Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 119 Bob

tez o'tish:

1 Ziyorat qo‘shig‘i. Qayg‘u–alamdan Egamga faryod qildim:

2 “Ey Egam, yolg‘onchi lablardan, Makkor tildan jonimni asragin!” U faryodimga javob berdi.

3 Ey makkor til, Egamiz boshingga ne kunni solar ekan? Uning ustiga yana nima qilar ekan senga?

4 U jangchining o‘tkir o‘qlari bilan seni jazolaydi, Yonayotgan yulg‘un butasining cho‘g‘lari bilan senga jazo beradi.

5 Holimga voy, Meshexda musofirman, Kedar chodirlari orasida yashayman.

6 Tinchlikdan nafrat etuvchi xalq orasida Yashashdan charchadim.

7 Men tinchlik tarafdoriman, Ammo gapiray, deb og‘iz ochsam, Ular urushni istaydilar.