Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 1 Bob

tez o'tish:

1 Shunday insonlar saodatlidir: Ular fosiqlar maslahatiga yurmaydi, Gunohkorlar yo‘lida ular turmaydi, Mazaxchilar orasida ular o‘tirmaydi.

2 Ha, ular Egamizning qonunidan zavq oladi, Tunu kun ta’limotining mag‘zini chaqadi.

3 Unday insonlar oqar suv bo‘yiga o‘tqazilgan Daraxtlarga o‘xshaydi. Ular o‘z mavsumida mevasini beradi, Barglari aslo qurimaydi. Ular neki qilsa, omadi keladi.

4 Fosiqlar esa bunday emaslar, Shamolda to‘zg‘uvchi somonga o‘xshaydi.

5 Hukmda fosiqlar oqlana olmaydi, Solihlar jamoasidan gunohkorlar joy ololmaydi.

6 Egamiz solihning yo‘lini qo‘riqlaydi, Fosiqning yo‘li halokatga yetaklaydi.