Menyu

Havoriylarning faoliyati 7 Bob


1 Oliy ruhoniy Stefandan: ìBu so`zlar rostmi?î ó deb so`radi.

2 Stefan so`z boshladi: ìEy erlar, birodarlar va otalar, tinglanglar! Otamiz Ibrohim Horon shahriga ko`chib o`rnashishidan avval, hali Mesopotamiyada bo`lganida, ulug`vor Xudovand unga zohir bo`lib:

3 ìO`z yeringdan, ona yuriingdan chiqib, Men senga ko`satadigan yerga ketî, ó degan edi

4 O`shanda Ibrohim xaldeylarning yurtidan chiqib, Horon shahrida istiqomat qildi. Otasi o`lgandan keyin, u yerdan sizlar yashayotgan bu yerga Xudo uni ko`chirdi.

5 Bu yerda unga oyoq qo`yadigan biron parcha yerni bermadi. Lekin hali uning bolasi yo`q ekan, Xudo yurtni unga va uning zurriyotiga mulk qilib berishni va`da etdi.

6 Xudo uning zurriyoti begona yurtda g`ariblarcha yashab, to`rt yuz yil qul bo`lib jabr-zulm ko`rajagini bildirdi.

7 ìUlarni qul qilib olgan xalqni esa Men hukm qilaman. Shundan keyin ular u yerdan chiqib, bu yerda Menga xizmat qiladilarî, ó dedi Xudo.

8 So`ngra ularga sunnat ahdini berdi. Ibrohim esa Ishoq ismli o`g`il ko`rib, uni sakkiz kunligida sunnat qildi. Ishoq ham Yoqub bilan, Yoqub esa o`n ikki qabilamiz otalari bilan shunday yo`l tutdi.

9 Otalar g`arazga to`lib, Yusufni Misrga sotdilar. Lekin Xudo u bilan birga edi.

10 Xudo Yusufni butun qayg`ularidan xalos qilib, unga hikmat berdi, uni Misr podshohi Fir`avnning himmatiga sazovor etdi. Fir`avn uni Misr va butun saroyi ustidan hokim qilib qo`ydi.

11 Undan so`ng butun Misr va Kan`on o`lkalari bo`ylab qahatchilik yuz berdi -yu, buyuk qayg`u davri boshlandi. Otalarimiz oziq-ovqat topmaydigan bo`lishdi.

12 Yoqub Misrda bug`doy borligini eshitib, birinchi galda otalarimizni u yerga jo`natdi.

13 Ikkinchi gal borganlarida esa, Yusuf aka-ukalariga o`zini tanitib qo`ydi. Shu yo`sinda Yusufning avlodi Fir`avnga ma`lum bo`lib qoldi.

14 Yusuf ham xabar yuborib, otasi Yoqubni va yetmish besh nafardan iborat butun urug`-aymog`ini chaqirtirib oldi.

15 Yoqub Misrga bordi. O`zi va otalarimiz u yerda qazo qildilar.

16 So`ngra jasadlari Shakam shahriga keltirilib, shakamlik Hamo`r o`g`illaridan Ibrohimning kumush pulga sotib olgan maqbarasiga dafn etildilar.

17 Xudo Ibrohimga bergan qasamli va`dasini bajo keltirish vaqti yaqinlashganda, Isroil xalqi Misrda unib-o`sib ko`paygan edi.

18 U vaqt Misrda Yusufni tanimagan boshqa bir podshoh taxtga chiqdi.

19 Bu podshoh avlodimizga qarshi nayrang ishlatdi, ota-bobolarimizga jabr-jafo o`tkazdi. Go`daklarini tashlab, ularni o`limga mahkum etishga majbur qildi

20 Shu vaqtda Xudo juda go`zal qilib yaratgan Muso tug`ildi. U uch oy otasining uyida boqildi.

21 Tashlab ketilgandan so`ng, Fir`avnning qizi uni topib olib, o`z o`g`li kabi tarbiya qildi.

22 Musoga misrliklarning hamma hikmati o`rgatilib, u so`zda va ishda mahoratli bo`ldi.

23 Muso qirq yoshga to`lganda, uning yuragida birodarlari ó Isroil o`g`illarini ko`rish orzusi tulg`ildi.

24 Ozor tortayotgan bir odamni ko`rganida, uning tarafini olib, misrlikni o`ldirdi, ranjiganning o`chini oldi.

25 ìXudo men orqali ularga najot berishini birodarlarim tushunarî, deb o`ylagan edi. Lekin ular tushunmadi.

26 Ertasi kuni Muso urishayotganlarni ko`rib qoldi. Ularni yarashishga undab: Sizlar birodarsizlar; nega bir-birovlaringizga ozor beryapsizlar? ó dedi.

27 Lekin birodariga ozor berayotgan odam Musoni itarib: Kim seni ustimizga boshliq va qozi qilib qo`ydi?

28 Kecha misrlikni o`ldirganing kabi meni ham o`ldirmoqchimisan? ó dedi.

29 Bu so`zlarni eshitib, Muso qochib ketdi. Midyon diyorida musofir bo`lib yashab, u yerda ikki o`g`il ko`rdi.

30 Qirq yil to`lgandan keyin, Sinay tog`i sahrosida yonayotgan butaning alangasi ichidan Musoga Xudovadning farishtasi zohir bo`ldi.

31 Muso bu manzarani ko`rib hayratda qoldi. Qarash uchun yaqinlashganida, Xudovand unga xitob qilib:

32 ìMen otalaringning Xudosiman, Ibrohim, Ishoq va Yoqubning Xudosimanî, ó dedi. Muso esa qo`rquvdan titrab, qarashga jur`at eta olmas edi.

