1 Ijrochilar rahbariga. Soz jo‘rligida. Ko‘rax naslining sanosi.
2 Sening makoning ajoyibdir, Ey Sarvari Olam!
3 Ey Egam, Sening hovlingga kirmoqni Jonim istar, hatto orziqar. Ey barhayot Xudo! Qalbim, vujudim Sevinch ila Senga kuylar.
4 Ey Sarvari Olam, Shohim, Xudoyim! Qurbongohing yonida chumchuq ham bir uy topgan, Polaponlarim uchun joy topay, deya Qaldirg‘och ham o‘zi uchun bir in qurgan.
5 Baxtlidir Sening uyingda istiqomat qiladiganlar, Ular doim Senga hamdu sano aytarlar.
6 Baxtlidir Sendan qudrat olgan odamlar, Quddusni chin dildan ziyorat qilishga intiladiganlar.
7 Qaqragan soylikdan ular o‘tar ekanlar, Buloqlar oqa boshlar, Ilk yomg‘ir bu yerni suv havzalariga to‘ldirar.
8 Ular yurgan sari kuchayib borar, Ey Xudo, ular Quddusda huzuringda hozir bo‘lar.
9 Ey Parvardigori Olam — Egam, eshit ibodatimni, Ey Yoqubning Xudosi, tinglagin meni.
10 Ey Xudo, qara shohga — qalqonimizga, O‘zing moy surtib tanlaganga lutf qilgin.
11 Sening hovlilaringda o‘tgan bir kun Afzaldir boshqa yerda o‘tgan ming kundan. Bo‘lsaydim, ey Xudoyim, Sening uyingda darvozabon, Fosiqlar chodirlarida yashagandan ko‘ra.
12 Ey Parvardigor Egam, quyosh, qalqonsan, Sen bizga mehribonlik ko‘rsatib, shon–shuhrat ato etasan. Ey Egam, to‘g‘ri yurganlardan Ne’matingni darig‘ tutmaysan.
13 Ey Sarvari Olam, Sendan umid qilgan odam baxtlidir!
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150