Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 48 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining sanosi.

2 Eshitinglar, ey xalqlar, Quloq soling, olam ahli,

3 Ey insonlar, jamiki odamzod, Boylaru faqirlar, quloq solingiz!

4 Og‘zimdan to‘kiladi dono so‘zlar, Qalbimning mushohadasi ham idroklidir.

5 Qulog‘imni hikmatga buraman, Ma’nosini lira bilan anglataman.

6 Nega qo‘rqishim kerak qaro kunlarda?! Nega qo‘rqishim kerak ta’qib qiluvchilar Qabih ishlari bilan meni o‘rab olganlarida?!

7 Ular mol–mulkiga ishonadilar, Behisob boyliklari ila maqtanadilar.

8 Axir, hech kim hayotini pul to‘lab qutqara olmas, Yoki uning uchun Xudoga to‘lov berolmas.

9 Inson hayoti uchun to‘lov g‘oyat qimmatdir, Hech qanday to‘lov yetarli bo‘lmas.

10 Yo‘qsa inson to abad yashardi, Qabr yuzini aslo ko‘rmasdi.

11 Dononi qarang, ular ham o‘ladi, Ahmoq, bema’ni birday halok bo‘ladi, Ularning boyligi boshqaga qoladi.

12 Yurtlarga o‘zlarining nomini berganda ham, Mozor to abad uyi bo‘lib qoladi, Maskani nasldan–naslga o‘taveradi.

13 Boyligiga qaramay inson to abad qolmas, O‘ladigan jonzotga o‘xshaydi ular.

14 O‘zlariga ishonganlarning qismati shudir, Ularning so‘zini ma’qullaganlarning taqdiri shudir:

15 Qo‘ylar kabi o‘liklar diyoriga haydaladilar, O‘lim ularning cho‘poni bo‘ladi, Tongda to‘g‘ri insonlar ularning ustidan hukmron bo‘ladi, Tanalari chirib ketadi, O‘liklar diyori ularning qasri bo‘ladi.

16 O‘liklar diyori hukmidan Xudo meni qutqaradi, Shubhasiz, U meni O‘z yoniga oladi.

17 Birontasi boyib ketganda, Uyining hashamati oshib ketganda, Vahimaga tushma!

18 Olamdan o‘tganda, u o‘zi bilan hech narsa olib ketmaydi, Boyligi ham uning ortidan qabrga ergashib bormaydi.

19 Hayotligida o‘zini baxtiyor hisoblaydi, Oshib–toshib yashagani uchun Ko‘plar unga hamdu sano aytadi.

20 U ham ota–bobolari yoniga ketadi, Ular kabi yorug‘likni boshqa ko‘rmaydi.

21 Boyligi bo‘la turib aqlsiz bo‘lganlar O‘ladigan jonzotga o‘xshaydilar.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150