Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 146 Bob

tez o'tish:

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Naqadar yaxshidir Xudoyimizni tarannum etmoq! Naqadar lazzatli, munosib Unga hamdu sano aytmoq!

2 Egamiz Quddusni qaytadan quradi, Surgundagilarni Isroilga yig‘adi.

3 Ezilgan ko‘ngillarga U shifo beradi, Ularning yaralariga malham qo‘yadi.

4 Yulduzlarning sonini U aniqlab chiqadi, Ularning hammasiga nom beradi.

5 Rabbimiz buyukdir, quvvati ko‘pdir, Uning donoligi cheksizdir.

6 Egamiz mazlumlarni yuksaltiradi, Fosiqlarni esa yerga urib ezadi.

7 Egamizga shukrona aytib tarannum qiling, Xudoyimizga atab lirada kuy chaling.

8 U samolarni bulutlar ila qoplaydi, U yerni yomg‘ir bilan ta’minlaydi, Qir–adirlarda o‘t–o‘lan o‘stiradi.

9 U hayvonlarning rizq–ro‘zini beradi, Qarg‘a bolalari qag‘illaganda ularga oziq beradi.

10 U otlarning kuchidan zavq olmaydi, Sipohning kuchli oyoqlaridan xushlanmaydi.

11 Egamiz O‘zidan qo‘rqqanlardan xushlanadi, Uning sodiq sevgisiga umid qilganlardan mamnun bo‘ladi.