Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 81 Bob

tez o'tish:

1 Osifning sanosi. Xudo raislik qilar samodagi kengashida, U hukm chiqarar xudolar orasida:

2 “Qachongacha sizlar nohaq hukm qilasiz?! Fosiqqa tarafkashlik qilasiz?!

3 Zaif, yetimlarga adolat ko‘rsating, Mazlum, qashshoqlarning haqini himoya qiling.

4 Zaif, muhtojlarni qutqaring, Fosiqning qo‘lidan ularni ozod eting.

5 Hech narsani bilmaysiz, tushunmaysiz, Sizlar zulmatda yurasiz, Zaminning poydevori larzaga keladi.

6 Aytdimki: ‘Hammangiz xudodirsiz, Xudoyi Taoloning o‘g‘illarisiz.’

7 Ammo oddiy odamday o‘lib ketasiz, Har qanday hukmdor kabi qulaysiz.”

8 Qani, ey Xudo, olamni hukm qil, Zotan, hamma xalqlar Senikidir.