1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Xudoning shuhratini samolar namoyon qiladi, Uning ijodini falak toqi aytib turadi.
3 Osmon kundan–kunga buni bildiradi, Har tun bundan xabardor qiladi.
4 Samo, falak aytmas bir gap, yo bir jumla, Chiqmas ulardan hech bir sado.
5 Ammo xabarlari har tomonga tarqaladi, Olamning chetigacha yetib boradi. Xudo samolarda quyosh uchun chodir qurgan.
6 Quyosh go‘shangadan chiqqan kuyovga o‘xshaydi. Qahramonlarga o‘xshab g‘ayrat bilan yo‘lagidan boradi.
7 Samolarning bir chetidan u chiqib, Aylanib, boshqa bir chetiga yo‘l oladi, Uning taftidan hech narsa yashirina olmaydi.
8 Egamizning qonuni mukammaldir, Bizga u yangi kuch ato etadi, Egamizning farmonlari ishonchlidir, G‘o‘r yoshlarga donolik beradi.
9 Egamizning buyruqlari to‘g‘ridir, Qalblarni shodlikka to‘ldiradi, Egamizning amrlari ravshandir, Ular ko‘zlarga nur beradi.
10 Egamizdan qo‘rqish poklikdir, Bu to abad davom etadi. Egamizning qoidalari haqiqatdir, Hammasi g‘oyat adolatlidir.
11 Ular sof oltindan ham a’lodir, Toza asaldan ham shirinroqdir.
12 Ey Egam, qoidalaring menga, O‘z qulingga o‘git beradi, Qoidalaringga itoat etganlar buyuk mukofot oladi.
13 Kim o‘z xatosini bila oladi?! Yashirin xatolardan meni o‘zing poklagin.
14 Men, O‘z qulingni oshkora gunohdan saqlagin, Ustimdan gunoh hokim bo‘lmasin. Shunda men aybsiz bo‘laman, Og‘ir gunohdan ham xoli bo‘laman.
15 Ey Egam, suyangan qoyam, qutqaruvchim! Og‘zimdan chiqqan so‘zlar, Yurakdagi niyatlarim Senga ma’qul bo‘lsin.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150