Havoriylarning faoliyati 14 Bob
1 Ikoniya shahrida Pavlus bilan Barnabo odatdagiday yahudiylarning ibodatxonasiga kirib, va`z aytdilar. Natijada yahudiy va yunonlardan juda ko`plari imon keltirdi.
2 Lekin inonmagan yahudiylar majusiylarning yuraklarini zaharlab, ularni imonlilarga qarshi qo`zg`atdilar.
3 Pavlus bilan Barnabo bo`lsa, ancha vaqt Rabbimiz Iso uchun jasorat bilan faoliyat ko`rsatardilar, Rabbimiz ham ularning qo`llari orqali ajoyib va mo``jizakor ishlar yaratib, O`zining inoyatli kalOmini tasdiqlar edi.
4 Shunday qilib, shahar aholisi ikkiga bo`lindi: ba`zilari yahudiylar va ba`zilari havoriylar tomoniga o`tdilar.
5 Yahudiylar va majusiylar o`z rahnamolari bilan kelishib, havoriylarga ozor berib, ularni toshbo`ron qilmoqchi bo`lishdi.
6 Ular esa buni payqab qolib, Likaoniyaning Listra va Derviya shaharlari va atrofdagi viloyatga qochib ketishdi.
7 U yerda Injil Xushxabarini targ`ib qilishda davom etishdi.
8 Listra shahrida bir cho`loq kishi yerda o`tirar edi. U tug`ma mayib bo`lib, umrida aslo yurmagan edi.
9 U Pavlusning aytayotgan so`zlarini tinglarkan, Pavlus unga ko`z tikib, darddan xalos bo`lish uchun imoni borligini payqadi.
10 Ovozini baland qilib: Rabbim Iso Masih nomidan senga aytaman: oyog`ingda tikka tur! ó dedi. O`sha zahoti u kishi o`rnidan irg`ib turdida, yura boshladi.
11 Xaloyiq Pavlus qilgan ishni ko`rib, Likaoniya tilida baralla: Tangrilar odam qiyofasida oldimizga tushibdi! ó deb baqira ketishdi.
12 Barnaboni ó Zevs, Pavlusni esa notiq bo`lgani uchun Hermes deyishdi.
13 Shaharning tashqarisidagi Zevs ma`badining kohini esa shahar darvozalariga ho`kizlarni va gulchambarlarni olib kelib, xaloyiq bilan birga qurbonlik keltirmoqchi bo`ldi.
14 Havoriylar Barnabo va Pavlus buni eshitgach, kiyimlarini yirtgancha, o`zlarini xaloyiqning orasiga otib:
15 ìErlar! ó deb baqirishdi. ó Nima uchun bu ishlarni qilyapsizlar? Biz ham sizlarga o`xshagan insonmiz! Sizlar bu soxta tangrilarga topinishdan qaytib, er, osmon, dengiz va undagi hamma narsani yaratgan barhayot Xudoga iltijo qilinglar. Mana biz sizlarga etkazayotgan Xushxabarimiz shu.
16 Garchi Xudo o`tgan barcha xalqlarga o`z yo`llari bilan yurishlariga erk bergan bo`lsa-da,
17 shu bilan birga O`zini doimo oshkora qilib kelgan. Osmondan yog`ingarchilik va serhosil mavsumlar berib, rizq-ro`zingizni ta`minlab, yuraklaringizni baxt-saodatga to`ldirib, sizlarga ezgulik qilib kelganî.
18 Havoriylar bu so`zlarni aytib bo`lib, olomonni zo`rg`a tinchitishdi va o`zlariga qurbonlik qilmaslikka ko`ndirishdi. ( Hamma uy-uylariga ketgandan so`ng, ular yana shu yerda ta`lim berishni davom ettrishdi.)
19 Shu orada havoriylar jasorat bilan va`z aytib turganda, Antioxiya va Ikoniya shaharlaridan yahudiylar kelib, xalqni ulardan bosh tortishga undadilar.îUlar biron xaqiqatni aytishgani yo`q, hamma so`zlari yolg`onî, ó deb xalqning avzoyini buzib, Pavlusni toshbo`ron qildilar. Uni o'lgan hisoblab, shahardan tashqariga sudrab chiqdilar.
20 Lekin shogirdari uning atrofiga to`planganda, Pavlus o`rnidan turib, shaharga qaytib kirdi. Ertasi kuni Barnabo bilan Derviya shahriga jo`nadi.
21 Xushxabarni Derviya shahrida targ`ib qilib, ko`p shogird orttirishgandan so`ng, Listra, Ikoniya va Antioxiya shaharlariga qaytdilar.
22 Yo`l-yo`lakay Iso shogirdlarining jonlariga jon qo`shib, imonda sobit bo`lishlari uchun dalda berardilar. ìXudoning Shohligiga ko`p qayg`ulardan o`tib kirishimiz kerakî, ó deb nasihat qilardilar.
23 Har bir imonlilar jamoati uchun oqsoqollar tayin etdilar. Ro`za tutib, imonlilarni duo qilib, Rabbimiz deb qattiq ishonishgan Iso Masihning qaramog`iga ularni topshirdilar.
24 Pisidiya yurtidan o`tib Pamfiliya viloyatiga keldilar.
25 Pergiya shahrida Xudoning so`zini va`z qilgandan keyin, Attaliyaga tushib bordilar. 26U joydan suzib, endi tamomlagan ishlari uchun Xudoning imoyatiga topshirilgan joy ó Antioxiyaga qaytib keldilar.
27 U yerga yetgach, imonlilar jamoatini yig`ib, Xudoning ular bilan nimalar qilganini, majusiylarga imon eshigini qanday ochganini so`zladilar.
28 Bu yerdagi Iso shogirdlari bilan birga ancha vaqt turdilar.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28