Menyu

Havoriylarning faoliyati 6 Bob


1 Iso shogirdlari ko`payib borayotgan o`sha kunlarda yunon tilida so`zlashuvchi yahudiylar orasidan yerli yahudiylarga qarshi norozilik yuz berdi, chunki kundalik ehtiyojlarini ulashib berayotganda, ularning beva ayollari e`tiborsiz qolardilar.

2 Ana shu sababli, o`n ikki havoriy Iso shogirdlarining jamini chaqirib, bunday dedilar: ìBiz Xudoning kalOmini yoyish ishini chetda qoldirib, dasturxonga xizmat qilishimiz yaxshi emas.

3 Ey birodarlar, endi sinalgan hamda Muqaddas Ruh va hikmatga to`lib-toshgan yetti kishini orangizdan tanlab olinglar; ularni bu xizmatga tayin etamiz.

4 Bizlar esa doimo ibodatga berilib, Xudo kalOmini yoyish xizmatida mashg`ul bo`laylikî.

5 Bu taklif butun jamoatga ma`qul tushdi. Imoni komil va Muqaddas Ruhga to`lgan Stefan ismli odamni, shuningdek, Filip, Proxor, Nikanor, Timon, Parmen va yahudiy diniga kirgan antioxiyalik Nikolayni sayladilar.

6 Ularni havoriylar oldiga turg`izib qo`ydilar. Havoriylar esa ularning bashiga qo`llarini qo`yib duo qildilar.

7 Shunday qilib, Xudoning kalomi yoyilgan sari, Quddusdagi Iso shogirdlarining soni nihoyatda ko`payib borar edi. Ayniqsa, ruhoniylardan ko`pchilik imonga bo`ysunishar edi.

8 Bu payt imoni komil va ilohiy qudratga to`lgan Stefan xalq orasida buyuk va ajoyib mo``jizalar ko`rsatar edi.

9 Erkinlar Sinagogasi degan yahudiy jamoasidan ba`zilari, shuningdek, Kirineya, Iskandariya, Kilikiya va Asiyadan bo`lgan bir qancha kishilar Snefan bilan bahsga kirishdilar.

10 Biroq uning so`zidagi hikmat va Ruhga qarshi turolmadilar.

11 Shunda ba`zi odamlarni gijgijlab: ìBuning Muso va Xudoga qarshi kufr so`zlari aytganini eshitdikî, ó deb aytishga ko`ndirdilar.

12 El - xalqni va oqsoqollar bilan ulamolarni qo`zg`ab, Stefanga hujum qilishdi-yu, uni tutib olib, Oliy Kengashning qoshiga sudrab kelishdi.

13 Soxta guvohlarni yollab, ularga bunday degizdilar: ìBu odam hadeb shu muqaddas ma`bad va Tavrotni yomonlab yuribdi-ku.

14 Nosiralik Iso bu joyni xarob qiladi va Musoning bizlarga bergan urf-odatlarni o`zgartiradi, deb aytganini eshitdikî.

15 Shu payt Oliy Kengashda o`tirganlarning hammasi Stefanga tikilib qarab, uning yuzi bir farishtaning yuziga o`xshab qolganini ko`rishdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28