Menyu

Havoriylarning faoliyati 8 Bob


1 Stefanning o`ldirilishini Shoul ma`qullagan edi. O`sha kunning o`zida Quddusdagi imonlilar jamoatiga qarshi keskin quvg`in davri boshlandi. Havoriylardan boshqa hamma Yahudiya va Samariyaning har xil joylariga tarqab ketdilar.

2 Ba`zi dindor odamlar Stefanni ko`mib, u uchun katta yig`i qildilar.

3 Shoul esa imonlilar jomoatini talon-taroj qilar edi. Uyma-uy yurib, erkakmi, xotinmi, hammani sudrab qamoqxonaga berar edi.

4 Shu orada tarqalib ketganlar Injil Xushxabarini targ`ib qilib yurishdi.

5 Filip Samariya shahriga kelib, uning ahliga Masihni targ`ib qildi.

6 Filipning so`zini tinglashib va qilayotgan mo``jizalarini ko`rishib, butun xalq unga quloq soldi.

7 Chunki yomon ruhlarga giriftor bo`lgan ko`p kishilardan ruhlar baland ovoz bilan baqirib chiqar, anchagina sholu cho`loqlar esa shifo topardi.

8 Shunday qilib, u shaharga katta xursandchilik keldi.

9 Samariya shahrida sehrgarlik qilgan, o`zini buyuk bir odam qilib ko`rsatib, shahar aholisini hayratda qoldirib kelayotgan Simun ismli bir kishi bor edi.

10 Kattayu kichik hamma unga quloq osib: ìBu Xudoning buyuk qudrati!î ó deb aytar edi.

11 Simun ancha vaqtdan beri o`zining sehr-jodu ishlari bilan xalqni hayratda qoldirib kelgani uchun, hamma unga quloq berishar edi.

12 Lekin Xudoning Shohligi va Iso Masih to`g`risidagi Xushxabarni keltirgan Filipni tinglashib, ko`p erkak va xotin uning so`ziga ishondi va suvga cho`mib imon keltirdi..

13 Simunning o`zi ham ishonib, suvda imon keltirdi. U Filipning qilayotgan ajoyib va qudratli mo``jizalarini ko`rgan sayin hayratga tushib, Filipdan ajralmaydigan bo`lib qoldi.

14 Quddusda qolgan havoriylar esa, samariyaliklar ham Xudoning kalOmini qabul qilibdi, deb eshitganlarida, Butrus bilan Yuhannoni ularning oldiga yuborishdi.

15 Butrus bilan Yuhanno u yerga kelgach, samariyalik imonlilar Muqaddas Ruhni qabul qilishi uchun ibodat qilishdi.

16 Chunki ularning birortasiga ham Muqaddas Ruh tushmagan edi. Ular Isoni Rabbimiz deb tan olib, suvda imon keltirishgan edi, xolos.

17 Havoriylar ularning boshiga qo`l qo`yishi bilanoq ular Muqaddas Ruhni qabul qilishdi.

18 Havoriylarning qo`l qo`yishi bilan Muqaddas Ruh berilganini Simun ko`rib, ularga pul keltirdi - da:

19 Menga ham bu qudratni beringlar, toki, kimning boshiga qullarimni qo`ysam, Muqaddas Ruhni qabul qiladigan bo`lsin! ó dedi.

20 Lekin Butrus unga: Kumushing sen bilan birga halok bo`lsin: sen Xudoning hadyasini pul bilan olish mumkin deb xayol qilding, ó dedi.

21 Bu ishda sening na hissang bor va qismating bor, chunki Xudo oldida yuraging to`g`ri emas.

22 Endi bu yomonligingdan tavba qilib Xudoga yolvor, balki yuragingning niyatidan kechar.

23 Chunki sening achchiq zardaga to`lgan va yovuzlik zanjiriga bog`langaningni ko`ryapman.

24 Simun bunga javoban: Men uchun sizlar Rabbingizga yolvorib sig`ininglar, tag`in aytganlaringizdan biri boshimga tushmasin! ó dedi.

25 Butrus bilan Yuhanno u yerda Xudoning kalOmini va`z qilib, shahodat bergandan keyin, Samariyaning yana ko`p qishloqlariga Xushxabarni etkazib, Quddusga qaytib ketdilar.

26 Shu paytda Filipga Xudovandning farishtasi gapirib: ìO`ringdan tur va janub tomon, Quddusdan G`azaga boradigan sahro yo`liga bor!î ó dedi.

27 Filip esa yo`lga ravona bo`ldi. O`sha vaqtda Habashiston malikasi Kandakining vaziri, malikaning butun xazinalari mudiri bo`lgan habashistonlik bir amaldor o`z vataniga qaytib ketayotgan edi. U Xudoga topinish uchun Quddusga borib kelgan,

28 aravasida Isha`yo payg`ambarning kitobini o`qib o`tirgan edi.

29 Muqaddas Ruh Filipga: ìYaqinlashib bu aravaga hamroh bo`lgin!î ó dedi.

30 Filip habashning oldiga chopib bordi. Uning Isha`yo payg`ambarning kitobini o`qib turganini eshitib: O`qiyotganingni tushunyapsanmi? ó deb so`radi.

31 Menga yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi bo`lmasa, qanday tushuna olaman? ó dedi habash. Filipdan o`z yoniga chiqib o`tirishni iltimos qildi.

32 Uning Tavrotdan o`qiyotgan joyi esa bu edi: ìU qo`y kabi bo`g`izlashga etaklandi. Qo`zi jun qirquvchisi oldida qanday indamay tursa, U ham O`z og`zini ochmadi.

33 U xo`rlanib haqqoniyatdan mahrum bo`ldi, Yer yuzidagi umriga xotima berildi. Uning nasl - nasabini kim zikr etur?î

34 Amaldor Filipga qarab: ó Sendan imtimos qilaman, payg`ambar buni kim haqida aytyapti? O`zi haqidami yoki boshqa kishi haqidami, menga aytchi, ó dedi.

35 Filip esa o`sha oyatdan boshlab, Iso haqidagi Xushxabarni unga bayon qildi.

36 Yo`lda davom etib ketayotganlarida, suv bor bir joyga keldilar. Amaldor: ó Mana, suv! Mening cho`mib imon keltirishimga nima to`sqinlik qiladi? ó dedi.

37 (Filip unga: Agar butun qalbing bilan ishonsang bo`ladi, ó dedi. Amaldor: ó Iso Masih ó Xudoning O`g`li deb ishonaman, ó dedi.)

38 O`shanda aravani to`xtatishga buyurib, Filip amaldorni suvga cho`mdirib imonga kiritdi.

39 Ular suvdan chiqqach, Muqaddas Ruh (amaldorning ustiga tushib keldi va Xudovandning farishtasi) Filipni ko`tarib ketdi. Amaldor boshqa uni ko`rmadiyu, quvonib o`z yo`lida davom etdi.

40 Filip Ashdo`d shahrida paydo bo`ldi va Kesariyaga kelguncha yo`l yurib, hamma shaharlarda Xushxabarni targ`ib qildi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28