Havoriylarning faoliyati 17 Bob
1 Amfipol va Apolloniya shaharlaridan o`tib, Salonika shahriga kelishdi. U yerda yahudiylarning ibodatxonasi bor edi.
2 Pavlus o`zining odatiday yahudiylarning oldiga kirib, surunksiga uch shanba kuni ular bilan muqaddas yozuvlar borasida munozara qildi.
3 ìSizlarga men e`lon qilayotgan bu Iso ó Masihdirî, ó deb aytar, Masihning azob bilan o`lib tirilishi kerakligini ishontirarli isbotlar bilan bayon etar edi.
4 Yahudiylardan ba`zilari, shuningdek, Xudodan qo`rqqan ko`pgina yunonlar bilan e`zozli ayollardan iborat katta bir to`da qanoat hosil qilib, Pavlus bilan Silaga qo`shildilar.
5 Lekin inonmagan yahudiylar hasadga to`lib, maydondan yaramas odamlarni to`plab, xaloyiq orasiga g`ulu solishdi - da, butun shaharni to`s-to`polanga aylantirib yuborishdi. Yasonning uyiga hujum qilib, Pavlus bilan Silani xalqning oldiga olib chiqishni talab qilishdi.
6 Ularni topolmay, Yason va ba`zi imonlilarni shahar ma`murlari huzuriga sudrab kelishdi -da, qichqirishib: ìDunyoni ostin-ustin qilayotgan bu odamlar mana bu yerga ham kelishibdi!
7 Mana, Yason ularni uyiga qabul qilibdi. Bularning hammasi: Iso degan boshqa bir podshoh bor, deb Qaysarning buyruqlariga qarshi harakat qilmoqdalarî, ó deyishdi.
8 Bu so`zlar olomonni va shahar ma`murlarini juda ham hayajonga soldi.
9 Niohoyat Yason va boshqalardan kafolat olib, ularni qo`yib yuborishdi.
10 Darhol, o`sha kechasiyoq imonlilar Pavlus bilan Silani Veriya shahriga jo`natishdi. Ular u yerga yetgach, yahudiylarning ibodatxonasiga borishdi.
11 Bu yerdagi yahudiylar Salonika aholisidan ko`ra farosatliroq edilar. Xudo so`zini juda ishtiyoq bilan qabul qilib, bu ta`limot haqiqatmikin, deb kundan - kunga muqaddas yozuvlarni sinchiklab o`qir edilar.
12 Shunday qilib, ulardan ko`plari, shu jumladan muhtaram yunon ayolu erkaklarining ko`pchiligi ham imon keltirishdi.
13 Pavlus Veriya shahrida ham Xudoning kalOmini va`z qilyapti, deb eshitgan Salonikadagi yahudiylar u yerga ham kelib, xaloyiqni gijgijlab, alg`ov-dalg`ov qildilar.
14 Shunda imonlilar Pavlusni zudlik bilan dengizga kuzatib qo`ydilar. Sila va Timo`tiy esa o`sha yerda qoldilar.
15 Pavlusning kuzatuvchilari uni Afina shahrigacha kuzatib qo`ydilar. Pavlusdan: ìSila bilan Timo`tiy oldimga tezroq kelishsinî, degan topshiriqni olgandan so`ng, ular yo`lga tushdi.
16 Pavlus Afinada Sila bilan Timo`tiyni kutib turarkan, bu shaharning butlar bilan to`lganini ko`rib, ko`ngli juda g`ashlandi.
17 Shu tariqa, u goh yahudiy ibodatxonasida yahudiylar va Xudodan qo`rqqan boshqa kishilar bilan so`zlashar, goh bozor maydonida uchrashib turganlar bilan har kuni munozara qilar edi...
18 Ayniqsa, epikurchi va stoik fayvasuflar u bilan bahslashardilar. Pavlus Iso va tirilish to`g`risidagi Xushxabarni bayon etdi. Biri: ìBu mahmadona nima demoqchi ekan?î ó desa, boshqalari: ìU begona tangrilarning va`zxoni, shekilliî, ó deb aytishardi.
19 Pavlusni Ares-tepga olib borishdi va unga: ìSen targ`ib qilayotgan bu yangi ta`limotning nimaligini bilishimiz mumkinmi?
20 Quloqlarimizga g`alati so`zlar eshitilayapti-da, biz ularning nimaligini bilmoqchimizî, ó deyishdi.
21 Barcha afinaliklar va bu shaharda yashovchi begonalar hamma vaqtlarini yangiliklarni so`zlash yoki tinglash bilangina o`tkazishardi.
22 Shunday qilib, Pavlus Ares-tepaning o`rtasida turib, va`z aytdi: ìEy afinaliklar! Men sizlarni har jihatdan juda dindor ko`ryapman.
23 Chunonchi, kezib-kezib, aziz joylaringizni ko`zdan kechirib, ìnoma`lum Xudoga bag`ishlanganî deb yozilgan bir qurbongohga ham duch keldim. Xuddi shu sizlar bilmay sig`inayotgan Xudoni men sizlarga ma`lum qilmoqchiman.
24 Borliqni yaratgan Parvardigori olam yeru osmon Egasi bo`lib, inson qo`li bilan yaratilgan ma`badlarda yashamaydi.
25 U biron narsaga muhtoj emaski, Unga inson qo`llari bilan xizmat qilib bo`lsa. U O`zi hammaga hayot, nafas, va borliqni bergan.
26 Xudo barcha odamzodni bir odamdan yaratib, yer yuziga tarqalib yashashiga yo`l qo`ygan. Insoniyatning belgili davrlarini, turli istiqomat joylarini Xudo tayin etgan.
27 U har birimizga juda yaqin bo`lib, paypaslab-paypaslab bo`lsa-da, Meni qidirib topinglar, deb buyurmoqda.
28 Zotan, biz U orqali yashaymiz, harakat qilamiz, bormiz. O`z shoirlaringizdan ba`zilari aytganidek: ìBiz ham Uning urug`idirmizî.
29 Endi biz Xudoning urug`idan bo`lganimiz sababli, go`yo Xudoyi Taoloni inson aqli bilan ijod qilingan yoki inson hunari bilan ishlangan oltin, kumush yoki tosh buyumlar bilan tenglashtirmasligimiz kerak.
30 Xudo o`tgan bu qorong`i davrlarga ko`z yumgan bo`lsa-da, endi hamma yerda, hamma insonlarning tavba qilishlarini buyurmoqda.
31 O`zi qo`ygan Zot orqali U dunyoni adolat bilan hukm etadigan bir kun tayin etdi. O`sha Zotni o`lganidan keyin tiriltirib, barcha insonlarga ishonch bag`ishladiî.
32 O`liklarning tirilishini eshitib, ba`zilar mashara qilib kuldilar. Boshqalar esa: ìBu haqda seni bo`lak payt eshitamizî, ó dedilar.
33 Shunday qilib, Pavlus ularning o`rtasidan chiqib ketdi.
34 Ba`zi odamlar esa unga ergashib imon keltirdilar, shu jumladan Ares-tepa kengashining a`zosi ó Dionisiy, Damar ismli bir ayol va boshqalar bor edi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28