Menyu

Havoriylarning faoliyati 16 Bob


1 Pavlus Derviya va Listra shaharlariga yetib bordi. U yerda Timo`tiy ismli Iso shogirdi bor edi. Uning onasi imon topgan yahudiy, otasi esa yunon edi.

2 Bu kishi Listra va Ikoniyada yashagan imonlilar orasida yaxshi nom chiqargan edi.

3 Timo`tiyni o`zi bilan birga olib ketishni istab, Pavlus o`sha atrofdagi yahudiylar sababli uni sunnat qildi. Chunki uning otasi yunon ekanini hamma bilar edi.

4 Ular shaharma-shahar kezib borisharkan, Quddusdagi havoriylar va oqsoqollar tomonidan qaror qilingan qonun-qoidalarni imonlilarga topshirib, bularga rioya qilishlarini tayinlashardi.

5 Shu yo`sinda jamoatlarning imoni quvvatlanib, soni kundan-kunga oshib borayotgan edi.

6 Pavlus bilan yo`ldoshlari Frigiya va Galatiya yurtlaridan o`tishdi, chunki Muqaddas Ruh Asiyada Xudo so`zini targ`ib qilishlariga to`sqinlik qildi.

7 Misiya chegaralariga yaqinlashganda, Bitiniyaga bormoqqa intildilar, lekin Isoning Ruhi yana ularga ijozat bermadi.

8 Shunday qilib, Misiya yurtidan o`tib, Troas shahriga tushib keldilar.

9 O`sha kechasi makedoniyalik bir odam Pavlusning tushiga kirdi. U Pavlusning qarshisida turib: ìMakedoniyaga kelib, bizga yordam bergin!î ó deb yolvorar edi.

10 Pavlusning ko`rgan bu karomatli tushidan keyin bizlar darhol Makedoniyaga borish harakatini qildik Chunki Rabbimiz bizni u aholiga Xushxabarni yetkazishga chaqiryapti, degan xulosaga kelgan edik.

11 Troas shahridan jo`nab, to`g`ri Samofrakiya va ertasi kuni Neapol shahriga suzib bordik.

12 U yerdan chiqib, Makedoniyaning o`sha qismidagi birinchi Rim koloniyasi bo`lmish Filippi shahriga keldik va o`sha yerda bir necha kun turib qoldik.

13 Yahudiylarning dam olish kunida biz shahardan tashqariga chiqib, xuddi o`ylaganimizdek daryo bo`yida ibodat qilayotgan jamoatga duch keldik. Yig`ilgan ayollar bilan suhbatlasha boshladik.

14 Tinglovchilar orasida Lidiya ismli xudojo`y bir ayol bor edi. U Tiyatira shaharlik alvon to`n sotuvchi edi. Pavlusning aytayotganlarini fahmlashi uchun Rabbimiz uning qalbini ochdi

15 Lidiya o`zining uy ahli bilan birga suvda imon keltirganidan so`ng, bizni mehmon qilmoqchi bo`ldi. ìAgar sizlar meni Rabbimiz Isoga imon keltirgan deb hisoblasangizlar, uyimga kirib o`tiringlarî, ó deb bizni ko`ndirdi.

16 Bir kuni ibodatgohga ketayotganimizda, ichida folchilik ruhi bo`lgan bir cho`ri bizga duch keldi. U folchilik mahorati bilan xo`jayinlariga ko`p daromad keltirardi.

17 Pavlusning va hammamizning orqamizdan yurib: Bu odamlar Xudoyi Taoloning qullaridir, bizga najot yo`lini e`lon qilmoqdalar, ó deb baqirardi.

18 Ancha kun buni takrorladi. Axir, Pavlusning joniga tegib, u cho`riga burildi-da, ichidagi ruhga: Iso Masih nomidan senga buyuraman: cho`ridan chiqib ket! ó dedi. Ruh esa o`sha zahoti cho`rining tanidan chiqib ketdi.

