Havoriylarning faoliyati 18 Bob
1 Bu hodisalardan keyin Pavlus Afinani tark etib, Korinf shahriga keldi.
2 Bu shaharda asli pantlik bo`lgan Akil ismli bir yahudiyni topdi. Qaysar Klavdiy butun yahudiylarga Rimdan chiqib ketishlari haqida farmon chiqargani tufayli, Akil bilan xotini Priskilla yaqinda Italiyadan kelishgan edi. Pavlus ularning oldiga bordi.
3 Hamkasb bo`lganlari uchun ularning yonida qolib ishladi. Ularning hunari esa chodir tikuvchilik edi.
4 Pavlus har shanba kuni yahudiylar ibodatxonasida bahslashib, yahudiy bilan yunonlarni ishontirishga harakat qilardi.
5 Sila bilan Timo`tiy Makedoniyadan kelganlaridan keyin, Pavlus o`zini butunlay va`zxonlikka bag`ishlab, Isoning Masihligini yahudiylarga ta`kidlab bayon etardi.
6 Lekin ular qarshi borib, uni haqorat qilgach, Pavlus kiyimidagi changni qoqib: ìSizlar to`kkan qon o`z bo`yningizga! Men tozman. Bu kundan e`tiboran men majusiylarning oldiga bormanî, ó dedi.
7 Pavlus u yerdan ketib, Xudoga sig`inuvchi Yustus ismli bir odamning uyiga keldi. Uning uyi esa yahudiylar ibodatxonasiga devor-darmiyon edi.
8 Shunday qilib, ibodatxonaning jamoaboshisi bo`lgan Krisp butun xonadoni bilan Isoni Rabbim deb imon keltirdi. Buni eshitgan korinfliklardan ko`plari ham ishonib, suvda imon keltirdilar.
9 Bir kechasi Pavlusning tushida Iso ko`riish berib: ìQo`rqma, lekin tinmay gapiravergin, ó dedi.
10 ó Men sen bilan birgaman, hech kim senga qo`l tegizib yomonlik qilmaydi: chunki bu shaharda ko`p odamlarim borî.
11 Pavlus shundae so`ng bir yilu olti oy bu yerda yashab, Xudo kalomidan ta`lim berdi.
12 Gallion Axaya viloyati hokimi bo`lgan davrda, yahudiylarning hammasi bir bo`lib, Pavlusga qarshi bosh ko`tarishdi. Uni mahkamaga sudrab kelib:
13 ìBu odam qonunimizga zid o`laroq Xudoga sig`inishni xalqqa o`rgatmoqdaî, ó deb aytishdi.
14 Pavlus og`zimni ochay deganda, Gallion yahudiylarga xitob etib: ìHoy yahudiylar! Agar biron haqsizlik yoki og`ir jinoyat masalasi bo`lsa edi, u vaqtda arzingizni eshitish uchun menda bir asos bo`lar edi.
15 Holbuki bahs ta`limot, ismlar va qonuningiz haqida borayotgan bo`lsa, unda o`zlaringiz hal etinglar. Men bu ishlarning qozisi bo`lishni istamaymanî,
16 ó dedi-yu, ularni mahkamadan haydab yubordi.
17 Shunda butun yunonlar jamoaboshi Sostenni tutib, mahkama oldida urdilar. Gallion esa bunga parvo qilmadi.
18 Pavlus yana ancha kun Korinf shahrida turganidan keyin, birodarlari bilan xayrlashib, Akil va Priskilla bilan birga Suriyaga borayotgan kemaga tushdi. U nazr-ahd qilgani uchun, Kenxreya shahrida sochlarini qirqtirgan edi.
19 Efes shahriga yetib borganda, Pavlus Akil bilan Priskillani u yerda qoldirdi. O`zi esa yahudiylar ibodatxonasiga kirib, bahs ochdi.
20 Yahudiylar yanada ko`proq vaqt ularnikida qolishini Pavlusdan iltimos qilgan bo`lishsa-da, u ko`nmadi.
21 Ular bilan xayrlashib: ìYaqinlashib kelayotgan bayramni men albatta Quddusda qutlashim kerak. Ammo Xudo xohlasa, oldingizga yana qaytib kelamanî, ó dedi-yu Efesdan suzib ketdi. (Akil bilan Priskillani esa Efesda qoldirdi.)
22 Kema Kesariya portiga yetib kelib to`xtadi. Pavlus Quddusga borib, imonlilar jamoati bilan ko`rishdi. So`ngra Antioxiya shahriga tushdi.
23 U yerda bir muddat turib, tag`in yo`lga chiqdi. Tartib bo`yicha Galatiya va Frikiya yurtlarini kezib chiqib, barcha Iso shogirdlarining ko`nglini ko`tardi.
24 Shu orada asli iskandariyalik bo`lgan Apollos ismli bir kishi Efes shahriga keldi. U gapga chechan, Tavrotni yaxshi bilgan bir yahudiy edi.
25 Bu odam Rabbimiz Iso yo`lida tarbiya olgan bo`lib, bu haqda to`g`ri va otashin ruh bilan ta`lim berar edi. Lekin u faqatgina Yahyo payg`ambarning suvda tavba qildirish usulini bilar edi.
26 Yahudiylar ibodatxonasida jasorat bilan va`z aytadigan bo`ldiyu Apollasni tinglagan Akil bilan Priskilla uni kutib olib, Rabbimiz Iso yo`lini aniq qilib tushuntirib berdilar.
27 Apollos Axaya yurtiga bormoq niyatini izhor etganda, birodarlari u yerdagi Iso shogirdllarina xat yozib, uni yaxshi qabul qilishlarini o`tindilar. Apollos Axayaga borib, Xudoning inoyati bilan imon topganlarga samarali yordam berdi.
28 Tavrot asosida Isoning Masih ekanini isbot etib, hammaning ko`z o`ngida yahudiylarning iddaosi noto`g`riligini uzil-kesil fosh qilar edi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28