Menyu

Havoriylarning faoliyati 15 Bob


1 Yahudiya o`lkasidan kelgan ba`zi odamlar Antioxiyada turgan imonli birodarlariga: ìAgar Musoning odati bo`yicha sunnat qilmasangizlar, najot topolmaysizlarî, ó deya ta`lim berardilar.

2 Pavlus va Barnabo ular bilan ancha tortishuv va bahsga kirishdilar. Oxirida Pavlus bilan Barnaboni, shuningdek, oralaridan boshqa ba`zi kishilarni tayin etib, bu masalani havoriylar va oqsoqollar qoshida yechish maqsadida ularni Quddusga yuborishga qaror qilishdi.

3 Ular jomoat tomonidan jo`natilgandan so`ng, Finikiya va Samariya o`lkalaridan o`tayotib, o`sha yerdagi birodarlariga majusiylarning Xudoga iltijo qilishganini aytib berib, hammaga katta sevinch bag`ishlardilar.

4 Quddusga yetganlarida, imonlilar jomoati, havoriylar va oqsoqollar tomonidan yaxshi qabul qilindilar. O`zlari bilan Xudoning qilgan butun ishlarini, majusiylarga imon eshigini qanday ochganini ularga bildirdilar.

5 Lekin farziylar mazhabidan Isoga ishongan ba`zi birlari qarshi turib: ìUlarni sunnat qilish va Musoning Qonuniga rioya ettirish kerakî, ó dedilar.

6 Havoriylar va oqsoqollar bu masalani muhokama qilish uchun yig`ildilar.

7 Ancha munozaradan keyin Butrus o`rindan turib, ularga xitob etdi: ìErlar, birodarlar! Sizlarga ma`lumki, majusiylar Injil Xushxabarini mendan eshitib, imon keltisinlar deb, Xudo ancha vaqt avval orangizdan meni tanlagan edi.

8 Qalblarni bilgan Xudo bizga bergan Muqaddas Ruhni ularga ham ehson etib, shu bilan ularni ma`qul topganini tasdiq etdi.

9 Ular bilan bizning oramizni hech qanday farq bilan ajratmasdan, imon keltirishlari orqali ularning ham dillarini tozaladi.

10 U holda, sizlar nima uchun Xudoni sinab, na otalarimiz, na bizlar ko`tarib boralmagan bo`yinturuqni Iso shogirdlarining bo`yniga yuklamoqchisizlar?

11 O`zimiz birgina Rabbimiz Isoning inoyati bilan najot topishga ishonganimiz kabi, ular ham xuddi shunga ishonishadiî.

12 Shunda butun jamoat jim bo`lib, Barnabo bilan Pavlusga quloq solib turdi. Ular esa Xudoning o`zlari orqali majusiylar orasida bajargan barcha ajoyib va mo``jizakor ishlarini ayta boshladilar.

13 Ular so`zlab bo`lgandan keyin, Yoqub gap boshladi: ìErlar, birodarlar, menga quloq solinglar!

14 Simun, birinchi galda Xudo boshqa millatlardan O`z ismini tanigan bir xalqni olish uchun osmondan tushganini tushuntirdi.

15 Ana, payg`ambarlarning so`zlari ham bunga muvofiq kelyapti, Tavrotda yozilishicha:

16 ìBundan keyin Men qaytib kelib, Dovudning yiqilgan dargohini barpo qilurman. Uning xarobalarini yangidan qurib, Uni boshdan qayta tiklab qo`yurman.

17 Toki qolgan odamlar, Ismimni tanigan barcha xalqlar, Men ó Xudovandni izlab topsinlar.

18 Bularni qadimdan ma`lum etgan Xudovand buyurib bajarmoqdaî.

19 Shuning uchun mening fikrimcha, boshqa millatlardan Xudoga imon keltirganlarni qiynab qo`ymasligimiz lozim.

20 Faqat ularga xat yozib, butlarga so`yilgan harom qurbonlik go`shti, zino, bo`g`ilgan hayvonning go`shti va qon yeyishdan o`zlarini saqlasinlar, (o`zlari uchun istamagan narsani o`zgaga qilmasinlar), deb buyruq beraylik.

