Menyu

Havoriylarning faoliyati 2 Bob


1 Hosil bayrami bo`lganda, shogirdlarning hammasi yakdillik bilan bir joyda yig`ilib turgan edilar.

2 To`satdan osmondan kuchli shamol esayotgandek bir shovqin keldi-yu, ular turgan uyni tamoman to`ldirdi.

3 Olovga o`xshash alangalanib turgan tillar ularga ko`rindi. Bular bo`linib, ularning har biri ustiga bittadan qo`ndi.

4 Hammalari Mudaddas Ruhga to`lib, Uning berayotgan bashorati bilan yangi tillarda gapira boshlashdi.

5 O`sha zamonda Quddusda falak ostidagi hamma ellardan kelgan dindor yahudiylar turar edi.

6 Bu tovushni eshitganlarida, el-ulus bir joyga yalpi to`planib keldi. Har biri o`z shevasida gapirishayotganini eshitib, esankirab qoldi.

7 Hamma hayratu taajjubga tushib, o`zaro: ìBu gapirayotganlarning hammasi jalilalik emasmi? ó deyishardi.

8 Qanday qilib har birimiz o`z ona tilimizni eshityapmiz?

9 Parfiyaliklar, midiyaliklar, elamliklar; Mesopotamiya, Yahudiya, Kappadokiya, Pont va Asiya yurtlarida yashovchilar,

10 Frigiya, Pamfiliya, Misr va Liviyaning Kirineya atrofidagi yerlarda yashovchilar, Rimdan kelganlar, yahudiylar bilan yahudiy diniga kirganlar ham,

11 kritliklar bilan arablar ham bizning tillarimizda Xudoning ulug` ishlari haqida gapirayotganlarini eshityapmizî, ó der edilar.

12 Hamma dovdirab qolib, bir-biriga: ìBu qanday gap?î ó deb taajjub izhor etardi.

13 Boshqalari esa masxara qilib: ìUlar musallas ichib mast bo`lishibdiî, ó deb aytishardi.

14 Unda Butrus o`n bir havoriy bilan birga oyoqqa qalqidida, ovozini balandlatib haloyiqqqa hitob qildi: ìEy barcha yahudiylar va Quddusda yashovchilar, so`zlarimga quloq solib, shuni bilib qo`yinglar:

15 Bu odamlar siz o`ylagandek mast emaslar, chunki hozir ertalab soat to`qqiz-ku!

16 Bu voqea bilan Yo`el payg`ambarning azaldan karomat qilib aytganlari bajo kelmoqda.U aytgan edi:

17 ìMana, oxirgi kunlarda voqe bo`ladi, ó deydi Xudovand ó Men butun jonzod uzra O`z Ruhimni yog`diraman. Sizning o`g`il-qizlaringiz bashorat qiladilar, Yigitlaringiz vahiy ko`radilar, Mo`ysafidlaringiz karomatli tush ko`radilar.

18 O`sha kunlarda Men qulu cho`rilarim ustiga O`z Ruhimni yog`inday yuboraman, Ular esa bashorat beradilar.

19 Yuksaklikda, osmonda g`aroyibot, Tubanlikda, yer yuzida esa ajoyibot, qon, olov va pag`a-pag`a tutun barpo qilaman.

20 Xudovandning ulug` va nurafshon kuni kelishidan avval, quyosh qorong`ilikka, oy esa qonga aylanib ketadi.

21 O`shanda Xudovand ismini aytib chaqirgan Har bir kishi najot topadiî.

22 Ey Isroil erlari, bu so`zlarni tinglanglar! Nosiralik Iso ó qilgan qudratli va ajoyib mo``jizalari asosida Xudo tomonidan tasdiqlangan kishidir. Uning orangizda qilgan ishlarini o`zlaringiz bilasizlar.

23 Xudoning azaliy murod-maqsadi va cheksiz bilimiga ko`ra qo`lingizga topshirilgan o`sha Odamni sizlar tutib, qonunsizlar qo`li bilan xochga mixlatib o`ldirdingizlar.

