Menyu

Havoriylarning faoliyati 22 Bob


1 ìEy erlar, ey birodarlar va otalar! Endi huzuringizda meni oqlovchi so`zlarimni tinglanglar!î ó dedi.

2 Pavlusning ularga yahudiy tilida gapirayotganini eshitgach, ular yanada jim bo`ldilar. Pavlus so`zida davom etdi:

3 ìMen yahudiyman. Kilikiyaning Tars shahrida tug`ilgan bo`lsam - da, ushbu shaharda Gamalielning qaramog`ida tarbiyalanganman. Bugun bu yerda yig`ilgan hammalaringiz kabi men ham ota - bobolar qonuni yo`rig`ida jiddiy tarbiyalanib, Xudo uchun fidoyi bo`lib kelganman.

4 Hatto bu Iso yo`lining izbosarlarini ó erkakmi, ayolmi demasdan hammasini bog`lab zindonlarga topshirar, o`lasi qilib quvardim.

5 Ana, oliy ruhoniy bilan oqsoqollarning hammasi mening guvohlarimdir. Men ulardan Damashqdagi yahudiy birodarlarga yozilgan maktublar olib, u yerda yashagan Iso imonlilarini jazolash uchun Quddusga kishanlab keltimoq niyatida yo`lga tushgan edim.

6 Tush arafasida men yo`l bosib, Damashqqa yaqinlashayotganimda, to`satdan osmondan tushgan kuchli bir nur atrofimni porlatib yubordi.

7 Men yerga yiqildim-u, bir ovozning menga: Shoul, Shoul, nega Meni quvg`in qilyapsan? ó deganini eshitdim.

8 Men: Yo Rabbiy, Sen kim bo`lasan? ó deb so`rasam, U: Men sen quvg`in qilayotgan nosiralik Isoman, ó deb javob berdi.

9 Yo`ldoshlarim nurni ko`rib qo`rqishgan bo`lsada, lekin menga Gapirganning ovozini eshitmadilar.

10 Shunda men: Yo Rabbiy , nima qilimim kerak? ó dedim. Iso menga: O`rningdan turib Damashqqa bor, qilishing lozim bo`lgan hamma narsa o`sha yerda senga aytiladi, ó dedi.

11 U nurning yaltirashidan ko`r bo`lganm uchun, hamrohlarim qo`limdan tutgancha, Damashqqa yetaklab borishdi.

12 Damashqda yashagan butun yahudiylar orasida yaxshi nom chiqargan, Xudoning Qonuniga amal qilib yurgan Hananiya ismli dindor bir odam bor edi.

13 U yonimga kelib turdi - da, menga: Birodarim Shoul, ko`zlaring ochilsin! ó dedi Men esa o`sha zahoti uni ko`rdim.

14 Hananiya menga: Otalarimizning Xudosi Uning irodasini bilishing va Solih Kishini ko`rib, O`zining ovozini eshitishing uchun seni tanladi.

15 Chunki ko`rgan va eshitganlaring uchun barcha insonlar oldida Uning guvohi bo`lasan.

16 Endi nimani kutib o`tiribsan? O`rningdan tur, suvda imon keltir va Isoning ismini chaqirib, gunohlaringdan forig` bo`l! ó dedi.

17 Men Quddusga qaytib kelgandan so`ng, ma`badda ibodat qilayotganimda o`zimni yo`qotib,

18 Rabbim Isoni ko`rdim. U menga: Qani, tezroq Quddusdan chidib ket, chunki bu yerda Men uchun bergan guvohligingni qabul etmaydilar! ó dedi.

19 Men: Yo Rabbiy! ó dedim. ó Senga inoganlarni zindonga tashlab ibodatxonalarda urgan odam men ekanimni ular bilishadi - ku.

20 Sening shahiding Stefanning qonini to`kkanlarida men ham u yerda hozir edim. Hatto uning o`ldirilishiga rozi bo`lib, qotillarining kiyimlarini saqlab turardim, ó dedim.

21 Rabbim Iso esa: Sen keta qol! Chunki Men seni olisdagi elu xalqlarning oldiga yuboraman, ó dediî.

22 Bu vaqtgacha Pavlusni tinglab turganlar boyagi so`zini eshitishlari bilanoq shovqin ko`tarishdi. ìBunday odamni yer yuzidan yo`q qil! U yashashga munosib emas!î ó deb baqira ketishdi.

23 Ular shunday qichqirishib, ustlaridan kiyimlarini qoqib, havoga tuproq sochib turisharkan,

24 mingboshi Pavlusga qarshi bunday baqirayotganlarining sababini bilmoqchi bo`lib, uni qal`aga olib borib qamchilashni buyurdi.

25 Uni tasma bilan bog`lashayotgan vaqtda, Pavlus yonida turgan yuzboshiga: Rim fuqarosini hukm qilmay qamchilash, sizningcha, qonunga mos keladimi? ó deb so`radi.

26 Yuzboshi buni eshitgach, borib mingboshiga xabar berdi: Qarang, siz nima qilmoqchisiz o`zi? Bu odam Rim fuqarosi ekan-ku, ó dedi.

27 Shunda mingboshi Pavlusning yoniga kelib: Meng aytgin-chi, sen Rim fuqarosimisan? ó deb so`radi. ó Ha, ó dedi Pavlus.

28 Mingboshi: Men bu fuqarolikka ko`p pul bilan ega bo`lganman, ó dedi. Pavlus: ó Men hatto bu fuqarolikda tug`ilganman, ó deb javob berdi.

29 Shunda Pavlusni so`roq qilmoqchi bo`lganlar darhol undan qo`l tortishdi. Mingboshi ham uning Rim fuqarosi ekanini bilgach, uni bog`lab qo`ygani uchun qo`rqib ketdi.

30 Ertasi kuni mingboshi yahudiylar Pavlusni nimada ayblashlarini aniq bilish maqsadida, uni kishanlardan bo`shatdi. Yahudiy oliy ruhoniylari va barcha Oliy Kengash a`zolariga yig`ilishlarini buyurdi. Pavlusni keltirib, ularning qarshisiga qo`ydi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28