19 Cho`rining xo`jayinlari endi daromad umidi yo`qolganini ko`rib, Pavlus bilan Silani tutganlaricha markaziy maydonga, shahar mahkamasiga sudrab bordilar.

20 Ularni Rim ma`murlarining qoshiga chiqarib: Bu odamlar yahudiy bo`la turib, shahrimizni to`s - to`polon qilib yubormoqdalar!

21 Biz rimliklarga qabul etish va bajarish mumkin bo`lmagan odatlarni targ`ib qilmoqdalar, ó deyishdi.

22 Olomon Pavlus bilan Silaga yopirila boshlagach, ma`murlar ularning ust-boshini yirtib olib, kaltaklashga buyurdilar.

23 Ularni juda ko`p kaltaklashgandan keyin zindonga tashlab, qattiq qo`riqlashni zindonbonga buyurdilar.

24 U ham olgan amriga ko`ra, ularni zindonning ichki bo`lmasiga qamab, oyoqlarini kundalab qo`ydi.

25 Tun yarimlab qolganda, Pavlus va Sila ibodat qilib, Xudoni kuylashar edi: mahbuslar esa ularni tinglab turishardi.

26 To`satdan shiddatli zilzila yuz berdi-da, qamoqxonaning poydevorini silkitib tashladi. O`sha zahoti barcha eshiklar ochilib, hammaning kishanlari bo`shab qoldi.

27 Zindonbon esa uyg`ongan zahoti zindon eshiklarining ochilib qolganini ko`rdi. U qilichini qinidan sug`urib, o`zini o`ldirmoqchi bo`ldi, chunki mahbuslar qochib ketishgan, deb o`ylardi.

28 Lekin Pavlus baland ovozda baqirib: Zinhor o`z joningga qasd qilma, biz hammamiz shu yerdamiz! ó dedi.

29 Zindonbon chiroq so`rab, zindonga yugurib kirdi va titrab Pavlus bilan Silaning poyiga o`zini tashladi.

30 Ularni tashqariga chiqarib: Janoblar, najot topish uchun nima qilishim kerak? ó deb so`radi.

31 Ular: Rabbimiz Iso Masihga ishongin, sen o`zing va butun xonadoning najot topasizlar, ó deyishdi.

32 Keyin unga va butun uy ahliga Xudoning kalOmini so`zlab berishdi.

33 Zindonbon kechaning o`sha soatida Pavlus bilan Silani bir chetga olib, yaralarini yuvdi. Darhol o`zi bilan butun xonadoni suvga cho`mib imon keltirdi.

34 Ularni o`z uyiga keltirib, dasturxonga taklif qildi. Xudoga imon topdim deb, butun xonadoni bilan birga juda xurram bo`layotgan edi.

35 Kunduz bo`lgach, rimlik ma`maurlar: U odamlarni qo`yib yuboringlar, ó deb vazifadorlarini yo`llashdi.

36 Zindonbon Pavlusga xabar yetkazib: Ma`murlar sizlarni ozodlikka chiqarish uchun odam yuborishibdi, endi chiqib eson-oman keta qolinglar, ó dedi.

37 Pavlus ularga shunday javob berdi: Rim fuqarosi bo`lgan bizni sud qilmay xalqning ko`z o`ngida urib, zindonga tashladilar. Endi esa bizni yashirincha qo`yib yubormoqchilarmi? Yo`q, o`zlari kelib bizni chiqazsinlar!

38 Vazifadorlar bu so`zlarni ma`murlarga aytib berdilar. Pavlus bilan Silaning Rim fuqarosi bo`lganlarini ma`murlar eshitgach, yuraklari seskanib ketdi.

39 Kelib ulardan kechirim so`radilar. So`ng ularni kuzatib, shahardan ketishlarini iltimos qildilar.

40 Pavlus bilan Sila esa zindondan chiqiboq, Lidiyaning uyiga borishdi. Birodarlari bilan ko`rishib, ularga nasihat bergandan keyin jo`nab ketishdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28