1 Abumalek oldida o‘zini telbalikka solib, uning huzuridan quvilgan paytda Dovudning aytgan sanosi.
2 Har doim Egamni olqishlayman, Uning madhi tilimdan aslo tushmaydi.
3 Egam bois jonim faxrlanadi, Mazlum eshitib, shod bo‘lsin.
4 Men bilan birga ulug‘lang Egamni, Birgalikda sharaflaylik Uni.
5 Egamga yuz burdim, U javob berdi, Hamma qo‘rquvlardan U xalos qildi.
6 Egamizdan umid qilganlarning yuzlarida nur, Ularning yuzlari aslo shuvut bo‘lmaydi.
7 Bu bechora iltijosin Egamiz eshitdi, Barcha uqubatlardan uni qutqardi.
8 Egamizdan qo‘rqqanlarning atrofida Egamizning farishtasi qarorgoh qurib, Ularga najot baxsh etadi.
9 Egamizning muruvvatini tatib ko‘r, Egamiz yaxshidir, bilib ol. Naqadar baxtlidir Unda panoh topganlar.
10 Ey taqvodorlar, Egamizdan qo‘rqing. Undan qo‘rqqanlar aslo muhtojlik ko‘rmas.
11 Hatto yirtqich shervachchalar ovqatsiz, Ular ochlikdan azob chekadi. Egamizga yuz burganlardan esa Farovonlik ayrilmaydi.
12 Keling, ey bolalar, tinglangiz meni, O‘rgatayin men Egamizdan qo‘rqishni.
13 Hayotdan zavqlanishni, Baxtli uzoq umr ko‘rishni istaysizmi?
14 Demak, tilingizni yomon so‘zlardan tiying, Og‘zingizni yolg‘on gaplardan asrang.
15 Yomonlikdan qayting, yaxshilik qiling, Tinchlik istang, ha, tinchlik payida bo‘ling.
16 Egamiz solihlarni kuzatib turadi, Ularning nolasini Egamiz eshitadi.
17 Badkirdorlardan esa yuz o‘giradi, Ularning xotirasini yer yuzidan o‘chiradi.
18 Taqvodorlar yolvoradi, Egamiz eshitadi, Barcha balolardan ularni Egamiz qutqaradi.
19 Ko‘ngli cho‘kkanlarga Egamiz yaqindir, Ruhan ezilganlarni U qutqaradi.
20 Solihlarning qayg‘ulari ko‘p bo‘lsa, Hamma qayg‘ulardan Egamiz xalos qilar.
21 Ularning o‘zini Egamiz saqlaydi, Bironta ham suyagi sindirilmaydi.
22 O‘z yovuzligi fosiqqa o‘lim keltiradi, Solihdan nafratlangan mahkum bo‘ladi.
23 Egamiz O‘z qullarining hayotini qutqaradi, Egamizda panoh topuvchilar mahkum bo‘lmaydi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150