Havoriylarning faoliyati 19 Bob
1 Apollos Korinf shahrida bo`lganida, Pavlus tog`li viloyatlarni kezib o`tib, Efes shahriga keldi. U yerda bir necha Iso shogirdini topib, ulardan so`radi:
2 Sizlar imon keltirganingizda Muqaddas Ruhni qabul qildingizlarmi? ó Muqaddas Ruh borligini biz hech qachon eshitmaganmiz, ó deb javob berdi ular.
3 ó Bunday bo`lsa, sizlar qay asosda suvga cho`mib imon keltirgansizlar? ó deb so`radi Pavlus. ó Biz Yahyo pyg`ambarning ta`limoti asosida suvga cho`mib imon keltirganmiz, ó deb javob berdilar.
4 Pavlus dedi: Yahyo payg`ambar xalqni daryoga cho`mdirib, tavba qildirgan edi, xolos. U xalqqa: Mendan keyin keladigan Zotga, ya`ni Iso Masihga inoninglar, deb aytgan edi.
5 Ular buni eshitgach, Rabbimiz Iso nomidan ham suvga cho`mib imon keltirdilar.
6 Pavlus qo`llarini ularning boshiga qo`yishi bilan Muqaddas Ruh ularning ustiga tushib keldi. Ular yangi tillarda gapirib, karomat qila boshladilar.
7 Ular jami bo`lib, o`n ikki kishiga yaqin edilar.
8 Pavlus uch oy davomila bemalol yahudiylar ibodatxonasida bohslashib, Xudoning Shohligi to`g`risida ishontirardi dalilar keltirardi.
9 Nihoyat ba`zilar bo`yni qotib, imonni rad qilib. Xalq oldida Rabbimiz Iso yo`lini yomonlaydigan bo`lishdi. Pavlus ulardan yuz o`girib, shogirdlarini ulardan ajratdi va har kuni Tiran degan bir kishining maktabida suhbatlashardi.
10 Shu tariqa ikki yil davomida xoh yahudiy, xoh yunoniy bo`lsin, Asiya viloyatida yashaganlarning hammasi Rabbimiz Isoning kalOmini eshitdilar.
11 Xudo Pavlusning qo`llari bilan ko`p qudratli ishlarni qilar edi.
12 Hatto uning badaniga tekkan ro`mollar va kamarlar ham bemorlarning ustiga qo`yilganda, ular kasaldan xalos bo`lar, ichlaridagi yovuz ruhlar esa chiqib ketardi.
13 Yahudiylar orasida sayyoh yuruvchi ba`zi azayimxonlar ham bor edi. Bular yovuz ruhlarga chalingan odamlar tepasida Rabbimiz Isoning ismini zikr qilishga unnay ketar, ìPavlus e`lon etayotgan Iso nomi bilan sizlarga buyuramizî, ó deb aytishardi.
14 Bunday qilganlar orasida oliy ruhoniy Skeva ismli bir yahudiyning etti o`g`li bor edi.
15 Yovuz ruh ularga javoban: ìIsoni taniyman, Pavlusni bilaman, sizlarni esa kim bo`lasizlar?î ódedi.
16 Shunday deyishi bilanoq yovuz ruhli odam ularning ustiga tashlanib, shunday zo`r chiqdiki, azayimxonlar qip-yalang`och va yarador halda u uydan qochib qutulishdi.
17 Bu voqea Efesda yashagan yahudiy bilan yunonlarning hammasiga ma`lum bo`ldi. Hammani dahshat qoplab, Rabbimiz Isoning ismi ulug`landi.
18 Imon keltirganlardan ko`plari esa kelib, qilmishlarini ochiq e`tirof etishardi.
19 Shuningdek, sehrgarlik qilganlardan ko`pchiligi o`z kitoblarini to`plab, hammaning ko`z o`ngida yondirdilar. Kitoblarning qimmatini hisoblaganda, ellik ming kumush tangaga teng keldi.
20 Ana shu yo`sinda Rabbimiz kalomi qudrat bilan yoyilar, ta`siri tobora ortib borar edi.
21 Bu voqealar bo`lib o`tganidan so`ng, Pavlus o`z ko`nglida Makedoniya va Axayadan o`tib, Quddusga borishga jazm etdi. ìU yerda bo`lganimdan keyin Rimni ham ko`rishim kerakî, ó deb niyat qildi.
