Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 26 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Egam nurim va najotimdir, Kimdan men qo‘rqardim?! Egam hayotimning qal’asidir, Kim meni qo‘rqita olar?!

2 Tanasini g‘ajiylik, deb Yovuzlar mening ustimga bostirib kelganda, Ha, g‘animu dushmanlarim menga hujum qilganda, Qoqilib, yiqilib tushadilar.

3 Hatto butun lashkar meni o‘rab olsa ham, Yuragimda aslo qo‘rquv paydo bo‘lmas. Hatto menga qarshi jangga otlansa ham, Ishonchim hech ham yo‘qolmas.

4 Bir narsani Egamdan so‘raganman, Ha, Undan istaganim bitta narsadir: Egamning uyida to abad yashay, Egamning jamolini ko‘ray, Ma’badda turib, Unga muntazir bo‘lay.

5 Kulfatda qolgan kunlarimda U meni O‘z chaylasida omon saqlaydi. Chodiri ostida meni yashiradi, Baland qoya tepasiga o‘tqazib qo‘yadi.

6 Endi esa har tarafdagi g‘animlarim ustidan Boshim mag‘rur ko‘tarilgandir. Shodlikdan hayqirib, Egamning chodirida qurbonlik keltiraman. Egamni kuylab, qo‘shiq aytaman.

7 Eshitgin, ey Egam, iltijo qilganimda, Shafqat qilgin, javob ber menga.

8 “Menga intil!” deganingni qalbim eshitdi, Ha, ey Egam, men Senga intilaman.

9 Yuzlaringni mendan yashirmagin, G‘azab ila men, O‘z qulingdan voz kechmagin, Madadkorim Sen bo‘lgansan–ku, ey Egam. Rad etma, tark aylama meni, ey najotkorim Xudo!

10 Ota–onam meni tark etsa hatto, Ey Egam, Sen meni qabul qilasan.

11 Yo‘lingni menga ko‘rsat, ey Egam, Dushmanlarim poylab turgani uchun Meni to‘g‘ri so‘qmoqlaringdan yetakla.

12 G‘animlarim qo‘llariga topshirma meni. Axir, soxta guvohlar, nohaq ayblovchilar Menga qarshi chiqdilar.

13 Shubham yo‘q, tiriklar diyorida Egamning ezguligini albatta ko‘raman.

14 Egamizga umid bog‘la, Dadil bo‘l, yuragingga dalda ber, Egamizga umid bog‘la!

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150