33 ìOyoq kiyimlaringni yechib qo`y, chunki sen turgan joy muqaddas erdir, ó dedi unga Xudovand.

34 Men Misrda bo`lgan xalqimning musibatini ko`rib, nolasini eshitdim va ularni halos qilish uchun osmondan tushdim. Endi bor, Men seni Misrga yuboramanî.

35 Odamlar: ìSeni kim boshliq va qozi qilib qo`ydi?î ó deb rad etganlari ana shu Muso edi. Butada Musoga zohir bo`lgan farishta orqali Xudo musoni boshliq va xaloskor qilib yubordi.

36 Isroil xalqini Misr diyoridan chiqargan, u yerda, Qizil dengizda hamda qirq yil sahroda ajoyib mo``jizalar yaratib yurgan o`sha Muso edi.

37 Bu orada Isroil o`g`illarga: ìRabbingiz ó Xudovand sizlarga birodarlaringiz orasidan men kabi bir Payg`ambar zohir qilgay, Unga quloq solingizlarî ó degan o`sha Muso edi.

38 Sahroda Xudoning ummati oldida bo`lgan, Sinay tog`ida farishtining huzurida hamda ota-bobolarimiz huzurida turgan o`sha Muso edi. Farishta bizga etkazish uchun Musoga hayotbaxsh kalomlar bergan edi.

39 Ammo ota-bobolarimiz unga bo`ysunishni istamay, rad qilishdi, ko`ngillarini Misr tomon moyillantirishdi.

40 Horunga: ìBizlarga bosh bo`ladigan xudolar yasa, chunki bizni Misr yeridan chiqargan Musoga nima bo`lganini bilmaymizî, ó deyishdi.

41 O`sha kunlarda bir buzoqni yasadilar. Butga qurbonlik so`yib, o`z qo`llari yaratganidan quvonib ketdilar.

42 Xudo esa ulardan yuz o`girib, osmon jismlariga topinishga ularni topshirib qo`ydi. Payg`ambarlarning kitobida yozilganidek: ìEy Isroil xonadoni! Qirq yil sahroda kezganlaringizda, qurbonliklar so`yib, Menga tasadduq berdingizmikin?

43 Sizlar-ku ilohingiz Malukning chodirini, Xudoyingiz Kayvonning yulduzini ko`tarib yurdingizlar. O`zlaringizga but timsollarini yasab, Ularga sig`inib sajda qildingizlar. Shu sababli Men sizlarni Bobildan nariga surgun qilamanî.

44 Sahroda otalarimizning shahodat chodiri bor edi. Bu chodir xuddi Xudoning Musoga buyurgan tasvirida yasalgan edi.

45 Chodirni qabul qilgan otalarimiz Nabi Yasu bilan birga yurishdi. Xudo quvgan xalqlarning mol-mulkini egallab olgan sayin, chodirni o`zlari bilan olib borishardi. Dovudning kunlariga qadar chodir oralarida qoldi.

46 Xudoning mehrini qozongan Dovud: ìYoqubning Xudosiga bir maskan qurib berayî, ó deb orzumand bo`ldi.

47 Nihoyat Dovud o`g`li Sulayton Xudoga uy qurib berdi.

48 Shunga qaramasdan, Xudoyi Taolo inson qo`li bilan qurilgan ma`badlarda yashamaydi. U payg`ambar og`zi ila aytganki:

49 ìOsmon ó Mening taxtim, Yer esa ó poyandozim ekan, Sizlar Menga qanday uy qurasizlar? ó deb aytadi Xudovand, ó Yoki Mening orom topishim uchun qanday maskan bor ekan?

50 Bularning hammasini yaratgan Mening qo`lim emasmi?î

51 Ey ensasi qotganlar! Yuragi va quloqlari sunnat bo`lmaganlar! Otalaringiz kabi sizlar ham doimo Muqaddas Ruhga qarshi turasizlar.

52 Otalaringiz payg`ambarlardan qaysi birinii quvg`in qilishmagan? Solih Kishining kelishini bashorat qilib aytganlarni ham o`ldirishgan-ku. Sizlar ham endi O`shaning xoinlari va qotillari bo`lib qoldingizlar.

53 Sizlar Ilohiy Qonunni farishtalar buyrug`i bilan olib, o`sha Qonunga rioya qilganingiz yo`q!î

54 Kengash a`zolari bu so`zlarni eshitgach, quturib jo`shib, Stefanga qarshi tishlarini g`ijirlatdilar.

55 Muqaddas Ruhga to`lgan Stefan esa osmonga tikilib qarab, Xudoning ululg`vorligini va Xudoning o`ng tomonida turgan Isoni ko`rdi.

56 ìMana, men osmonning ochilib ketganini va Xudoning o`ng tomonida turgan Inson O`g`lini ko`ryapman!î ó dedi.

57 Ular bo`lsa quloqlarini bekitib, ovozlari boricha qichqirib, hammalari Stefan ustiga yopirildi.

58 Uni shahardan tashqariga sudrab chidib, toshbo`ron qilishdi. Unga qarshi guvohlikka o`rganlar esa kiyimlarini Shoul degan bir yigitning poyiga qo`yishdi.

59 Stefanni toshbo`ron qilayotganlarida, u ibodat qilib: ìYo Rabbim Iso, ruhimni qabul qilgin!î ó dedi.

60 Oxiri tiz cho`kib, baland ovoz bilan xitob qildi: ìYo Rabbiy, bu gunohni ularga qo`yma!î Shuni aytib, jon berdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28