21 Zotan, Musoning Qonuni qadimgi ajdodlar zamonidan beri har bir shaharda va`z qilinmoqda, har shanba kuni ibodatxonalarda qiroat qilinib kelmoqdaî.

22 Buning izidan butun jamoat bilan havoriylar va oqsoqollar o`z oralaridan odamlarni saylab, Pavlus va Barnabo bilan Antioxiyaga yuborishni tozim ko`rdilar. Birodarlar orasida obro` ortirgan Barsabo laqabli Yahudoni va Silani sayladilar.

23 Ular orqali shu maktubni yozib yubordilar: ìHavoriylar, oqsoqollar va barcha birodarlardan, turli xalq vakillaridan iborat bo`lib, Antioxiya, Suriya, va Kilikiyada yashayotgan birodarlarimizga salom!

24 Eshitishimizcha, bizdan chiqqan ba`zi kishilar o`zlarining gaplari bilan sizlarni dovdiratib, sunnat qilish kerak, Musoning Qonuniga rioya qilish kerak, deb ko`ngillaringizni tashvishga solishibdi. Biz esa buni buyurmagan edik.

25 Shu sababdan o`z oramizdan saylangan ba`zi bir odamlarni azizlarimiz Barnabo va Pavlus bilan birga sizlarning oldingizga yuborish uchun bir fikrga keldik.

26 Bu ikkalasi Rabbimiz Iso Masihning ismi uchun o`z jonlarini ham ayamagan zotlardir.

27 Qarorimiz bo`yicha huzuringizga hozircha Yahudo bilan Silani yo`llayapmiz: ular sizlarga bularni og`zaki ham tushuntiradilar.

28 Shunday qilib, Muqaddas Ruh va bizga ma`qul ko`ringan quyidagi zarur sanalganlardan boshqa sizlarga hech narsa yuklamaslikka qaror qildik, chunonchi:

29 butlarga so`yilgan qurbonlik go`shti, qon, bo`g`ilgan hayvonning go`shti hamda zinodan o`zingizni saqlanglar. ( O`zingiz uchun istamagan narsani o`zgaga qilmanglar.) Bu harom narsalardan o`zlaringizni saqlab yursangiz, yaxshi ish qilgan bo`lasizlar. Salomat bo`linglar!î

30 Shunday qilib, bu odamlar yo`lga tushib, Antioxiya shahriga kelishdi. U yerdagi jamoatni to`plab, xatni topshirishdi.

31 Ular esa nasihatni o`qib sevindilar.

32 O`zlari ham payg`ambar bo`lgan Yahudo va Sila ma`noli, mo`l so`z bilan birodarlariga dalda berib, jonlariga jon qo`shdilar.

33 Bu yerda bir muddat turishganidan keyin, birodarlari ularni eson - omon kuzatib, yuborganlar qoshiga qaytarishdi.

34 ( Lekin Sila Antioxiyada qolishni afzal ko`rdi va Yahudo yakka o`zi Quddusga qaytdi.)

35 Pavlus va Barnabo bo`lsa, Antioxiyada qolishdi. Ular boshqa ko`p kishilar bilan hamjihat bo`lib, ta`lim berishni va Rabbimiz Isoning Xushxabarini targ`ib qilishni davom ettirishdi.

36 Bir muncha vaqtdan keyin Pavlus Barnaboga: ìEndi qaytib borib, Rabbimiz kalOmini targ`ib etgan har bir shahardagi birodarlarimizni yo`qlaylik, ularning hol - ahvolini bilaylikî, ó dedi.

37 Barnabo esa Mark degan Yuhannoni ham o`zi bilan birga olmoqchi edi.

38 Lekin Pavlus, Pamfiliyada o`zlarini tark etib, hamkorlikdan bosh tortgan odamni o`zi bilan birga olishni o`rinli deb hisoblamas edi.

39 Natijada oralarida shunday xafalik bo`lib o`tdiki, ular bir - birlaridan ayrilib qoldilar. Barnabo Markni ergashtirib, Kipr oroliga suzib ketdi.

40 Pavlusning o`zi esa Silani tanladi. Birodarlar uni Xudoning inoyatiga topshirgandan so`ng, u jo`nab ketdi.

41 U Suriya va Kilikiya o`lkalaridan o`tib borgan sari, Masih jamoatlarini imonda mustahkamlar edi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28