1 Ko‘rax naslining sanosi. Qo‘shiq.
2 Egamiz buyukdir! Egamizning shahrida, Ha, O‘zining muqaddas tog‘ida Egamiz madhiyalarga loyiqdir!
3 Xudoning muqaddas tog‘i yuksak va go‘zaldir, Butun yer yuziga shodlik olib keladir! Buyuk Shohning shahridagi, Uning shimolidagi Sion tog‘i!
4 Xudo Quddusning qo‘rg‘oni ichida turadi, Uning qal’asi bo‘lib, O‘zini namoyon etgan.
5 Shohlar to‘plandilar, Birgalashib Sion tog‘iga qarshi yurdilar.
6 Uni ko‘rdilar–u, shoshib qoldilar, Vahimaga tushib, qochib qoldilar.
7 Tug‘ayotgan xotin tortganday dard O‘sha yerda ularni titroq bosdi.
8 Sharqdan shamol esib, Tarshish kemalarini parchalaganday, Sen ularni qirib tashlading.
9 Xudo nima qilganini biz eshitdik. Nima eshitgan bo‘lsak, endi o‘shani Xudoyimiz, Sarvari Olamning shahrida ko‘rdik. Bu shaharni Xudo to abad saqlar.
10 Ey Xudo, Ma’bading ichida Sodiq sevging haqida o‘ylaymiz.
11 Ey Xudo, madhing ham dong‘ing kabi Yerning to‘rt tomoniga yoyilgan, O‘ng qo‘ling adolat ila to‘lib–toshgan.
12 Sening hukmlaringdan Sion tog‘i shod bo‘lsin, Yahudo shaharlari sevinsin!
13 Ey Isroil xalqi, Quddus tevaragida yuring. Atrofida aylanib, Uning minoralarini sanab chiqing.
14 Sionning istehkomlariga e’tibor bering, Uning qo‘rg‘onlariga qarang! Bularni ko‘rib, kelgusi avlodlarga hikoya qiling:
15 “Xudo o‘sha istehkomlarga o‘xshaydi. U to abad bizning Xudoyimizdir, U to abad bizning yo‘lboshchimiz bo‘ladi.”
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150