24 Lekin Xudo o`lim zanjirlarini uzib, Uni tiriltirdi, chunki o`lim Uni ushlab turishi mumkin emas edi.

25 Dovud Zoburda U haqda deganiday: ìXudovandni doimo oldimda ko`rdim. U o`ng tomonimda bo`lgani uchun, Men hech qachon ikkilanmadim.

26 Shul bois yuragim quvonur, Tilimdan shod-xurramlik to`kilur, Bundan so`ng tanim umidvoru bexatar bo`lur.

27 Sen jonimni o`liklar diyoriga tashlab ketmaysan, Azizingning chirishni ko`rishiga yo`l qo`ymaysan.

28 Hayot yo`llarini menga bildirib kelding, O`z huzuringda meni baxt-quvonchga to`ydirasanî.

29 Erlar, birodarlar! Sizlarga ulug` otamiz Dovud haqida ro`y-rost gapirishimga ijozat berilsin: u ham o`ldi, ham ko`mildi va uning qabri bugungacha bizda bordir.

30 U payshambar bo`lgani uchun bilar ediki, Xudo unga qasam ichib bergan va`dasi bo`yicha o`z urug`idan bo`lganlardan birini (Masih qilib, o`limidan keyin tiriltirib) taxtiga o`tirshizadi.

31 U Masihning tirilishini oldindan ko`rib, Uning joni o`liklar diyoriga tashlanmasligi, jasadi esa chirishni ko`rmasligi to`g`risida karomat qilgan edi.

32 Ana bu Isoni Xudo tiriltirib qo`ydi, biz hammasiz esa buning guvohlarimiz.

33 U Xudoning qudrati bilan yuksaltirilgandan keyin, Ota Xudoning va`dasi bo`yicha olgan Muqaddas Ruhni bizga yog`inday yubordi. Hozir sizlar bu voqeani ko`rib, eshitib turibsizlar.

34 Dovud o`zi osmonga chiqmagan bo`lsa-da, shuni aytib ketgan: ìXudovand mening Rabbimga dedi:

35 Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o`ng tomonimda o`ltirib turginî.

36 Shunday qilib, butun Isroil ahli uzil-kesil bilsinki, sizlar xochga mixlangan bu Isoni Xudo ó Rab va Masih qilib tayinladiî.

37 Bu so`zlarni eshitganlar yuraklariga o`q qadalganday bo`lishdi, Butrus va boshqa havoriylarga: ó Birodarlar, biz nima qilaylik? ó deyishdi.

38 Butrus ularga dedi: Tavba qilinglar va gunohlaringiz kechirilishi uchun har biringiz Iso Masih nomidan suvga cho`mib imon keltiringlar. Shunday qilib Muqaddas Ruh in`Omini olasizlar.

39 Chunki bizning Rabbimiz ó Xudovand bu va`dani sizlar bilan farzandlaringiz va shuningdek, hamon uzoqlardan chorlamoqchi bo`lgan hamma odamzod uchun bergan.

40 Butrus boshqa ko`p so`zlar bilan tinglovchilarni ogoholantirib: ìBu buzuq nasldan xalos bo`linglar!î ó deb o`tinar edi.

41 Shunday qilib, uning so`zini chin ko`ngildan qabul qilganlar suvga cho`mib imon keltirdilar. O`sha kuni uch mingga yaqin jon jamoatga qo`shildi.

42 Ular havoriylarning ta`limotiga, hamdo`stlikka, non sindirishga va toat-ibodatlarga astoydil berilib borar edilar.

43 Har bir jonda xavotir bor edi. Havoriylar esa Quddusda ko`p ajoyib va mo``jizakor ishlar qilmoqda edilar.

44 Butun imon topganlar hamjihat bo`lib, hamma narsalari mushtarak edi.

45 Mol-mulklarini sotib hammaga, har kimning ehtiyojiga karab taqsimlab, yordamlashar edilar.

46 Har kuni yakdillik bilan ma`badda yig`ilib turishar, uylarida esa non sindirib, shodlik va soddadillik bilan ovqatlanishardi.

47 Xudoning hamdu sanosi ularning tilidan tushmas, butun xalqning ko`nglini xushlardilar. Xudo esa kun sayin najot topganlarni imonlilar jamoatiga qo`shib qo`yar edi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28