1 Dovud sanosi. Ey Egam, to‘g‘ri yurganim uchun Meni oqlagin. Qoqilmasdan Senga tayandim.
2 Sinab, imtihon qil meni, ey Egam! Yuragimni, niyatimni sinab ko‘r!
3 Sening sodiq sevging ko‘z o‘ngimdadir, Senga doim sodiqman.
4 Yolg‘onchilarga men sherik bo‘lmayman, Munofiqlar bilan do‘st bo‘lmayman.
5 Fosiqlar to‘dasidan nafrat etaman, Qabihlarga men sherik bo‘lmayman.
6 Namoyon qilmoq uchun aybsizligimni Qo‘llarimni yuvaman, ey Egam. Qurbongohing atrofida yuraman,
7 Baland ovoz ila shukrona qo‘shig‘ini kuylayman, Jamiki mo‘jizalaring haqida aytaman.
8 Ey Egam, sevaman Sen maskan qilgan uyni, Ulug‘vorliging porlagan joyni.
9 Gunohkorlar qatori jonimni olma, Qonxo‘rlar qatori hayotimga chek qo‘yma.
10 Ularning qo‘llari tuzadi yovuz reja, O‘ng qo‘llari poraga to‘la.
11 Men esa pok hayot kechiraman, Qutqar meni, qil menga shafqat.
12 Oyoqlarimni chakki bosmayman, Ey Egam, ulug‘ yig‘inlarda Seni olqishlayman.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150