Bob

tez o'tish:

1 Italiyaga suzib borishga qaror qilinganda, Pavlus va boshqa ba`zi mahuslarni Avgust polkidan Yuliy ismli bir yuzboshiga topshirdilar.

2 Biz Asiya sohillari bo`ylab suzadigan Adramit kemasiga o`tirib jo`nadik. Biz bilan birga Salonikadan kelgan makedoniyalik Aristarx ham bor edi.

3 Ertasi kuni Sido`n shahriga kelib to`xtadik. Yuliy Pavlusga insoniy muomala qilib, do`stlarining yoniga borib tirikchilik ehtiyojlarini qondirishiga ruxsat berdi.

4 U yerdan yana jo`nab, shamol ro`paradan esgani uchun Kipr orolini panalab suzib o`tdik.

5 Kilikiya va Pamfiliya qarshisidagi dengizdan o`tib, Likiyadagi Mira shahriga keldik.

6 Yuzboshi u yerdagi Italiyaga ketadigan Iskandariya kemasini topib, bizni unga o`tqizdi.

7 Ancha kun juda qiynalib suzib, Knidos shahrining qirg`og`iga zo`rg`a yetib bordik. Shamol qirg`oqqa yaqinlashishimizga imkon bermadi. Shunda Salmon burnini aylanib, Krit orolini panalab suzib o`tdik.

8 Krit qirg`og`i bo`ylab mashaqqat ila suzib, Go`zal Bandargohlar degan joyga keldik. Laseya shahri bu yerga yaqindir.

9 Endi oradan ko`p vaqt o`tib, hatto Ro`za kuni ham kechgan, suzib borish esa yanada xavfli bo`lib qolgan edi. Shuning uchun Pavlus yo`ldoshlariga maslahat berib:

10 ìErlar, ko`rayapmanki, suzishni davom ettirish yuk va kema uchungina emas, o`z jonimiz uchun ham xavf-xatarli bo`ladiî, ó dedi.

11 Lekin yuzboshi Pavlusning so`zlaridan ko`ra, kema hadovchisiga va darg`aga ko`proq ishonar edi.

12 Pristan qishni o`tkazishga moslashtirilmagani uchun, ko`pchilik yo`lovchilar u yerdan jo`nab ketishga va iloji bo`lsa, Kritning Finik portiga borib, qishlashga qaror berishdi. Finik janubi - g`arb va shimoli-g`arb tamonlardan esadigan shamollardan panada edi.

13 Xafif janub shabadasi esa boshlaganda, ular o`zlarini maqsadimizga erishdik deb hisoblab, langar ko`tarib jo`nadilar va Krit sohili bo`ylab suzib kedilar.

14 Lekin ko`p o`tmay, orol tomonidan ìbodi-shimolî degan bir shiddatli bo`ron bostirib keldi.

15 To`fon kemani shunday iskanjaga oldiki, u shamolga qarshi bardosh berolmadi. To`lqinlarga taslim bo`lib, suzib borardik.

16 Klavda degan kichik bir orol yonidan o`tayotganimizda, kemaning qayiqchasini zo`rg`a ushlab qoldik.

17 Qayiqchani ko`tarib olishgandan keyin, kemani arqonlar bilan o`rab bog`ladilar. Sayoz joylarga botib qolishdan qo`rqib, yelkanni tushirdilar va suzuvchi langar tashlab, shamolga taslim bo`ldilar.

18 To`fon kuchayaverganidan, ertasi kuni kemadan yukni ota boshlashdi.

19 Uchinchi kuni esa o`z qo`limiz bilan kema jihozlarini suvga tashlab yubordik.

20 Ancha kun quyosh ham, yulduzlar ham ko`rinmay qoldi. To`fon shiddatli tus olgan sari, qutulib qolishimizga bo`lgan har qanday umidni yo`qotgan edik.

21 Kemadagilar ko`pdan beri ovqat emaganlari sababli, Pavlus ularning o`rtasida turib: ìErlar! ó dedi. ó Menga quloq solib Kritdan ketmaganingizda edi, bu zararu zahmatlarga duchor bo`lmasdinglar.

