Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 66 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida. Sano. Qo‘shiq.

2 Ey Xudo, mehribon bo‘lgin, baraka bergin bizga, Yuzing nurini sochgin lutf ila ustimizga,

3 Zaminda ma’lum bo‘ladi Sening yo‘llaring, Jamiki xalqlar orasida ma’lum bo‘ladi Sening najoting.

4 Ey Xudo, xalqlar Seni madh qilsin, Jamiki xalqlar Senga hamdu sano aytsin.

5 Xalqlarni Sen odillik ila hukm qilasan, Zamin uzra elatlarga yo‘lboshchilik qilasan, Sevinsin xalqlar, shodlanib qo‘shiq aytsin.

6 Ey Xudo, xalqlar Seni madh qilsin, Jamiki xalqlar Senga hamdu sano aytsin.

7 Yer o‘z hosilini bersin, Xudoyimizning O‘zi bizga baraka bersin.

8 Ha, Xudo bizga baraka bersin! Yerning to‘rt tomonidagi xalqlar Unga tiz cho‘ksin.