1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qo‘shiq.
2 Ey Quddusdagi Xudo, Sen loyiqsan hamdu sanoga, Senga bergan ontimizni bajo qilamiz.
3 Sensan ibodatlarga javob berguvchi, Jamiki odamzod Senga keladi.
4 Gunoh ustimizdan tantana qilgan, Sen esa kechirasan gunohlarimizni.
5 Qutlug‘ hovlimda yashasin, deya Sen O‘zing tanlab, Olib kelgan inson naqadar baxtli! Uyingning, muqaddasMa’badingning Ne’matlaridan biz bahramand bo‘lamiz.
6 G‘aroyib ishlar ko‘rsatib, G‘alaba ila bizga javob berasan, Ey najotkorimiz Xudo! Yerning to‘rt tomonining, Hamda eng uzoq dengizlarning umidi Sensan.
7 Kuch bilan O‘zingni qurollantirgansan, Qudrating ila tog‘larni joylashtirgansan.
8 Dengizlar hayqirig‘ini bostirasan, To‘lqinlar shovqinini tinchitasan. Xalqlar shovqin–suroniga barham berasan.
9 Dunyoning u chetida yashovchilar Mo‘jizalaringdan qo‘rquvga tushadi. Sharqdan g‘arbgacha xalqlar Sening ishlaringni sevinch ila kuylaydi.
10 Zaminni Sen sug‘orib parvarishlaysan, Mo‘l–ko‘l qilib uni boyitasan. Ey Xudo, daryolaring suvi limmo–limdir, Insonlarni don–dun bilan ta’minlashni mo‘ljallagansan.
11 Egatlarini qondirib sug‘orasan, Baland joylarini o‘zing tekislaysan, Yomg‘ir bilan tuprog‘ini yumshatasan, Hosiliga baraka berasan.
12 Mo‘l hosil bilan yilga toj kiygizasan, Aravalaring yurgan yo‘llardan boylik oqadi.
13 Cho‘l sersuv o‘tloqzorlarga aylanadi, Tepaliklar sevinchga burkanadi.
14 Yaylovlar qo‘y suruvlari bilan qoplanadi, Vodiylar donlarga to‘ladi, Ular sevinchdan hayqirib qo‘shiq aytadi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150