22 Endi esa sizlardan o`tinib so`rayman: dadil bo`linglar. Chunki sizlardan hech bir jon halok bo`lmaydi, faqat kema nobud bo`ladi.

23 Mana, men Unga mansub bo`lgan va Unga xizmat qilib yurgan Xudoning farishtasi bu kecha menga zohir bo`ldi.

24 U: ìQo`rqma, Pavlus! ó dedi. ó Sen Qaysarning oldida turishing kerak. Kema yo`lovchilariga kelgaanda, ularning hammasini Xudo senga bag`ishladiî, ó dedi.

25 Shuning uchun, erlar dadil bo`linglar! Chunki Xudo xuddi menga aytganidek qilishiga qattiq ishonaman.

26 Har holda bironta orolga tushishimiz kerak.

27 Adriya dengizida shamolga taslim bo`lib yurishimizning o`n to`rtinchi kechasida, qariyb tunning yarmida dengizchilar qandaydir bir quruqlikka yaqinlashganlarini payqadilar.

28 Chuqurlikni o`lchab, yigirma quloch ekanini bildilar. Keyin biroz masofada yana o`lchab, o`n besh quloch ekanini aniqladilar.

29 Toshlaq joyga urilib qolishdan qo`rqib, kemaning orqa tarafidan to`rtta langar tashladilar. Tong otishini intizor bo`lib kutardilar.

30 Shu orada dengizchilar kemadan qochmoq niyatida, go`yo kemaning tumshug`idan langar tashlamoqchi bo`lib, qayiqchani dengizga tushira boshladilar.

31 Pavlus esa yuzboshi va askarlaarga qarab: Agar ular kemada qolmasalar, sizlar qutulolmaysizlar, ó dedi.

32 Shunda askarlar qayiqchaning arqonlarini kesib, qayiqchani suvga tushirib yubordilar.

33 Tong otay deganda, Pavlus hammani ovqat yeyishga undab: Bugun o`n to`rtinchi kundirki, hech narsa yemay oziq-ovqatsiz qolib turibsizlar, ó dedi.

34 ó Shuning uchun ovqat eyishingizni yolvorib so`rayman: bu qutulishingiz uchun kerakdir. Sizlardan hech kimning boshidagi biror soch tolasi ham nobud bo`lmaydi.

35 Pavlus bu so`zlarni aytgandan keyin nonni oldi, hammaning oldida Xudoga shukrona aytib, nonni sindirib yeya boshladi.

36 Shu tariqa hamma dadillanib, ovqat yedi.

37 Kemada jami bo`lib ikki yuz yetmish olti jon bor edik.

38 Ovqatga to`yganimizdan keyin bug`doyni dengizga otib, kemani yengillashtirdilar.

39 Kunduz bo`lgach, ko`rgan quruqliklarini tanimadilar: qirg`og`i qumloq bo`lgan bir qo`ltiqni payqadilar. Iloji bo`lsa, kema bilan u joyga borib to`xtashga qaror qildilar.

40 Langarlarni uzib tashlab, dengizda qoldirdilar. Ayni zamonda rullarning iplarini yechib, oldingi yelkanni shamolga tomon qaratib, qirg`oq sari ketdilar.

41 Kema qirg`oqning sayoz yeriga duch kelib, qumga tiqilib qoldi. Kemaning tumshug`i botgancha qimirlamay qoldi, quyrug`i esa to`lqinlarning kuchi bilan parchalana boshladi.

42 O`shanda askarlar, mahbuslardan biron kishi suzib qochib ketmasin, deb ularni o`ldirishni niyat qildilar.

43 Lekin yuzboshi Pavlusni qutqazmoqchi bo`lib, bu niyatlarini bajarishdan ularni to`xtatdi. Suzishni bilganlar birinchi bo`lib o`zlarini kemadan tashlagancha quruqlikka chiqsinlar,

44 qolganlari esa xoh taxtalarga, xoh kemaning biron siniq bo`lagiga tutinib, ularning ketidan borsinlar, deya amr berdi. Shu yo`sinda hamma sog`-salomat quruqlikka chiqib oldi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28