Havoriylarning faoliyati 25 Bob
1 Fest viloyatga kelganiga uch kun o`tkanidan keyin, Kesariyadan Quddusga bordi.
2 Shunda oliy ruhoniylar bilan yahudiylarning asilzodalari hokimning oldiga kelib, Pavlusdan shikoyat qildilar.
3 Muruvvat ko`rsatib, Pavlusni Quddusga chaqirtirishini o`tinib so`radilar: holbuki, yo`l-yo`lakay uni o`ldirishni qasd qilgan edilar.
4 Fest esa Pavlus Kesariyada qamoqda turganini va o`zi ham yaqinda u yerga qaytib borajagini ularga bildirdi.
5 ìShunday qilib, sizlardan kimning iloji bo`lsa, men bilan birga borishsin va agar bu odamda biron yomonlik bo`lsa, uni aybdor qilishsinî, ó dedi u.
6 Fest ularning yonida sakkiz yoki o`n kundan ziyod turmay, Kesariyaga qaytib bordi. Ertasi kuni hukm kursisiga o`tirib, Pavlusni olib kelishni buyurdi.
7 Pavlus o`rtaga chiqqach, Quddusdan kelgan yahudiylar uni o`rab olganlaricha, o`zlari isbot qilolmaydigan ko`p og`ir ayblarni unga qo`ydilar.
8 Pavlus esa o`zining himoya so`zida: Men na yahudiylarning qonuniga, na ma`badga va na Qaysarga qarshi biron bir jinoyat qilganim yo`q, ó dedi.
9 Fest yahudiylarning ko`nglini topmoqchi bo`lib, Pavlusdan: Quddusga borib, u yerda mening oldimda bu xususlarda sud bo`lishni istaysanmi? ó deb so`radi.
10 Pavlus dedi: Men Qaysarning hukm kursisi oldida turibman, men bu yerda hukm etilishim shart. Men yahudiylarga hech bir haqsizlik qilmaganimni o`zingiz ham yaxshi bilasiz.
11 Agar men o`limga loyiq biror jinoyatda aybdor bo`lganimda, unda o`limdan bosh tortmasdim. Agarda bu kishilar menga qo`yayotgan ayblar asossiz bo`lsa, unda meni hech kim ularning qo`liga topshirolmaydi. Men Qaysarning hukmini talab qilaman.
12 Fest mslahatchilari bilan kengashganidan so`ng, Pavlusga javob berib: Sen Qaysarning hukmini talab qilding, Qaysarning oldiga borasan, ó dedi.
13 Bir necha kundan keyin, podshoh Agrippa bilan Vernika Festni tabriklash uchun Kesariyaga keldilar.
14 Ular u yerda ancha vaqt turganidan keyin, Fest Pavlusning ishini podshohga taqdim qildi: Bu yerda Feliks qamoqda qoldirib ketgan bir odam bor.
15 Men Quddusda bo`lganimda, yahudiylarning oliy ruhoniylari va oqsoqollari shikoyat bilan oldimga kelib, uni mahkum etishni talab qilishdi.
16 Men ularga javob berib, ayblanuvchi odam ayblovchilari bilan yuzlashtirilmasdan va unga qo`yilgan ayblardan o`zini himoya qilish imkoniyatini bermasdan, o`limga mahkum qilish rimliklarning odati emas, dedim.
17 Shuning uchun ular bu yerga kelishganda, sira vaqt yo`qotmay ertasi kuniyoq men hukm kursisiga o`tirib, bu odamni olib keliularini buyurdim.
18 Lekin ayblovchilar uni o`rab olgach, men taxmin qilgan jinoyatlardan birortasini bo`yniga qo`ya olmadilar.
19 Faqat o`z dinlari bilan bog`liq, Pavlus tirik ekanini da`vo qilayotgan Iso ismli o`lgan bir shaxs haqida ba`zi bahslari bor edi.
20 Men bu masalani hal qilishda qiynalib qoldim-da, Pavlusdan Quddusga borib bu xususda sud bo`lishni istar-istamasligini so`radim.
21 Lekin u bu ishni Imperatori a`zamning muhokamasiga qoldirishni talab qilgani sababli, uni imperator huzuriga yuborgunga qadar qamoqda tutib turish haqida buyruq berdim.
22 Agrippa Festga: Bu odamni men ham tinglashni istar edim, ó dedi. ó Ertaning o`zidayoq uni tinglaysiz, ó dedi unga Fest.
23 Ertasi kuni Agrippa bilan Vernika buyuk hashamat bilan kelib, mingboshilar va shaharning atoqli kishilari bilan birga mahkama saroyiga kirdilar. Festning amri bilan Pavlus olib keltirildi.
24 Fest so`z boshladi: ìPodshoh Agrippa va bizlar bilan birgalikda bu yerda hozir bo`lgan hamma kishilar! Mana bu odamni ko`rib turibsizlar, Quddusda va shu yerda ko`pgina yahudiylar menga murojaat qilib, bu odam boshqa yashamasligi kerak, deya qichqirdilar.
25 Mening bo`lsa, uning o`limga loyiq biror ish qilmaganiga ishonchim komil. Uning o`zi Imperatori a`zamning huzurida sudlanishni talab etgani uchun, uni Rimga yuborishga qaror qildim.
26 Faqat oliy hokimga uning haqida yozish uchun esa biron qat`iy so`zim yo`q. Shuning uchun uni hammangizning, va ayniqsa, podshohim Agrippa, sizning huzuringzga chiqartirdimki, bu ishni ko`rib chiqqandan keyin yozish uchun biron tayin so`z topilar, deb.
27 Chunki mening fikrimcha, bir mahbusni imperatorga yuborib, unga qarshi qo`yilgan ayblarni ko`rsatmaslik mulohazasizlik bo`lur ediî.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28