Havoriylarning faoliyati 11 Bob
1 G`ayriyahudiylar ham Xudoning so`zini qabul qilibdi, degan xabar havoriylarning va Yahudiyadagi imonlilarning qulog`iga yetib keldi.
2 Shu sababdan Butrus Quddus shahriga borganida, sunnatchilar unga ta`na qilib:
3 ìSen sunnat qilinmagan odamlarning oldiga kirib, ular bilan birga yeb-ichibsan-ku!î ó deyishdi.
4 Butrus esa bo`lib o`tgan voqealarni bir boshdan ularga naql qilishga tushdi:
5 ìMen Yaffa shahrida ibodat qilayotgan ekanman, o`zimni yo`qotib vahiy ko`rdim: mana, katta ro`molga o`zshash bir idish to`rt burchagidan osilgan holda osmondan tushib, to oldimgacha kelayotgan ekan.
6 Uning ichiga nazar solsam, yer yuzining to`rt oyoqli, vahshiy va sudraluvchi hayvonlarini hamda ko`kda uchuvchi qushlarni ko`rdim.
7 O`shanda: Butrus, tur va so`yib yegin! ó degan bir ovozni eshitdim.
8 Men esa: Aslo, yo Rabbim Mening og`zimga mutlaqo iflos yoki harom narsa kirgan emas, ó dedim.
9 Ovoz ikkinchi marta osmondan eshitilib: Xudo halol deganini sen harom dema ó dedi menga.
10 Bu manzara uch marta takrorlandi. Keyin hammasi yana osmonga ko`tarildi.
11 Mana, o`sha zahoti Kesariyadan menga yuborilgan uch odam men turgan uyning ro`parasida to`xtab qoldi.
12 Muqaddas Ruh esa hech shubhalanmay ular bilan birga borishimni aytdi. Shunday qilib, bu olti birodar ham menga hamroh bo`lishdi, ular bilan birga o`sha odamning uyiga kirdik.
13 U esa uyida paydo bo`lgan farishtani qanday ko`rganini bizlarga aytib berdi. Farishta unga: ìYaffaga odamlar yubor, Butrus laqabli Simunni chaqirtir.
14 U senga aytadigan so`zlaridan o`zing bilan butun xonadoning najot topasizlarî, ó deb aytibdi.
15 Men gapira boshlaganimdayoq, dastavval bizning ustimizga tushgan Muqaddas Ruh ularning ustiga ham tushib keldi.
16 Shunda men Rabbimiz Isoning: ìYahyo payg`ambar odamlarni suvga cho`mdirib tavba qildirgan, sizlar esa Muqaddas Ruhga cho`mdirilasizlarî, ó degan so`zini esga oldim.
17 Agar Xudo bizga bergan hadyani Rabbimiz Iso Masihga xuddi bizday inongan mana bularga ham bergan bo`lsa, unda men kim bo`ldimki, Xudoga qarshilik qila olsam?î
18 Bu so`zlarni eshitib, ular tinchlandi. ìXudo g`ayriyahudiylarni ham tavba qildirib, abadiy hayot nasib qilar ekanî, ó deb Xudoni olqishlashdi
19 Stefanning o`ldirilishi bilan boshlangan quvg`in oqibatida tarqalib ketgan imonlilar shu orada Xudoning kalOmini yahudiylardan boshqa hech kimga bildirmay, Finikiya, Kipr va Antioxiyagacha yetib borgan edilar.
20 Antioxiya shahriga kelgan ba`zi bir kiprlik va kirineyalik kishilar esa Rabbimiz Isoning Xushxabarini u yerdagi yunonlarga ham yetkazdilar.
21 Rabbimizning kuchi ular orqali amal qilayotgani uchun ham ko`pchilik Isoni Rabbim deb imon keltirdi.
22 Bu haqda Quddusdagi imonlilar jamoatining qulog`iga xabar yetib kelgach, Barnaboga Antioxiyaga borishni topshirdilar.
23 Barnabo u yerga kelganida, Xudo inoyatining samarasini ko`rib quvondi. Rabbimiz Isoga chin ko`ngildan berilinglar, deb hammaga dalda berdi.
24 U Muqaddas Ruh va imonga to`lgan, hushfe`l odam bo`lgani uchun, xalqning talay qismi Isoni Rabbim deb qabul qildi.
25 Keyin Barnabo Shoulni axtarib, Tarsga bordi va uni topib, Antioxiyaga keltirdi.
26 Bir yil mobaynida ular imonlilar jamoati bilan to`planib, talay odamga ta`lim berishdi. Birinchi marta Antioxiya shahrida Iso shogirdlari Masihchi degan nomni oldilar.
27 O`sha kunlarda Antioxiyaga Quddusdan ba`zi payg`ambarlar keldi.
28 Ulardan Agav degani Muqaddas Ruhdan ruhlanib qad rostladi-da, butun dunyoda og`ir qahatchilik bo`lishini karomat qildi. (Bu voqea Qaysar Klavdiy davrida sodir bo`ldi.)
29 Shunda shogirdlarning har biri qo`lidan kelganicha, Yahudiyada yashovchi imondoshlariga yordam yuborishga ahd qilishdi.
30 Bu ahdni amalga oshirib, yig`ilgan nafaqalarni Barnabo va Shoul orqali jamoatning oqsoqollariga yuborishdi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28