Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 150 Bob

tez o'tish:

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin Muqaddas maskanida, Unga hamdu sanolar bo‘lsin Samoda — mustahkam qal’asida.

2 Qudratli ishlari uchun Unga hamdu sanolar bo‘lsin, Tengsiz buyukligi uchun madhiyalar bo‘lsin.

3 Unga hamdu sano ayting burg‘u chalib, Unga hamdu sano ayting arfa, lira chalib.

4 Doira chalib, raqs ila Unga hamdu sano ayting, Torli asbob, nay chalib, Unga madhiyalar ayting.

5 Jarangdor zillar chalib, Unga hamdu sano ayting, Ohangdor zillarni qattiq chalib, Unga madhiyalar ayting.

6 Egamizga hamdu sano ayting, Ey jamiki tirik jonzotlar! Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!