22 Pavlus o`ziga xizmat qilib yugganlardan ikki kishini: Timo`tiy va Yerastni Makedoniyaga yubordi, o`zi vaqtincha Asiya viloyatida qoldi.
23 O`sha kezlarda Rabbimz Iso yo`liga qarshi deyarli kuchli g`alayon yuz berdi.
24 Dimitriy ismli bir zargar kumushdan Artemis ma`badlarini yasab, san`atkorlarga ko`p foyda keltirardi.
25 Dimitriy san`atkoru hunarmandlarni yig`ib: ìBirodarlar! ó dedi, ó Sizlarga ma`lumki, bizning farovonligimiz bu hunar orqalidir.
26 Efesdagina emas, balki qariyb butun Asiya viloyatida bu Pavlus: inson qo`li bilan yasalayotgan bu buyumlar xudo emas, deganini o`zlaringiz ko`rib, eshitib turibsizlar. Shu gap bilan u ko`p odamlarni avrab yo`ldan ozdirdi.
27 Shunday qilib, hunarimiz e`tiborsiz bo`lib qolish xavfigina emas, balki butun Asiya va butun dunyo sig`inadigan buyuk ma`buda Artemisning ma`badi ham arzimaydigan narsaga aylanib, ma`buda ulug`vorligidan mahrum bo`lib qolish xavfiga ro`baro` keldikî.
28 Xaloyiq buni eshitgach, qattiq g`azablanib: ìEfesning Artemisi buyukdir!î ó deb baqira ketdi.
29 Butun shahar sarosimaga to`lib ketdi. Hamma birdan Pavlusning yo`ldoshlar ó makedoniyalik Gay va Aristarxni ushlagancha, shitob bilan teatr tomon yopirilishdi.
30 Pavlus xalqning orasiga kirmoqchi bo`lganda, shogirdlari unga yo`l qo`yishmadi.
31 Asiya viloyati ma`murlaridan ba`zilari ham uning do`stlari bo`lganlari sababli unga xabar yubarib, teatrda ko`rinmasin, deb iltimos qilishdi.
32 Bu orada odamlardan biri u desa, boshqasi bu deb qichqirishardi. Yig`in tartibsiz edi, ko`plari esa nima uchun yig`ilganlarini bilishmas edi.
33 Yahudiylarning taklifiga ko`ra, xaloyiq ichidan Iskandar degan bir kishini vakil qilib ilgari surdilar. Iskandar qo`li imosi bilan xaloyiq oldida o`zini himoya qilmoqchi bo`ldi.
34 Lekin xaloyiq uning yahudiy ekanini bilgach, hamma bir og`izdan qariyb ikki soat ìEfesning Artemisi buyukdir!î ó deb baqirib turishdi.
35 Oqibat shahar kotibi olomonni tinchitib: ìEy Efes xalqi! ó dedi. ó Efes shahri buyuk ma`buda Artemisning va osmondan tushgan toshning homiysi ekanini qaysi odam bilmaydi?
36 Modomiki, bu ishda da`vo yo`qdir, unda sizlar xotirjam bo`lishingiz va o`ylamasdan harakat qilmasligingiz kerak.
37 Ana, ma`badni talamagan ham, ma`budangizni haqorat ham qilmagan kishilarni sizlar bu yerga boshlab kelibsiz.
38 Agar Dimitriy va u bilan birga bo`lgan san`atkorlar biron kishidan shikoyat qilmoqchi bo`lishsa, unda mahkamalar bor, qozilar bor, qo`ying, bir - biridan shikoyat qilverishsin.
39 Bordiyu boshqa biron narsani talab qilmoqchi bo`lsangizlar, bu masala qonuniy majlisda hal qilinadi.
40 Bugun bo`lib o`tgan ishlar tufayli g`alayon qo`zg`ashda ayblanish havfida turibmiz - ku! Bunday to`polon uchun o`zni oqlagudek hech qanday vajimiz ham yo`qî. Shu so`zlarni aytib bo`lib, kotib yig`inni tarqatib yubordi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28