Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 58 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytilgan. Shoul Dovudni o‘ldirish uchun uning hovlisini poylashga kishi yuborganda, Dovudning aytgan qo‘shig‘i.

2 G‘animlarimdan meni qutqar, ey Xudoyim, Menga qarshi turganlardan himoya qil meni.

3 Badkirdorlardan qutqargin meni, Qonxo‘rlardan saqlagin meni.

4 Qara, ular meni poylab yotarlar, Zolimlar menga qarshi fitna qilarlar, Garchi aybu gunohim bo‘lmasa–da, ey Egam,

5 Garchi men haqsizlik qilmasam–da, Ular menga qarshi hujum qilmoqqa tayyor. Qo‘zg‘al O‘zing, ahvolimni ko‘r, kel yordamga.

6 Ey Isroil xalqining Xudosi, Ey Parvardigori Olam — Egam, Qani, bo‘l, barcha xalqlarni jazolagin, Yovuz sotqinlarga shafqat qilmagin.

7 G‘animlarim har kun oqshomda qaytib keladi, Itlarday uvullab, shahar izg‘iydi.

8 Qara, og‘izlaridan qusuq chiqadi, Tillaridan zahar so‘zlar chiqadi, “Kim ham bizni eshitardi”, deya o‘ylaydi.

9 Ular ustidan Sen kulasan, ey Egam, Hamma xalqlarni Sen masxaralaysan.

10 Senga intizorman, ey Qudratim, Sen mening qal’amsan, ey Xudo!

11 Sodiq sevging ila, ey Xudoyim, menga madad berasan, Ko‘zlarimga dushmanlarim mag‘lubiyatini ko‘rsatasan.

12 Ularni o‘ldirma, xalqim bu saboqni unutib qo‘yar, Qudrating bilan ularni titrat, Ey qalqonim Rabbiy, ularni ko‘tarib ur.

13 Ularning og‘zidan chiqqan gunohlar uchun, Lablaridan chiqqan so‘zlar uchun O‘zlarining takabburligi orqali ilinsin. Ular aytadigan la’nat, yolg‘on uchun

14 G‘azabing ila ularni yo‘q qilgin, Bitta ham qoldirmay qirib tashlagin. Shunda ey Xudo, Yoqub nasli ustidan hukmron ekanliging Yerning to‘rt tomonida ma’lum bo‘ladi.

15 G‘animlarim har kun oqshomda qaytib keladi, Itlarday uvullab, shahar izg‘iydi.

16 Ovqat izlab daydib yuradi, Agar to‘ymasalar, irillaydi.

17 Men esa Sening qudratingni tarannum etaman, Sodiq sevgingni tongda sevinch ila kuylayman. Sen mening qal’am bo‘lgansan, Kulfatda qolganimda panohimsan.

18 Ey Qudratim, Seni kuylab madh qilaman, Sen, ey Xudo, mening qal’amsan, Sodiq sevgisini ko‘rsatuvchi Xudosan.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150