Menyu

Havoriylarning faoliyati 28 Bob


1 Xalos bo`lganimizdan keyin, orolning oti Malta ekanini bildik.

2 Yerli aholi bizga odatdan tashqari insoniylik ko`rsatdi. Yomg`ir yog`ib sovuq bo`lgani uchun, ular o`t yoqib, hammamizni do`stona qabul qildilar.

3 Shu mahal Pavlus bir dasta o`tin yig`ib, olovning ustiga qo`yayotganda, issiqdan qochayotgan bir zaharli ilon uning qo`lini chaqib olib, osilib qoldi.

4 Pavlusning qo`liga ilon osilganini yerlilar ko`rgach, bir-birlariga: ìBu odam qotil bo`lsa kerak. Dengizdan xalos bo`lgan bo`lsa ham, Haq uni tirik qoldirmayapti-da!î ó deyishdi.

5 Pavlus esa hech qanday zarar ko`rmasdan, ilonni o`tga silkitib tashladi.

6 Orol aholisi uning shishib ketishini yoki o`lib qolib, to`satdan yerga yiqilishini kutardi. Lekin uzoq kutishgandan keyin unga hech qanaqa falokat yuz bermaganini ko`rishgach, boshqacha fikr qilib: ìU bir xudodirî, ó deb aytishardi.

7 U joyning yaqinida orolning boshlig`i bo`lgan Publiy ismli bir kishining yer-mulki bor edi. U bizni qabul etib, uch kun mehmondo`stlik qildi.

8 O`sha paytda Publiyning otasi yurakburug`dan qiynalib, isitmalab yotar edi. Pavlus uning yoniga kirdi va qo`llarini uning ustiga qo`ygancha ibodat qilib, uni sog`aytirdi.

9 Bu hodisadan keyin oroldagi boshqa xastalar ham kelib, shifo topishdi.

10 El bizga izzat-ikrom ko`rsatdi, jo`nayotganimizda zarur narsalar bilan ta`minladilar.

11 Uch oydan keyin Iskandariyadan kelib, o`sha orolda qishlab qolgan Javzo tug`li bir kema bilan suzib ketdik.

12 Sirakuzaga borib, u yerda uch kun turdik.

13 U yerdan suzib ketib, Rigiyaga keldik. Bir kundan keyin esayotgan janub shamolidan foydalanib, ikki kunda Puteolga yetib bordik.

14 U yerda ba`zi imonli birodarlarimizni topdik. Yetti kun ularnikida turishimiz uchun ruxsatimizni so`rab oldilar. Keyin Rimga yetib keldik.

15 U yerdagi birodarlar daragimizni eshitib, Appiya forumi va hatto Uch Mehmonxona maydonigacha bizni kutib olgani chiqishgandi. Pavlus ularni ko`rib, Xudoga shukr qildi va ko`ngli ko`tarildi.

16 Rimga kirganimizdan keyin yuzboshi mahbuslarni lashkarboshiga topshirdi. Pavlusga esa uni qo`riqlab turadigan bir askar bilan alohida yashash uchun ruhsat berildi.

17 Uch kundan so`ng Pavlus yahudiylarning atoqli kishilarini bir joyga chorladi. Ular to`planganda: ìErlar, birodarlar! ó deb xitob qildi. ó Men xalqimizga yoxud ota-bobolarimiz odatlariga qarshi hech narsa qilmagan holda, Quddusda qo`lga tushib, rimliklarga topshirildim.

18 Ular ham meni sud qilib, o`limga loyiq biron gunohda ayblay olmay ozod qilmoqchi bo`ldilar.

19 Lekin yahudiylar bunga qarshi chiqqach, men Qaysarning hukmini talab etishga majbur bo`ldim. Men buni xalqimni biron xususda qoralamoq niyatida qilmadim.

20 Aslini olganda, men Isroilning umidi uchun bu zanjir bilan bog`langanman. Ana shu sababdan ham sizlar bilan ko`rishib gaplashishni istardimî.

21 Ular javob berib: ìSening haqingda Yahudiyadan hech qanday xat-xabar olganimiz yo`q, u yerdan kelgan birodarlardan birortasi ham bizga noxush ma`lumot yo axbor bildirgani yo`q.

22 Shunga qaramay, qanday fikr yuritishingni sendan eshitmoqchimiz, chunki bu bid`atga qarshi har yerda bahs bo`layotgani bizga ma`lumdirî, ó dedilar.

23 Pavlus uchun bir kun tayin etib, juda ko`p kishi u turgan mehmonxonaga keldi. Ertalabdan oqshomgacha Pavlus ularga Xudoning Shohligini bayon etib guvohlik berar, Musoning Qonuniga va Payg`ambarlar kitobiga binoan Iso to`g`risida ishonchli dalillar keltirar edi.

24 Uning aytganlariga ba`zilari e`tiqod qo`yib, ba`zilari esa inonmadilar.

25 O`zaro kelishmovchilik yuzaga kelib, Pavlus ularga bir so`zni aytgandan so`ng, udar keta boshladi. Pavlus dedi: ìMuqaddas Ruh Isha`yo payg`ambar orqali otalarimizga juda to`g`ri gapirib ketgan:

26 ìBu xalqqa borib aytgin: Eshitib-eshitib ham anglamaysizlar: Qarab-qarab ham ko`rolmaysizlar.

27 Chunki bu xalqning dilini yog` bosgan, quloqlari zo`rg`a eshitadigan bo`lgan, ko`zlarini esa yumib olganlar. Mabodo ko`zlari ko`radigan, quloqlari eshitadigan dillari esa fahmlaydigan bo`lsa-yu, tavba qilsalar, Men ularga shifo bergan bo`lur edimî.

28 Shuni bilib qo`yinglar: Xudoning bu najoti endi boshqa xalqlarga yuborilgan: ular esa eshitadilarî.

29 ( Pavlus bu so`zlarni aytib bo`lgandan keyin, yahudiylar o`zaro ancha tortishib, u yerdan chiqib ketishdi.)

30 Pavlus ijaraga olgan uyida to`liq ikki yil turdi. Huzuriga kelganlarning hammasini qabul qilar edi.

31 Xudoning Shohligi keldi va Iso Masih Rabbimizdir, deya jasorat bilan bemalol va`z aytib, ta`lim berar edi. Omin.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28